Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N


Rossiyada mumtoz siyosiy iqtisodiyot


Download 1.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/169
Sana31.07.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1664127
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
 
8.3. Rossiyada mumtoz siyosiy iqtisodiyot 
 
Rossiyada mumtoz siyosiy iqtisodni o`rganishdan oldin, Shunga e`tibor berish 
kerakki, yuqorida ko`rib chiqilgan, K. Marksdan tashqari, barcha mumtoz siyosiy 
iqtisod nazariyachilari asosan inglizlar va frantsuzlar bo`lgan. Bu birinchi navbatda 
Angliya va Frantsiyaning iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishdagi ilg`orligi 
bilan bog`liq. AQSH va qator Evropa davlatlari uchun Angliya va Frantsiyadan 
kirib kelayotgan nazariyalarning interpretatsiya etilishi xos bo`lib, bu holat ularda 
mavjud bo`lgan iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlarga muvofiq yuz berar edi. Mazkur 
davlatlar qatorida Rossiyani ham tilga olish mumkin. Nima bo`lganida ham, o`sha 
davrdagi iqtisodiy fanga alohida original g`oyalarni rus olimlari ham ilgari 
surishgan edi. Mumtoz siyosiy iqtisod Rossiyaga XVIII asrning II yarmida kirib 
kela boshladi. Mazkur yo`nalishning rasmiy ravishda tan olinishi va 
universitetlarda o`qi tila boshlanishi g`arbiy Evropadagi kabi XIX asrdan 
boshlandi. Shu bilan birgalikda, o`zining siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi bo`yicha 
Rossiya g`arbdan qoloqroq.
Shu sababli XVIII asrning ikkinchi XIX asrning birinchi yarmida Rossiya 
iqtisodiy fikri o`ziga xosliklarga ega edi. U ikki yo`nalishda rivojlana bordi. 


76 
Masalan, akademik universitet iqtisodiy fani G`arbiy Evropa bilan keng qamrovli 
munosabatlarda bo`lib, umumjahon mumtoz siyosiy iqtisod an`analari tarafdori 
bo`lib, Rossiyada hali mavjud bo`lmagan sanoat kapitalizmiga mos edi. Rossiya 
iqtisodiy fikrining amaliy yo`nalishi esa, mumtoz siyosiy iqtisod masalalarini ya`ni 
kredit, moliya, tashqi va ichki savdo, davlatning iqtisodiyotdagi roli, hamda 
dvoryanlar, savdogarlar, dehqonlar va rus jamiyati boshqa ijtimoiy tabaqalarining 
xo`jalik huquqlari masalalarini tadqiq etar edi. 
Mazkur boboda, Rossiyada mumtoz siyosiy iqtisod nazariy yo`nalishlari 
rivojlanishining asosiy bosqichlarigina ko`rib chiqiladi. 
Rossiyada keng tarqalgan mumtoz siyosiy iqtisod birinchi nazariyasi 
fiziokratlar nazariyasi bo`lib, uni Rossiyaga, Rossiyaning Frantsiyadagi elchisi 
Dmitriy Golitsin (1734-1803) olib keldi.
1765 yilda Ekaterina II tashabbusi bilan Parijdagi iqtisodchilar klubiga 
o`xshash «Erkin iqtisodchilar jamiyati» yaratilib, bu jamiyat 1917 yilgacha amal 
qilgan. Shu bilan birgalikda, fiziokratlarning nazariy fikrlari, Rossiyada katta 
e`tibor qozona olmadi. Erkin iqtisodchilar jamiyati faoliyatining boshlang`ich 
davrlarida, asosan qishloq xo`jaligining asosan amaliy masalalari bilan 
Shug`ullanar edi. 
Ammo 1980 yillarning oxirida, iqtisodiy fanlar tarixi muhim kashfiyot 
bo`ldi. Ma`lumki F.Kenening iqtisodiy jadvali sohalararo balansi nazariyasida 
birinchi qadam bo`lib xizmat qilgan. Faqatgina yuz yildan keyin Marks ijtimoiy 
ishlab chiqarish nazariyasida davom ettirilgan deb hisoblanar edi. Ammo ma`lum 
bo`lishicha “iqtisodiy jadval”ning keyingi rivojlanishi Xar`kov universiteti 
professori Yuzef Lang asarlarida keltirilgan (1775 - 1820). YUzef Lang Frayburg 
universitetini bitirgan olim 1803 yilda Xar`kov universitetiga taklif etildi. 1807-
1815 yillarda nashr etilgan asarlarida xalq xo`jaligining avval uch sektorli (garchi 
Kene g`oyasidan bir oz farq qilsada), keyinchalik to`rt sektorli modelini tadqiq 
qilgan. Iqtisodiyot sektorlarini belgilash uchun Lang Kene kabi sinf tushunchasini 
qo`llagan. Uning to`rt sektorli modelida yalpi milliy mahsulot qayta taqsimlanishi, 
boshlang`ich mahsulotni ishlab chiqaruvchilari (qishloq xo`jaligi va kon sanoati), 
hamda ikkilamchi mahsulot ishlab chiqaruvchilari (qayta ishlash sanoati), 
tijoratchilar va xizmatchi sinflar orasida amalga oshirilgan. Bunda u, o`sha 
davrdagi Rossiyaning xalq xo`jaligi aylanmasidan olingan misollar va 
tenglamalarni qo`llagan. Afsuski Lang asarlari, zamondoshlari tomonidan e`tiborga 
olinmay iqtisodiy fan rivojlanishiga hech qanday ta`sir ko`rsatmadi. 
Shu bilan birgalikda, fiziokratlar nazariyasiga nisbatan, A. Smit nazariyasi 
ham Rossiyada kengroq ko`lamda tarqalgan edi. 1761 yilda, Moskva 
universitetining ikki talabasi, Ivan Tret`yakov (1735-1776) va Semen Desnitskiy 
(1740-1789) Glazgo universitetiga o`qish uchun jo`natilib, aynan Shu universitetda 


77 
ma`naviy falsafa professori sifatida «Xalqlar boyligini» hali yozishga ulgurmagan 
Smit ham faoliyat yuritib, o`sha davrlarda o`z ma`ruzalarida u, iqtisodiy 
masalalarni ham ko`targan edi. 1767 yilda, Desnitskiy va Tret`yakov vatanlariga 
qaytib kelib, Moskva universiteti yuridik fakul`tetida dars bera boshlashdi. Yuridik 
asarlar bilan bir qatorda, ular umumiy ijtimoiy masalalar bo`yicha ham asarlar 
yaratib, Tret`yakov hattoki kichik hajmdagi iqtisodiy asar bo`lmish «Qadimgi va 
zamonaviy halqlarda hukumatning sekin boyishi va ravnaqi sabablari haqida 
fikrlar» deb nomlangan asarlarini ham nashr etishga ulgurdi (1772) va bu 
nomlanish Smit asosiy asari nomlanishiga yaqinroq bo`lib, aytib o`tish joizki Smit 
o`z asarini Desnitskiy asaridan to`rt yil keyinroq nashr etdi. Tret`yakov va 
Desnitskiyning iqtisodiy qarashlari Smitning erta qarashlariga yaqin bo`lib, undan 
farqli o`laroq, rus olimlari iqtisodiy liberalizm tarafdorlari bo`lmay, tashqi savdoda 
protektsionizm va hukumat tomonidan ichki ishlab - chiqarish qo`llab - 
quvvatlanishi haqidagi g`oyalarni ilgari surishib, katta e`tiborni mablag` aylanmasi 
kredit va moliyaga qaratishgan. Bundan tashqari Desnitskiy 1781 yilda, 
jamoatchilik rivojlanishi kontseptsiyasini ilgari surib, uning doirasida iqtisodiyot 
tarixi sxemasini bergan. Mazkur sxema to`rt bosqichdan iborat edi: ovchilik, 
chorvachilik, dehqonchilik va tijorat. 
Tijorat ostida Desnitskiy kapitalistik iqtisodiyotni nazarda tutgan. Mazkur 
sxema, XIX asr o`rtalarida Germaniyada paydo bo`lgan tarixiy maktabning 
o`xshash sxemalaridan ilgari yaratilgan edi. 
XIX asrning boshida, Smit g`oyalari Rossiyada keng tarqalib, 1802-1806 
yillarda Smitning xalqlar boyligi asari ham, rus tiliga tarjima qilingan edi. Bu holat 
XIX asrning boshidan boshlab, siyosiy iqtisod fani universitet dasturi tarkibiga 
kiritilgan. Yangi fan, asosan chet el professorlari tomonidan o`qitila boshlandi. 
Ular orasida Moskva universiteti professori va siyosiy iqtisodiyot bo`yicha birinchi 
o`quv qo`llanma muallifi bo`lmish Xristian SHlyotserni tilga olish lozim bo`lib, 
uning asarlari ham rus tiliga tarjima qilingan; bundan tashqari, Xar`kov universiteti 
professori sifatida Lyudvig YAkov ham faoliyat yuritib, u Rossiya iqtisodiyoti 
haqida asarlar yaratdi. Mixail Balugiyanskiy esa, Avstro-Vengriyalik ukrain 
millatiga mansub bo`lib, Peterburg universitetining birinchi rektori, mashhur 
Rossiyalik reformator M. Speranskiyning yordamchisi vazifasida ishlagan edi. 
Ushbu olimlar asosan nemis o`quvchilari bo`lganligi sababli, ular mumtoz 
siyosiy iqtisodni kameralistika nuqtai - nazaridan o`qitishar edi (XVIII asrlarda 
nemis universitetlarida o`qitilgan davlat boshqaruvi haqidagi fan). Boshqacha qilib 
aytganda, ular iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining to`liq tarafdori emas edilar. 
Birinchi yigirma yil davomida Rossiya siyosiy iqtisodiyoti, Smit 
nazariyasining bevosita ta`siri ostida o`qitilgan, ammo keyinchalik, Smit g`oyasi 
umumiy yo`nalish ramzi sifatida samoga ko`tarilib, aniq masalalar bo`yicha 


78 
Rossiyalik iqtisodchilar, asosan Sey va Mal`tus asarlariga yondashishar, Rikardo 
g`oyalari esa, nisbatan kamroq e`tiborga olinar edi. XIX asrning 20-yillaridan 
boshlab, barcha yo`nalishlar asosan Sey g`oyalariga asoslanib, bu g`oyalar XIX asr 
40- yillari boshigacha e`tibordan yiroqlashmagan. 
Shu davrlarda Rossiyada yirik iqtisodchi va birinchi siyosiy iqtisodiyot 
bo`yicha Rossiyalik akademik Genrix Shtorx ham faoliyat yurita boshladi (1776-
1835). U Rigada tug`ilib, germaniyada ta`lim olgan, so`ngra esa Peterburg 
shahridagi birinchi kadet korpusida va tashqi aloqalar vazirligida faoliyat yurita 
boshladi. Shtorxning asosiy asari, “siyosiy iqtisod kursi” bo`lib, bu asar unga 
Evropada mashhurlik keltirib, 1815 yilda hattoki frantsuz tilida ham nashr etildi. 
Mazkur asar bo`yicha, Shtorx Sey bilan munozaraga kirishib, o`sha davrlarda Sey 
Shtorxni plagiatda aybladi. Nima bo`lganida ham, Evropalik olimlar boshqacha 
fikrda edi. Masalan, Rikardo g`oyasi tarafdori va yaqin do`sti bo`lmish Mak-
Kullox yozishicha, - «Mazkur asar o`z muallifiga katta mashhurlik keltirdi… 
asosiy g`oyalarning aniq va ravshan keltirilishi bilan bir qatorda, boylik ishlab 
chiqarilishi haqidagi Shtorx asari, ingliz va frantsuz iqtisodchilari e`tiborini 
kamroq darajada tortgan predmetlar haqidagi fikrlari bilan boy. Shtorx asarlarini 
adolatli ravishda, Angliyaga keltirilgan siyosiy iqtisodiyot haqidagi barcha 
asarlardan ustun qo`yish mumkin. 
Iqtisodiyot faniga kiritgan muhim hissasi sifatida Shtorx «Tamaddun 
nazariyasini» e`tirof etish mumkin, zero uning fikricha mazkur nazariya Smitning 
«Boylik nazariyasini» to`ldirgan. Mazkur nazariya Sey nazariyasiga yaqin bo`lgan 
«Narx nazariyasidan» kelib chiqgan. Ma`lumki Sey qiymat belgilanishida ishlab 
chiqarish omillariga tayangan, Shtorx esa predmetning foydalilik darajasiga e`tibor 
qaratgan. Shtorx boylik va kapital tushunchasini nomoddiy boyliklarga nisbatan 
ham ishlatib bular sirasiga turli xizmatlar, Shu jumladan inson salomatligi, bilimi, 
badiiy tushunchalari, dam olishi, xavfsizligini ham kiritgan. Bundan ishlab 
chiqarish mehnatining kengroq talqini ham kelib chiqib, ularni Shtorx moddiy 
ishlab chiqarish doirasidan tashqariga olib chiqadi. 
Ishlab chiqarish borasida foydasiz sinflarni, Shtorx faqat mulkdorlar bilan 
toraytirib, uning fikricha mulkdorlar o`z mulki evaziga foiz yoki renta olishganligi 
sababli, nafaqaxo`r deb atalishi lozimligini aytib o`tgan. Boylik birlashtirilgan 
nazariyalari (moddiy) va tamaddun (nomoddiy) nazariyalarini Shtorx xalq 
barqarorligi nazariyasi deb atagan. Shtorx g`oyalari, xususan, inson nomoddiy 
kapitali g`oyasi sifatida XX asrning ikkinchi yarmida ham tadqiq etgan. XIX asr 
40-yillari o`rtalariga kelib, Rossiyada kapitalizm tanqidchilari asarlari keng tarqala 
boshlandi (Sismondi va sotsialist - utopistlar). G`arbdagi kabi Rossiya siyosiy 
iqtisodiyotida ham pozitsiyalarning mo„ayyan polyarizatsiyasi kuzatildi. 


79 
Rossiya universitetlarida asosiy o`quv qo`llanmani yaratgan Butovskiy o`z 
qarashlari bo`yicha Sey maktablariga yaqin turadi. Butovskiy tanqidchisi sifatida, 
Vladimir Milyutin hisoblanadi (1826-1855). Milyutin o`sha davrlarda talaba 
bo`lib, keyinchalik Moskva universiteti professori darajasigacha ko`tarildi. O`z 
qarashlari u Sismondi maktabiga yaqin edi ammo kichik tovar ishlab chiqarish 
idealizatsiyasini tanqid qilgan. 
Rossiya 
mumtoz 
siyosiy 
iqtisodiyotining 
sotsialistik 
yo`nalishi 
namoyandalaridan yana biri, Nikolay Chernishevskiy hisoblanadi (1828-1889), u 
«Sovremennik» jurnalining muharriri bo`lib, inqilobdan oldingi ko`tarilish, ya`ni 
1859-1861 yillar davomida uning asosiy ideologlaridan biri bo`lgan. 1862 yilda u 
qamoqqa olinib, Sibirga surgun etildi va u erdan 1889 yilda o`limidan oldin ozod 
etildi. Chernishevskiyning barcha iqtisodiy asarlari 1857-1862 yillar davomida 
yozilgan bo`lib, ular orasida ikki asarni ajratib ko`rsatish mumkin: «Siyosiy 
iqtisodiyot bo`yicha ocherklar (Mill` g`oyasi asosida)» va «Kapital va mehnat». 
Nazariya sohasida u Mill` asarlariga tayangan ba`zi g`oyalari Ouen 
nazariyalariga yaqinroq turgan hamda «Mehnatkashlar siyosiy iqtisodiyotining» 
shaxsiy talqinini yaratishni orzu qilgan. Mehnatkashlar tushunchasi ostida, 
Chernishevskiy ishchilar qatorida dehqonlarni ham tushunib, uning fikricha, 
Rossiya sotsializmga nisbatan alohida rivojlanish yo`liga ega bo`lgan, ya`ni 
dehqonchilik jamoasi va ishchilar arteli yordamida kapitalizmni chetlab o`tgan 
holda.
Chernishevskiy zamondoshlari mumtoz siyosiy iqtisodning burjua vakillari 
I. Gorlov, I. Vernadskiy, V.Bezobrazov va boshqalar bo`lishgan. 1859-1862 yillar 
davomida Peterburg universiteti profesmsori Ivan Gorlov (1814-1890) siyosiy 
iqtisodiyotning ikki tomli darsligini nashr etib, bu o`quv qo`llanma Butovskiy 
o`rnida qo`llanila boshlandi. Moskva universiteti professori Ivan Vernadskiy esa 
(1821-1884) ilk marotaba Rossiyada iqtisod fanlar tarixi bo`yicha fundamental 
tadqiqotini nashr etib, uni «Siyosiy iqtisodiyot tarixi ocherki» (1858) deb nomladi. 
Mazkur olimlar, Rossiyada sanoat kapitalizmi va qishloq xo`jaligining fermerlik 
yo`lida rivojlanishi tarafdorlari edi. Ularning faoliyati, Rossiyadagi isloxotlar 
davrida kechib, asosiy rollari 1861 yilda krepostnoy huquqi bekor etilishida 
namoyon bo`lib, bu holat Rossiyada kapitalizm rivojlanishiga muhim asos bo`ldi. 
XIX asrning 60- yillarida, nihoyat Rossiya siyosiy iqtisod rivojlanishining ikki 
yo`nalishi birlashib, kapitalistik sanoat sohasi ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
tadqiq etila boshlandi.
Ammo bu holatning paradoksli jihati Shunda ediki, jahon iqtisodiy fanida 
mumtoz siyosiy iqtisod allaqachon o`zining ijodiy yo`nalishini tugatgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya mumtoz siyosiy iqtisodi barcha 
mamlakatdagi kabi o`z hukmronligini rasmiy ravishda saqlab qolib, 


80 
universitetlarda o`qitilar, ammo uning ijodiy salohiyati allaqachon barham topgan 
edi. 
Nihoyat XIX asrning 90-yillarida, Rossiyada keskin sanoat o`sishi va kapitalizm 
shakllanishi ta`siri ostida, marksizm g`oyalari keng tarqala boshlandi. O`sha 
davrdagi iqtisodchi marksistlar orasida, avvalambor P.Struve, M.Tugan – 
Baranovskiy, V.Ul`yanov (Lenin), S. Bulgakov va boshqalarni tilga olish lozim. 
Mazkur dardagi Rossiyalik marksistlar, Rossiyalik sotsialistlarning boshqa guruhi 
bilan nazariy munozaralarni yuritishgan, Chunki Rossiyalik sotsialistlar guruhi, 
Rossiyada kapitalizmning xalqona kelajagi tarafdorlari edilar. Xalq tarafdorlari 
(V. Vorontsov, M. Daniel`son), avvalambor Sismondining realizatsiya nazariyasi 
tarafdorlari bo`lib, ularning fikricha Rossiyada kapitalizm rivojlanishiga 
bozorning qisqarishi sabab deb hisoblashgan. Marksistlar esa, Marksning ijtimoiy 
ishlab chiqarish g`oyasiga tayangan holda, ishlab chiqaruvchilar ixtisoslaShuvi 
o`sishi hisobiga mahsulot realizatsiyasida qiyinchiliklar kelib chiqmasligini 
isbotlashgan. XIX va XX asrlar oralig`ida, Rossiyada marksizm tanqidiy va 
ortodoksal marksizmlarga bo`linib ketdi. 

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling