Samarqand davlat
Download 4.13 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tutash muhitlar modellari va kvazigomogen modellar.
y = 10,124 – 2,242x.
Shu nuqtada ma‟lumotlarni qayta ishlashni yakunlash mumkin edi, chunki ma‟lumotlarning sezilarli darajada sochilganligi ob‟ekt xolatining nozik tomonlarini hisobga olishga imkon bermaydi (yoki bog„liqlikni aniqlashtirish uchun qo„shimcha tajribalar o„tkazish kerak). Ammo etarli tajribaga ega bo„lmagan tadqiqotchi aniqroq ta‟rifga ega bo„lishni xohladi va bog„liqlikni ifodalash uchun 4-darajali polinomni qo„lladi va quyidagi tenglamani oldi (1.3-rasmdagi egri chiziq): y = 10,96 + 3,4575x – 0,36625x2 – 0,3575x3 – 0,001375x4. Tekshirilgan x chegarasida 4-darajali parabola tajriba natijalari bilan yaxshi mos keladi – egri chiziq barcha eksperimental nuqtalardan o„tadi, hatto ekstrapolyatsiya yaqinda ham x = ±3 qiymatlarigacha bog„liqlikning kutilgan yo„nalishiga mos kelmaydigan natijalarni beradi. Bu shuning uchun amalga oshadiki, tajribaning yetarli darajada aniqlikka ega bo„lmaganligi sababli yuqori darajali hadlar noaniq baholanadi. Ularning ta‟siri tajriba sohasidan uzoqlashgan sari tez o„sadi. 1.3-rasm. Tajriba ma‟lumotlariga ko„ra tuzilgan to„g„ri chiziq va 4-darajali parabola Yuqorida qayd etilganlardan asosiy xulosa shuki, agar jarayonni ifodalashning yuqori aniqligi talab qilinsa, u holdda ko„p parametrli modellardan foydalanish kerak. Lekin ushbu holda tajribalar yuqori aniqlikda va katta hajmda bajarilishi kerak. Agar talablar unchalik qat‟iy bo„lmasa, ko„pincha kerakli aniqlikni ta‟minlaydigan eng oddiy modellardan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq, aniq holatlarda, alohida ko„rib chiqishlar talab etiladi. Shunday holatlar bo„ladiki, ikkita imkoniy modeldan biroz murakkabini lekin fizik aniqroqrog„ini tanlaymiz. Barcha holatlar uchun benuqson resept berishning iloji yo„q. Tutash muhitlar modellari va kvazigomogen modellar. Bilish jarayonining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri bu ifodalash tilining o„zgarishi bilan bog„liq modelni soddalashtirishdir. Shunday holat bo„ladiki, sistema murakkablashganda uning tavsifi asta-sekin murakkablashadi, keyin esa qaysidir holatda u birdaniga soddalashadi, bunda sistema boshqa tilda boshqacha ifodalanadi. Download 4.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling