Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N
Marjinalistik inqilob asoschilari
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
10.3. Marjinalistik inqilob asoschilari XIX asrning 70-yillarida, Menger, Djevons, va Val`ras asarlari nashr etilganida, ular iqtisodiyot fanidagi yangi so`z bo`lib tuyuldi. Ammo 1878 yilda, angliyalik professor Adamson hech kimga ma`lum bo`lmagan nemis iqtisodchisi Gossenning 1854 yilda nashr etilgan kitobini topib, mazkur kitobda iqtisodiy munosabatlarning maksimal tahlili printsiplari haqida so`z yuritilganligini ta`kidlagan edi. Gossendan boshqa faoliyat marjinalist iqtisodchilar asarlari ham aniqlandi, ularga quydagilarni kiritish mumkin: Gossen, Dyupyui, Kurno va Tyunen. German Genrix Gossen (1810-1858), professional iqtisodchi olim emas edi. U mansabdor shaxs bo`lib, keyinchalik o`z biznesini yaratishga ham harakat qilgan, va iqtisodiyot fani muammolari bilan Shug`ullana boshlagan. 1854 yilda, uning «Inson harakatlari qoidalari kelib chiqgan jamoatchilik aloqalari qonuniyati rivojlanishi» deb nomlangan kitobi nashr ettirgan. U inson faoliyati umumiy nazariyasini maksimal foydalalik printsipi yordamida tushuntirishga harakat qildi. Uning kitobidan kelib chiqgan ikki holat, hozirgi kunda Gossenning birinchi va ikkinchi qonuni deb ataladi. 94 Birinchisi, maksimal foydalilik tushunchasini beradi (maksimal foydalilik mazkur predmet mavjudligi oshishi sayin kamayib boradi), ikkinchi qonuniyat iste`mol optimal tuzilishiga bag`ishlangan (talab): talablar qondirilishi maksimal darajasi iste`mol qilinayotgan predmetlar maksimal foydalilik darajasidan kelib chiqadi. Ammo Gossen nazariyasi birmuncha tushunarsiz edi. Masalan, I.Vernadskiy qalamiga mansub «Iqtisodiy ta`lim» tarixi tadqiqotlarida Gossen tilga olingan, ammo u Rikardo maktabi namoyandasi sifatida talqin etilgan. Gossendan 10 yil keyin, maksimal foydalilik nazariyasini Jyul` Dyupyui (1804-1866) ham ilgari surgan. U mashhur muhandis bo`lib, Parij muhandislik xizmati bosh direktori vazifasida faoliyat yuritgan. 1844 yilda, Dyupyui «Yo`l tashkiloti arxivlari» jurnalida «Fuqarolik binolari foydalalik darajasi haqida» maqolasini nashr etib, o`z davrida mazkur maqola e`tiborsiz qoldi. Marjinalizmning yana bir erta namoyandalaridan biri mashhur frantsuz matematiki Ogyusten Kurnodir (1801- 1876). U 1831 yilda «Boylik nazariyasi matematik printsiplari tadqiqoti» kitobini nashr etib, bu kitob etarli darajada baholanmagan, chunki matematiklar uchun unda hech qanaqa yangilik bo`lmay, iqtisodchilar uchun bu mutlaqo noodatiy asar edi. Ma`lumki marjinalistik inqilob asoschilari Kurno kitobi bilan tanish bo`lishgan, ammo uni Yangi iqtisodiy nazariya bilan bog`lashmagan, chunki boshlang`ich davrlarda eng katta e`tibor, tannarxning sub`ektiv talqini sifatida foydalilik g`oyasi tortar edi. Barcha iqtisodiy munosabatlarga nisbatan universal yondashuv sifatidagi maksimal tahlil, marjinalistik inqilobning ikkinchi bosqichida birinchi o`ringa ko`tarildi. Kurno asarida esa, narx, talab, va taklif monopoliya, duopoliya, oligopoliya va mutlaq raqobatchilik holatlari uchun funktsional aloqalarini ko`rib chiqgan. Shu bilan birgalikda, u ilk marotaba iqtisodiy tenglik tushunchasini ham keltirgan: «Xo`jalik tizimi haqiqatda barcha qismlari o`zaro bog`liq va bir - biriga ta`sir etuvchi butunlikdir… demakki, xo`jalik tizimining u yoki bu alohida sohasiga tegishli masalalarining kompleks ravishda hal etilishi uchun, umumiy tarzda tizimning o`zini e`tibordan qochirmaslik lozim. Shunday qilib, Kurno marjinalistik inqilob ikkinchi bosqichi asoschisidir. Kechroq davrlarda ilmiy aylanmaga, marjinalizm g`oyasining erta namoyandalaridan biri I.G.Tyunenning «Izolyatsiya holatidagi davlat» (1826) kitobi kiritilgan, Chunki uning maksimal tahlili, ishlab chiqarish sohasi bilan bog`liq bo`lib, bu holatga marjinalistik inqilobning faqatgina ikkinchi bosqichida e`tibor qaratishgan edi. Nemis pomeshchigi Iogann Genrix Tyunen (1783-1850) bir vaqtning o`zida ajoyib amaliyotchi va nazariyotchi edi. 10 yillar davomida amalga oshirilgan kuzatuvlar va o`z pomest`esidagi xarajatlarni tadqiq etish asosida u maksimal tahlil qonuniyatlarini aniqladi. Uning kitobi mashhur bo`lgan bo`lsada, faqatgina qishloq – xo`jaligini yuritish bo`yicha qo`llanma sifatida qo`llanilgan. Gossendan farqli o`laroq, Tyunen mazkur muammoni chuqur 95 falsafiylik bilan qabul qilib, tadqiqotlarini davom ettirdi va 1850 yilda, o`z kitobining ikkinchi qismini ham nashr etdi. To`la holatda esa kitob uning o`limidan so`ng qolgan qo`lyozmalar asosida to`liq nashr etildi. Shu bilan birgalikda, Tyunen ishlab - chiqarish optimal joylashtirilishi nazariyasi asoschisi ham bo`lib, bu nazariya XX asrning boshiga kelibgina tadqiq etila boshlandi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling