Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan
Supermarketlarda sotilayotgan gazlangan alkogolsiz mahsulotlar
Download 270.74 Kb.
|
Hamroqulov Shoxjaxon
Supermarketlarda sotilayotgan gazlangan alkogolsiz mahsulotlar.
Gazlashtirilgan spirtsiz ichimliklar 5 guruhga bo'linadi: tabiiy xom ashyodan tayyorlangan, sintetik essentsiyali, tetiklantiruvchi, vitaminiashtiriigan va diabetik ichimliklar. Tabiiy xom ashyolardan (sharbatlar, ekstraktlar, siroplar, damlamalar) tayyortangan ichimliklar tarkibida ko'p miqdorda qand (IO — 12%) borligi bilan ajralib turadi. Bu xil ichimlik]armng assortimenti xilma-xildir: Limonniy, Abrikosoviy, Slivoviy, Vishneviy, Granatoviy, Klubnichniy, Limonad, Malinoviy, Sitro va boshqalar. Sintetik essensiyali ichimliklar sintetik essensiyalarga qand, limon kislotasi, buyoqlar qo'shib tayyorlanadi. Bularga Yablochniy, Apelsinoviy, Limonniy ichimliklari kiradi. Bu ichimliklarning yorliqlarida albatta ”sintetik essen.siyadan” tayyorlangan degan yozuv bo'lishi kerak Tetiklantiruvchi ichimliklar kishi asab sistemasiga qo'zg'atuvchi ta'sir ko'rsatadigan xom ashyolarning damlamasi, ekstraktlaridan olinadi. Bu ichimliklar ichilganda kishining charchog'i ko'tariladi va chanqog'i bosiladi. So'nggi yillarda bu ichimliklarning assortimenti tez sur'atlar bilan kengayib bormoqda. Shunday ichimliklar jumlasiga dunyo miqyosida keng tarqalgan ''Kola” ichimliklarini kiritish mumkin. ''Kola” seriyasidagi ichimliklar tarkibida kola yong'og'ining ekstrakti mavjud bo'ladi. Kola yong'og'i kofein va teobrominga boy hisoblanadi. Bu ichimliklaming o'ziga xos ta'mi va xushbo'yligini ta'minlashda sitrus efir moylari ham muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, tetiklantiruvchi spirtsiz ichimliklar qatoriga Baykal, Sayani, Bodrost, Utro, Fanta, Kosmos kabi ichimiiklarini ham kiritish mumkin. Vitaminlashtirilgan ichimliklar tarkibida ko 'p miqdorda askorbat kislotasi (S vitamini) borligi bilan ąralib turadi. Bu ichim\iklami olish uchun askorbat kislotasi yoki askorbat kislotasiga boy bo'lgan xom ashyo damlamalari, sharbatlari ishlatiladi. Shunday xom ashyolar sifatida limon, apelsin, qora smorodina mevalaridan foydalaniladi. Diabetik ichimliklartayyorlashda qand o'miga sorbit qo’shiladi. Ularga xushbo 'ylik uchun aromatik essensiyalardan foydalaniladi. Quruq holdagi gazlashtirilgan ichimliklar. Bu xil ichimlikkar 2 xil bo'ladi: vijillaydigan va vijillamaydigan. Quruq vijillaydigan ichimliklar shakar, ovqatga ishlatiladigan kislotalar, essensiyalar, natriy karbonat va kolyermng aralashmasidir. Ular sotishga talgon va tabletkalar holida chiqariladi. Quruq vijillamaydigan ichimliklar esa quritilib, maydalangan shakar, ekstraktlar, essensiyalax, ovqatga ishlatiladigan kislotalar va ozuqaviy bo'yoq moddalarining aralashmasidir. Ular massasi 20 g bo'lgan tabletkalar va kukun hollarida savdoga chiqariladi. Ichimlik olish uchun bitta tabletka 200 ml sovug suvda yeritiladi. Quruq vijillamaydigan ichimliklar qatoriga Yablochniy, Vishneviy, Klyukvenniy ichimliklarini kiritishi mumkin. Download 270.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling