Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan
Download 140.45 Kb.
|
Kurs ishi. oybekjon.
Qovoqsimon sabzavotlar. Bularga bodring, tarvuz, qovun, qovoq kabilar kiradi. Bodring, asosan ta’mlilik qimmati bilan manzur, chunki uning oziqlik qimmati baland emas (uning 95% i suv). Bodring xomligicha, tuzlab va konserva qilib eyiladi. Ekish usuliga qarab, bodring erda, issiqxonada o‘stiriladigan; rangiga qarab, och yashil, yashil va to‘q, yashil, oq, taram-taram yoki taramsiz; sirtining xarakteri jihatidan g‘adir-budur va silliq. G‘adir-budur bodring silliq bodringdan ko‘ra yaxshi tuzlanadi va achish davomida hosil bo‘ladigan sut kislotasini ko‘proq shimadi.
Pishish muddatiga ko‘ra ertapishar (40-45 kun), o‘rtapishar (55 kun) va kechki navlarga bo‘linadi. Ertagi bodringning uzunligi, 9 sm dan, o‘rtapishar va kechki bodringlarning uzunligi esa 12 sm (diametri 6 sm), dan oshmaydi. Konservalashga mo‘ljallangan bodring uzunligiga qarab: pikuliga 3-5 sm, 1 - guruh kornishonga 5,1-70 sm va II guruh kornishonga 7,1-9,0 sm hamda zelenetsga - ko‘pi bilan 12 sm. ga (diametri ko‘pi bilan 5 sm) bo‘linadi. Xomligicha eyish, tuzlash hamda konservalash uchun mayda va o‘rtacha yiriklikdagi bodringlarni ishlatish ma’kul, chunki ular yosh, eti zich va urug‘i pishib etmagan - yumshoq bo‘ladi. Bodringning eng keng tarqalgan xo‘jalik-botanik navlari, “Muromskiy”, “Vyaznikovskiy”, “Nejinskiy”, “Nerosimiy”, “Borshagovskiy” va boshqalardir. Tarvuz iste’mol o‘rniga ko‘ra ovqatbop, xashaki va tsukat xillarga bo‘linadi. Ovqatbop tarvuzda 6-8% qand, S vitamini va boshqa moddalar bo‘ladi, eti mayin, ta’mi shirin. Tarvuz tabiiyligicha va tuzlab ham eyiladi. Undan tarvuz asali (nardek) va vino tayyorlanadi. Tarvuz yumaloq yoki, ovalsimon shaklda, yashil yoki to‘q yashil rangli, taram-taram va taramsiz, po‘chog‘i yupqa, o‘rtacha va qalin (0,4 sm dan 2,5 sm gacha), o‘lchami yirik, o‘rtacha va mayda bo‘ladi. Qalin po‘choqli tarvuzning chiqiti ko‘p bo‘lsa-da, tashish va uzoq saqlash uchun yaxshi hisoblanadi. Tarvuzning eti g‘ovak yoki zich, mayda donali, yirik donali yoki tola-tola tuzilishda, sersuv, kamsuv yoki quruq konsistentsiyali; etining rangi sariq, pushti qizil va och qizil bo‘ladi. Tarvuzning bir qancha navlari ichida “Astraxanskiy polosato‘y”, “Murashka”, “Lyubimets xutora Pyatigorska”, “Biryuchekutskiy”, “Ajinovskiy”, “Kro‘mskiy pobeditel” navlari eng yaxshi navlar hisoblanadi. Ularning eti sersuv, mayda donali, mayin, qip-qizil rangli bo‘ladi. Standart talablariga ko‘ra tarvuz sog‘, yangi uzilgan, toza, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri shaklli bo‘lsa-da, qing‘ir-qiyshiq bo‘lmasligi, pishib o‘tib ketmagan, qizil yoki pushti rangli bo‘lishi lozim. Tarvuzning o‘lchami ko‘ndalang diametri kamida 15 sm bo‘lishi kerak. Bir partiyada qing‘ir-qiyshiq (notekis shaklli) qirilgan, sal ezilgan tarvuzlar 8% dan oshmasligi lozim, jumladan xomroq va o‘ta pishib ketgan tarvuzlar ko‘pi bilan 3% bo‘lishi mumkin. Qovun seret, yirik, o‘rta yoki mayda o‘lchamli, tuxumsimon, yumaloq yoki tsilindrsimon shaklli, silliq, to‘r-to‘r yoki qovurg‘asimon sirtli, rangi sariq, qo‘ng‘ir yoki jigar rang. Etilish darajasiga qarab, qovun pishgan va xomroq xillarga bo‘linadi. Qovun eti oq, sariq, pushti yoki sal yashil rangli; unsimon yoki zich tuzilishli; ta’mi shirin va yoqimli, sal yoki o‘ta xushbo‘y. Qovunda 13% qand, S vitamini, mineral moddalar, kislota, xushbo‘y rang beruvchi va boshqa foydali moddalar bo‘ladi. Qovun tabiiyligicha iste’mol qilinadi va undan qovun qoqi, qovun asali, tsukat, povidlo, murabbo tayyorlanadi. “Golubi”, “Kolxoznitsa”, “Dubovka”, “Zimovka”, “Qo‘ybosh”, “Nesravnenniy” navlari keng tarqalgan. Qovun yangi uzilgan, butun, sog‘, turli shaklda, tekis, har qaysi navning o‘z rangida bo‘lishi lozim. Mevaning o‘lchami ko‘ndalang kesim diametri ertapishar va mayda qovun uchun kamida 10 sm, o‘rta va kechpishar (kuzgi) qovunlar uchun (yumaloq va ovalsimon shaklli) kamida 15 sm bo‘ladi. Pishgan qovun sersuv, mayin, etli va etilgan, urug‘i oson ajraladigan bo‘lishi lozim. Xomroq qovunning eti zichroq va kamsuvroq, urug‘i pishib etilmagan va uning etidan ko‘chishi qiyin bo‘ladi. Bir partiyada qirilgan, ezilgan, o‘lchamiga to‘g‘ri kelmaydigan qovun ko‘pi bilan 5% bo‘lishi mumkin. Qovunning emishbop va xashaki navlari etishtiriladi. Ovqatbop qovoq yirik, o‘rta yoki mayda, sharsimon, yapaloq, tsilindrsimon yoki tuxumsimon shaklda bo‘ladi. Ularning po‘sti yupqa yoki qalin, to‘rsimon yoki qovurg‘asimon sirtli, oq kul rang, sariq, qo‘ng‘ir yoki qizil tusli. Pishish muddatiga qarab, qovoq navlari ertagi, o‘rta va kechki navlarga bo‘linadi. Qovoq yorib, qaynatib, qovurib iste’mol qilinadi va qandolat ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Download 140.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling