Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Doimiy
 
moliyalash

. Mablag‗ yig‗ish muddati belgilanmaydi, kerakli 
miqdordagi pul yig‗ilmaguncha loyiha ochiq turadi. 


To„xtash
 
nuqtasi

. Mablag‗ ―to‗xtash nuqtasi‖ga yetib kelganidan so‗ng 
(masalan so‗ralgan mablag‗ning yarmi yig‗ilganidan so‗ng) loyiha muallifiga 
beriladi. 


Nomoliyaviy
 
bonus

. Loyihaga pul o‗tkazgan shaxs biror moddiy 
buyumga ega bo‗ladi. Masalan, kitob chop etilishi uchun mablag‗ o‗tkazgan shaxsga 
o‗sha kitob bepul taqdim etilishi mumkin. 
Ushbu
faoliyatda
mablag„
yig„ishda
har bir kraudfanding maydonchasi 
loyiha, uning muuallifi va homiylarga nisbatan o‗z talablariga ega bo‗ladi. Umuman 
olganda bu talablar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Platformalarning talabiga 
ko‗ra, uning ishtirokchilari voyaga yetgan, o‗z loyihasini taqdim etishi, loyiha 
qonunchilikka zid bo‗lmasligi hamda yig‗ilgan pul o‗sha loyihani amalga oshirishga 
sarflanishi lozim. Muallif loyihani, uning o‗ziga xos xususiyatlari va qanday naf 
keltirishini bayon etadi. Asosiysi, pul qanday maqsadda yig‗ilayotganligi aniq 
ko‗rsatilishi kerak. Muallif shuningdek, maqsadga erishish uchun qancha mablag‗ 
kerakligini ham ko‗rsatadi. 
Loyihaning ishlash tartibi juda oddiy. Sayt foydalanuvchisi o‗z g‗oyasini ilgari 
suradi va yozma ravishda izohlaydi, kerakli bo‗lgan mablag‗ni ko‗rsatadi va 
mablag‗ni yig‗ishning eng so‗nggi muddatini belgilaydi. Ayrim hollarda 
foydalanuvchi beg‗araz moliyalashtiruvchilarga turli mukofotlar taklif qilishi 
mumkin, masalan o‗z logotipi tushirilgan futbolkalarni sovg‗a qilishi mumkin. Shuni 
alohida ta‘kidlash kerakki, barcha beg‗araz yordam pullari yaxshi maqsadlarda 
yig‗iladi va bepul futbolka loyihani amalga oshirish uchun pul tikkan insonlar olishi 
mumkin bo‗lgan yagona narsadir. Har qanday loyiha homiysi o‗zi pul tikkan 


355 
loyihaning amalga oshirilishini kuzatishi mumkin, biroq loyiha muallifi foydasidan 
foiz olishga haqli emas, ulush yoki korxonani tashkil etishdagi aksiyalarga egalik 
qilish huquqiga ham ega emas. 
Bu borada yig‗ilgan pullar Amazon Payments tizimi yordamida yaratilgan 
maxsus hisobraqamga yo‗naltiriladi. O‗ziga ma‘qul kelgan g‗oyalarga pul tikmoqchi 
bo‗lgan xohlovchilar pul miqdorini o‗zlari mustaqil belgilaydilar. Oldindan 
belgilangan muddat nihoyasiga yetsa mablag‗lar yig‗ilishi to‗xtatiladi. Agar 
belgilangan mablag‗ to‗plangan bo‗lsa, pullar muallifning hisobraqamiga o‗tkaziladi. 
Agar belgilangan miqdor tegishli muddatgacha yig‗ilmagan bo‗lsa ham pul yig‗ilishi 
baribir to‗xtatiladi va bekor qilinadi. Bu o‗z navbatida mualliflarni o‗z g‗oyalarini 
yanada tushunarliroq va ko‗proq insonlarni jalb qilish uchun qiziqarliroq qilib taqdim 
qilishga undaydi. 
Kickstarter jalb qilingan mablag‗lardan 5%, Amazon Payments esa o‗z 
navbatida qo‗shimcha 3—5% komission haq ushlab qolishadi
116
. Mablag‗ va 
investitsiyalar jalb qilish uchun mo‗ljallangan boshqa ko‗plab forumlardan farqli 
o‗laroq, Kickstarter loyiha va ishlanmalarga nisbatan mulk huquqiga da‘vo 
qilishmaydi, lekin sizdan olingan intellektual mulkni eksklyuziv bo‗lmagan turli 
maqsadlarda foydalanishi mumkin. Shunga qaramasdan saytda amalga oshirilgan 
loyihalar saqlanib qoladi va barcha uchun ochiq sanaladi. Loyihani moliyalashtirish 
yakunlangandan keyin ham saytga yuklangan ma‘lumotlar tahrir qilinishi yoki 
o‗chirilishi mumkin emas. Kickstarter ishtirokchilari saytni o‗z mahsulotlarini sotish 
va sinab ko‗rish uchun maydon sifatida foydalanishlari mumkin. Hozirda Kickstarter 
tizimidan faqat AQSH fuqarolari foydalanishlari mumkin. Biroq shunga o‗xshash 
tizimni bizning mamlakatimizda ham yaratishda aytarlik cheklanishlar yo‗q. 
Aslida kraudfanding O‗zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan 
foydalanish holatlari mavjud. Masalan, biror bir kishining sog‗ligi yomonlashganda 
operatsiya yoki davolanish uchun zarur bo‗lgan pulni to‗plash kerak bo‗lsa internet 
ijtimoiy tarmoqlarida va turli saytlarda yordam so‗rab plastik karta raqamlarini 
116
Ўша ерда 


356 
qoldirgan holda murojaat etish holatlari mavjud. Bu ham kraudfandingning bir 
ko‗rinishi.
Biroq kraudfandingni iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va yangilik 
kiritish bo‗yicha qilinadigan loyihalardagi g‗oyalarni moliyalashtirishga yo‗naltirish 
juda muhim sanaladi. Shunday g‗oyalar borki, ular mavsumiy yoki bir martalik 
harakterga ega, yaratuvchisiga moddiy manfaat olib kelmaydi, biroq jamiyatga juda 
katta 
foyda 
berishi 
mumkin. 
Aynan 
shu loyihalarni 
moliyalashtirishda 
kraudfandingning o‗rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‗ 
kelib tushadigan tashkilot yoki insonning naqadar ishonchli va maqsadli harakat 
qilishi masalasi asosiy o‗ringa ko‗tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar 
uchun ochiq bo‗lishi lozim. Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‗ladi. 
So‗nggi yillarda O‗zbekistonda innovatsion loyihalarni tatbiq etishning 
tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator qonun, 
farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu jumladan, 2006 yil 7 avgustda PQ–436 sonli 
―Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Qarori. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli 
―Innovatsion loyihalar va texnolgiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni 
rag‗batlantirish borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori, 2017 yil 
30 noyabrdagi PQ-3416-sonli O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston 
Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi 
qarori, 
2018 yil 7 maydagi 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Iqtisodiyot 
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish 
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarori. Ushbu qarorlar asosida 
Respublika innovatsion g‗oya, texnologiya va loyihalar yarmarkasi amalga 
oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan 
va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‗mitasi, investitsiyalar va 
savdo Vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi 
tomonidan tashkil etilgan.


357 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling