331
16.1-jadval
Loyihaviy moliyalashtirishda qatnashishi mumkin bo„lgan ishtirokchilar
Ishtirokchilar
Loyihadagi roli
Loyiha xomiylari,
ta‘sischilari
Loyiha natijalariga bevosita qiziquvchi kompaniyalar va jismoniy
shaxslar. Ular loyihani oldinga so‗rishadi, turli masalalarni
kelishishadi, tegishli ruxsat(noma)lar olishadi.
Yetkazib beruvchi va
pudratchilar
Berilgan loyiha bilan bog‗liq bo‗lgan tovarlar
va xizmatlarni yetkazib
berish shartnoma majburiyatlariga egalik qiluvchi kompaniyalar.
Haridorlar
Ko‗pchilik loyihalarda mahsulot ma‘lum davrda ochiq bozorlarga olib
chiqilmaydi. Bunday hollarda loyiha kompaniyasi alohida haridor yoki
ularning guruhi bilan muayyan miqdordagi mahsulotni sotib olish
bo‗yicha oldindan uzoq muddatli shartnomalar tuzishgan bo‗ladi.
Loyiha amalga
oshirilayotgan
mamlakat hukumati
Zaruriy ruxsat
beruvchi hujjatlarni berish, haridlarni amalga oshirish,
loyihada aksioner,
homiy sifatida ishtirok etish, muayyan kafolatlar
taqdim etish.
Loyiha boshqaruvchisi
Loyihaning amalga oshirilishiga javob beruvchi menejerlar komandasi,
loyihaviy moliyalashtirish bo‗yicha bitmning bosh bo‗g‗ini.
Qarz hisobiga
moliyalashtiruvchilar
Loyiha kompaniyasiga resurslarni kelishilgan muddatga va oldindan
kelishilgan shartlar asosida qarzga taqdim etuvchi tuzilmalar.
Konsultant va
maslahatchilar
Loyihani amalga oshirishning turli aspektlarida
moslashuvchanlikni
ta‘minlaydigan maslahatlar beruvchi ixtisoslashtirilgan kopaniyalar va
jismoniy shaxslar.
Amalda investitsiya loyihalarining uzoq muddatli bank kreditlarini loyihaviy
moliyalashtirishning ayrim omillar va holatlardagi kichik bir shakli sifatida qaraladi.
Bunga quyidagi omillar sabab bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: