Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 11.3. Investitsiya loyihalarini baholashning oddiy va diskont usullari


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 11.3. Investitsiya loyihalarini baholashning oddiy va diskont usullari 
Investitsiya loyihasini baholash loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi 
sababli, pul oqimlari haqidagi ma‘lumotlar ham oldindan rejalashtiriladi. Loyiha 
samaradorligini baholashda pul oqimlarini rejalashtirish va ularni hisobga olish 
jarayoni 
asosiy 
o‗rinni egallaydi va investitsiya loyihalarining haqiqiy 
samaradorligini aniqlashga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Diskontlash usuli (noan‘anaviy usul)ning mazmuni shundan iboratki, pul 
mablag‗larining qiymati muayyan vaqtda bir xil emasligi, ya‘ni bugungi bir so‗m bir 
yildan keyingi bir so‗mga (iste‘mol qiymati bo‗yicha) teng emasligi konsepsiyasiga 
asoslanadi. Diskontlashga asoslangan usullarning barchasi (sof joriy qiymatni 
aniqlash usuli (Net Present Value, NPV), foydaning ichki me‘yorini hisoblash usuli 
(Internal Rate of Return, IRR), investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli 
(Profitability Index, PI), diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount 
Payback Period, DPP)da investitsiya loyihalarining muayyan davrdagi barcha kirim 
va chiqimlarning o‗rtasidagi farq – sof pul oqimi (Cash Flow – CF) aniqlanib,
91
Ўша ерда 


243 
diskotlashtirish yo‗li bilan hisoblanadi. Binobarin, diskontlashga asoslangan 
usullarning mohiyatini tushunish uchun avvalo, korxona pul oqimlarining mazmunini 
va sof pul oqimini aniqlash formulasini bilib olishimiz kerak bo‗ladi. 
Jahon amaliyotida foiz stavkalari quyidagi guruhlarga bo‗linadigan turli xil suzib 
yuruvchi foiz stavkalaridan foydalaniladi
:
A. Rasmiy foiz stavkalari (hisob stavkasi yoki qayta moliyalashtirish 
stavkasi) har bir davlatda Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Mana shu stavkalar 
bo‗yicha Markaziy banklar tijorat banklariga kredit berishadi. Markaziy banklar-ning 
kreditlash operatsiyalari tijorat veksellarini qayta hisoblash shaklida amalga 
oshiriladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling