Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnalogiya Universiteti 1kurs 110 guruh talabasi Otamaksimova Mehrinisoning “O’zbekistonning eng yangi tarixi“ fanidan taqdimot ishi


O`zbekisnon Respublikasining Davlat bayrog`i


Download 1.03 Mb.
bet2/10
Sana08.02.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1176501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Otamaksimova Mehriniso

O`zbekisnon Respublikasining Davlat bayrog`i.

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks e’rtgan mangu osmon va obi hayot ramzidir. Timsollar tlilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy edi.

  • 2. Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg'uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go'zallikka intilishning timsolidir.
  • 3. Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodmonlik timsoli hisoblanadi.
  • 4. Qizil chiziqlar vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
  • 5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
  • 6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun tuhiy, Ilohiy timsol sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.

Ўзбекистон Республикасиниг Давлат герби

O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992- yil 3-iyul kuni tasdiqlandi. O'zbekiston respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o'ng tomonidan bug'doy boshoqlari, so'l tomonidan ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvir1angan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan Afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismidagi Respublika Davlat bayrog'ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga «O'zbekiston» so'zi bitilgan.Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi qanotlarini yoygan Xumo qushining tasvirlanishi bejiz e’mas. Chunki u qadim-qadimdan baxtga yetaklovchi timsol sifatida qadrlangan.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling