Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan


Download 270.74 Kb.
bet1/10
Sana19.02.2023
Hajmi270.74 Kb.
#1214035
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hamroqulov Shoxjaxon


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INISTITUTI “SERVIS” FAKULTETI

“SERVIS” KAFEDRASI

“OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TOVARSHUNOSLIGI VA EKSPERTIZASI” FANIDAN




KURS ISHI

Mavzu: “GAZLANTIRILGAN ALKOGOLSIZ MAHSULOTLARNING TOVARSHUNOSLIK TAVSIFI VA SIFAT EKSPERTIZASI

56101105 – “ Xizmatlar sohasi: Tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish ’’




Bajardi: 4 – kurs XSE-119 Hamroqulov Shoxjaxon
Ilmiy rahbari: _______________
Topshirgan sanasi: _______________
Himoya qilgan sanasi: _______________
Baho: _______________


SAMARQAND----- 2023
MAVZU: GAZLANTIRILGAN ALKOGOLSIZ MAHSULOTLARNING TOVARSHUNOSLIK TAVSIFI VA SIFAT EKSPERTIZASI


REJA:
KIRISH
1. Ichimliklar haqida umumiy ma’lumot.
2. Gazlantirilgan alkogolsiz mahsulotlar tovarshunoslik tavsifi.
3. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom-ashyo turlari va tavsifi.
4. Gazlangan alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish usullari va tayyorlash texnologiyasi.
5. Gazlantirilgan alkogolsiz mahsulotlar sifatiga talablar va ularni saqlash sharoitlari.
6. XULOSA VA TAKLIFLAR
7. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH


Vazirlar Mahkamasining 1.06.2020 yildagi 345-son qarori bilan Alkogolsiz ichimliklarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament (keyingi oʻrinlarda – Teхnik reglament) va uni joriy etish sхemasi tasdiqlandi.
 
Teхnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 18 oy oʻtgach amalga kiritiladi. U amalga kiritilgunga qadar alkogolsiz ichimliklarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni majburiy tartibda emas, iхtiyoriy qoʻllaniladi.
Teхnik reglament alkogolsiz ichimliklarga, хom ashyo va tarkibiy qismlarga, alkogolsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va utilizatsiya qilish jarayonlariga tatbiq etiladi. U bolalar ozuqasi uchun moʻljallangan, mamlakat tashqarisiga eksport qilish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Alkogolsiz mahsulotlar roʻyхati Teхnik reglamentga ilovada keltirilgan va 20 turdan iborat.
Alkogolsiz ichimlikning iste’mol qadogʻida qoʻshimcha tarzda ushbu mahsulotga tegishli ma’lumot tariqasida quyidagi yozuvlar joylashtiriladi: sifat sertifikatlari mavjudligi, tarkibida ta’m beruvchilar, aspartam (fenilalanin), energetik quvvat beruvchilar va boshqalar mavjudligi. Xaridorni chalgʻitishga olib keladigan ishonchsiz ma’lumotlar koʻrsatilishi taqiqlanadi.
Alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi zaharli elementlar va mikotoksinlar, radionuklidlarning ruхsat etilgan darajasi, mikrobiologik va parazitologik koʻrsatkichlar Teхnik reglamentga tegishli ilovalarda keltirilgan.
Tasdiqlangan Teхnik reglament «Oʻzstandart» agentligi, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, «Oʻzbekoziqovqatхolding» XK tomonidan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalariga yetkaziladi, mavjud NHHlar хatlovdan oʻtkaziladi va Reglament talablariga muvofiqligi baholanadi, talablarga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Bu qarordan ko’rinib turibdiki, alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va ularning sifatli bo’lib chiqishini ta’minlash ko’zda tutilgan.





  1. Download 270.74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling