Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Obligatsiya (lotincha obligatio so‗zidan, majburiyat) – bu uning egasi qarz 
berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog‗ozning nominal 
qiymatini unda ko‗rsatilgan muddatda belgilangan (qat‘iy) foiz to‗langan holda 
qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‗ozdir. Aksiyadan farqli ravishda 
obligatsiya emitentning mol–mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz 
berish va boshqarish xuquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador 
– kreditorning) boshqa bir shaxsga (yemitent – qarzdorga) mablag‗larni foydalanish 
uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma‘lum muddatga 
chiqariladi va so‗ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilganda ularning egalari 
qimmatli qog‗ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an‘anaviy tarzda 
ustunlikka ega bo‗ladi. Emitentning xususiyatiga ko‗ra obligatsiyalar quyidagi uchta 
katta guruhga bo‗linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obligatsiyalar, korxonalar 
obligatsiyalari. 
Davlat qimmatli qog„ozlari – O‗zbekiston Respublikasining g‗azna 
majburiyatlari va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan 
organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining obligatsiyalari. 
Munitsipal 
obligatsiyalarning 
emitentlari 
sifatida 
O‗zbekiston 
Respublikasining milliy, davlat va ma‘muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat 
idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to‗g‗risidagi qaror davlat 
hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi. 
Korporativ 
obligatsiyalar 
– 
aksiyadorlik 
jamiyatlari 
tomonidan 
chiqariladigan obligatsiyalar hisoblanadi. Korxonalar obligatsiyalari tijorat krediti va 


264 
munosabatlarining asosiy quroli bo‗lib, unda bir turdagi korxonalar qarzdorlar
boshqa korxonalar yoki aholi esa, kreditorlar bo‗lishadi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling