Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan
Respublikamizda kartoshka, ho’l mevalar va sabzavotlarni ishlab chiqarish dinamikasi mln. tonna hisobida
Download 140.45 Kb.
|
Kurs ishi. oybekjon.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11,27 11,43 3 Meva va rezavor mevalar
- Jami: 5,89 6,25 6,65
- 2.Sabzavotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati va kimyoviy tarkibi.
Respublikamizda kartoshka, ho’l mevalar va sabzavotlarni ishlab chiqarish dinamikasi mln. tonna hisobida.
Jadval.
Bu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, respublikamizda so’ng’i yillarda kartoshka, mevalar va sabzavotlar ishlab cgiqarish hajmi tez suratlar bilan o’sib borgan. Masalan, 2017 yilda respublikada kartoshka yetishtirish jami 2005 yildagiga nisbatan 3,28 martaga, sabzavotlar yetishtirish hajmi 3,25 martaga, uzum yetishtirish 2,77 martaga, meva va rezavor mevalar yetishtirish hajmi 3,24 martaga, poliz mahsulotlari yetishtirish esa 3,37 martaga o’sganini ko’ramiz.Bu esa respublikamiz aholisi ratsionida kartoshka, poliz mahsulotlari, uzum, ho’l mevalar va sabzavotlarning hissasi toboro ortib borayotganinidan dalolat beradi. Tibbiy me’yorlarga muvofiq bir yilda kishi boshiga sabzavotlar iste’moli kamida 113 kgni, poliz mahsulotlari 50,4 kgni, kartoshka 50,4 kg , mevalar va rezavor mevalar iste’moli esa 106 kg ni tashkil etishi kerak. Respublikamizda o’tgan yili jon boshiga 480 kg sabzavot va poliz mahsulotlari, 143 kg dan orqitroq bog’dorchilik mahsulotlari yetishtirildi.Qiyoslash uchun dunoyoning bazi mamlakatlaridagi ko’rsatgichlarni keltiraman. Aholi jon boshiga sabzavot mahsulotlari yetishtirish 2012 yilda Xitoyda 276 kg, AQSHda 122 kg, Yaponiya 107 kg, Germaniya 90 kg, Rassiyada 110 kg, Qozog’istonda 157 kg, Tojikistonda 113 kg, Qirg’izistonda139 kg ni tashkil etgan. Bu esa O’zbekiston aholi jon boshiga sabzavotlar yetishtirish bo’yicha dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishidan dalolat beradi. Shunday qilib, mamlakatimizda yetishtirilayotgan kartoshka, sabzavot va mevalarni respublika aholisining jon boshiga hisoblaganda olinadigan ko’rsatgich, bu mahsulotlar iste’molining tibbiy me’yorlaridan ham yuqori ekanligini ko’rsatadi. Demak, kartoshka, sarxil meva va sabzavotlar ishlab chiqarish sohasidagi erishilgan yutuqlarimiz respublika aholisini mikronutrientlarga boy mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlashga, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishga, provardida esa, turmushining farovonligi va sihat-salomatligini saqlashga katta darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 2.Sabzavotlarning ozuqaviy qiymati, ahamiyati va kimyoviy tarkibi. Sabzavotlar va ularni qayta ishlab olingan mahsulotlarsiz inson hayotini tasavur qilish qiyin. Ular oziq-ovqat mahsulotlari sifatida muhim ahamiyatga ega. Sabzavotlarning ozuqaviy, biologik qiymati ularning tarkibida oson o’zlashtiriladigan shakar, organik kislotalar, turli xil vitaminlar va mineral elementlar borligi bilan izohlanadi.Bunday moddalar ayniqsa, yangi ho’l meva va sabzavotlar tarkibida ko’p bo’ladi. Bazi sabzavotlar tarkibida qisman oqsillar va mikroorganizmlarning rivojlanishini to’xtatadigan fitonsid va antibiotik moddalari ham bo’ladi. Ma’lumki, sabzavotlarning asosiy tarkibiy qismini suv tashkil etadi. Suv ho’l sabzavotlar tarkibida 70-95 % miqdorida bo’ladi. Sabzavotlarda suvning ko’p qismi esa birikkan holatda bo’ladi. Bodring, pomidor, salat, karam tarkibida suv eng ko’p miqdorda bo’ladi, shuning uchun noqulay sharoitda ular tez so’lib va buzilib qoladi. Sabzavotlarning umumiy vaznining 5 % dan 25 % gachasini quruq moddalar tashkil etadi. Quruq moddalarning asosiy qismi uglevodlardan, qolgan qismini esa oqsillar, pektin moddalari, organik kislotalar, kul va vitaminlar tashkil etadi. Sabzavotlarda pishib yetilish darajasiga qarab, tarkibidagi quruq moddalar miqdori har xil bo’ladi. Yaxshi pishib yetilgan sabzavotlarda xomlaridagiga qaraganda quruq modda miqdori ko’proq bo’ladi. Sabzavotlarning kimyoviy tarkibi ularning naviga, iqlim, tuproq sharoitlari va yetishtirish agrotexnikasiga qarab birmuncha o’zgaruvchan bo’ladi. Quyidagi 2- jadvalda asosiy sabzavotlarning kimyoviy tarkibi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. jadval.
Download 140.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling