Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan
Download 140.45 Kb.
|
Kurs ishi. oybekjon.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: 4 – kurs XSE-119 Javkarov Oybekjon
- MUNDARIJA
- 3. SABZAVOTLAR ASSORTIMENTINING TA v IFI VA SIFAT KORSATKICHLARI.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INISTITUTI “SERVIS” FAKULTETI “SERVIS” KAFEDRASI “OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TOVARSHUNOSLIGI VA EKSPERTIZASI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “SABZAVOTLARDAGI VITAMINLAR VA ULARNI SAQLASHDA BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR” 56101105 – “ Xizmatlar sohasi: Tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish ’’ Bajardi: 4 – kurs XSE-119 Javkarov Oybekjon Ilmiy rahbari: _______________ Topshirgan sanasi: _______________ Himoya qilgan sanasi: _______________ Baho: _______________ SAMARQAND----- 2023 MUNDARIJA -Kirish. 1. O'ZBEKISTONDA SABZAVOT ISTE’MOLI VA TA’MINOTI. 2. SABZAVOTLARNING OZUQAVIY QIYMATI, AHAMIYATI VA KIMYOVIY TARKIBI. 3. SABZAVOTLAR ASSORTIMENTINING TAvIFI VA SIFAT KO'RSATKICHLARI. 4. SABZAVOTLARNI SAQLASH. 5. XULOSA. 6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Kirish. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog’ini yanada rivojlantirish, sohada qo’shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi o’zbekiston respublikasi prezdentining 2019-yil 19-dekabrdagi PQ-4549-sonli qarori imzolandi.Ushbu qarorda quyidagilar keltirib o’tilgan. Xususan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo‘lga qo‘yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari bo‘yicha paxta-to‘qimachilikda — 67 foizni, chorvachilikda — 8 foizni, meva-sabzavotchilikda — 7,5 foizni tashkil etmoqda. Klaster usulida yetishtirilgan xomashyoni qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot ko‘rinishida iste’molchiga yetkazib berish imkonini bermoqda. Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. 2010-yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 1,6 foizgacha kamaydi. Shu bilan birga, sohada ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlari tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, ilmiy yondashuvning yetarli emasligi tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmasligiga olib kelmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish imkoniyati mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, bog‘, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4239-son qaroriga asosan: Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining 8 ta tumanida jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kam ta’minlangan oilalar bandligini ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda 2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida 31 ta, 2021-yilda respublika bo‘yicha 100 ta qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Ushbu qaror va farmonlardan bilishimiz mumkunki O’zbekistonda sabzavotlarni yetishtirish va saqlash uchun keng imkoniyatlar yaratilyapti. Download 140.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling