Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan
O’zbekistonda sabzavot iste’moli va ta’minoti
Download 140.45 Kb.
|
Kurs ishi. oybekjon.
O’zbekistonda sabzavot iste’moli va ta’minoti.
Shifokorlar ham, olimlar ham sabzavotlar va mevalar yurakni sog‘lom tutishda yordam berishini va ko‘plab kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini kamaytirishini ta’kidlaydi. Lekin har kuni bitta odamga aynan qancha sabzavot va mevalar talab qilinishi hanuzgacha tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlardan birining mualliflari yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytirish uchun bir kunda 800 g dan kam bo‘lmagan miqdorda sabzavot va mevalar iste’mol qilinishi kerak deb hisoblaydi. Olimlarning xalqaro guruhi 35 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 135 335 nafar odamlarning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlar yordamida tadqiqot o‘tkazdi. So‘rovning boshlanish paytida ular yurak-tomir kasalliklariga chalinmagan edi. Tadqiqotchilar shunday xulosaga keldi: 375 g sabzavot va mevalar organizmni yurak-tomir kasalliklaridan himoya qila oladi va barvaqt o‘lim ehtimolini kamaytiradi. Tadqiqotlarda dunyoning 18 mamlakatidagi 613 uyushma yashovchilari qatnashdi. Ishtirokchilar daromadlari darajasi bir-biridan farq qiladi. Yangi tadqiqot qatnashchilari o‘zlarinig ijtimoiy-iqtisodiy darajasi, oilaviy ahvoli, yashash tarzlari va zararli odatlari haqidagi so‘rovnomani to‘ldirdi. Ishtirokchilar yurak-tomir kasalligining shaxsiy va oilaviy tarixi haqida aytib berdi. Tadqiqotlarda 2003-yilning yanvaridan 2013-yilning martigacha qatnashish mumkin edi. 2017-yil bahorida olimlar so‘rovlar natijalarini va sog‘liqni saqlash tizimlari tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarni to‘pladi. Ishtirokchilarning ahvolini kuzatish o‘rtacha 7 yilga yaqin davom etdi. Natijada bu davr davomida 4784 holatda yurak-tomir kasalliklari va bu kasalliklar oqibatida 1649 o‘lim holati qayd etildi. Bu davr ichida jami 5796 qatnashchi vafot etdi. Bir kunda 375 g dan 500 g gacha meva va sabzavotlar iste’mol qilganlar ichida o‘lim ko‘rsatkichi eng past ekanligi qayd qilingan. Bu ko‘rsatkich daromad darajasiga bog‘liq emasligini ham aniqlangan. Insoning sog’lig’ini va uzoq umr ko’rishini ta’minlashning muhim omillaridan biri iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlaring sifati, turi, miqdori, tarkibi kabi ko’rsatgichlar bilan ham bog’liqdir. Shu sababli mamlakatimizda aholini yuqori sifat ko’rsatgichlariga ega bo’lgan va turli xil assortimentdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ustivor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Ma’lumki, inson o’zining hayot faoliyati uchun zarur bo’ladigan oqsil, yog’, uglevod,vitaminlar, mineral moddalar va boshqa xilma xil birikmalarni oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali oladi.Demak, inson o’z organizmini hayoti uchun zarur bo’ladigan bu moddalar bilan doimiy ta’minlab turishi uchun to’laqonli ovqatlanishni tashkil etish zarur bo’ladi. Biz to’laqonli ovqatlanish deganda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida insonning normal rivojlanishi va faoliyat yuritishi, salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, keksalik jarayonlarini sekinlashtirish va inson umrini uzaytirish uchun zarur bo’ladigan moddalar bilan kerakli darajada ta’minlanishni tushunamiz. Ana shunday to’laqonli ovqatlanishni tashkil etishda ho’l mevalar va sabzavotlarning o’rni beqiyosdir.Chunki to’laqonli ovqatlanishning muhim sharti bo’lgan foydali moddalar, ayniqsa, vitaminlar va mikroelementlar yetarli miqdorda faqatgina mevalar, sabzavotlar, uzumlar tarkibida bo’ladi. Bu esa meva sabzavot mahsulotlari, ayniqsa, xo’l mevalar va sabzavotlar insonning ovqatlanish ratsionining muhim tarkibiy qismi bo’lishi kerakligidan dalolat beradi.Bu muammoni hal etish uchun mamlakatimizda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda va bu borada rivojlangan mamlakatlarda erishilgan tajribaliaridan samarali foydalanish ko’zda tutilmoqda. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabuslari bilan 2014 yil 6- iyunda Toshkentda tashkil etilgan << O’zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zahiralari >> mavzusida qilgan ma’ruzalarida shunday dedilar: “ Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishi to’g’ri va mutanosib ratsion asosida ovqatlanishini ta’minlash bilan chanbarchas bog’liq ekani, meva va sabzavotlar uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lishi lozimligi hech kimga sir emas. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari shundan dalolat beradiki,bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o’rniga juda kam miqdorda bor-yog’i 150-200 gramm meva va sabzavot iste’mol qilinmoqda.Xalqaro dieateloglarning tavsiyasiga ko’ra, inson iste’mol qiladigan oziq-ovqatning kamida 50 foizini mevalar va sabzavotlar tashkil etishi zarur”. Bu fikrlari shundan dalolat beradiki, hatto rivojlangan mamlakatlarda ham ho’l mevalar va sabzavotlar iste’moli darajasi tavsiya etilgan tabbiy normalardan ancha past ekan. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, barcha soxalardagi kabi mevachilik va sabzavotchilikda ham keng qamrovli iqtisodiy islohatlar amalga oshirildi.Xususan, sohibkorlik va bog’dorchilik soxalarida chuqur tarkibiy o’zgarishlar ro’y berib, yalpi mahsulot yetishtirishning asosiy qismi dehqon va fermer xo’jaliklari zimmasiga yuklatildi.Davlatimiz tomonidan agrar sohaga doimiy etibor qaratilishi o’laroq keyingi yillarda hosildorlikning barqaror ravishda o’sishi tufayli yetishtilayotgan hosil miqdori tez suratlar bilan o’sib bormoqda.Mamlakatimizda so’ng’i yillarda kartoshka, meva va sabzavotlar yetishtirishning tez suratlar bilan o’sib borayotganini 1- jadval ma’lumotlaridan bilishimiz mumkun. Download 140.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling