Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Birinchi bosqich – loyihaning texnik tahlili


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Birinchi bosqich – loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichda quyidagi savolga 
javob berish zarur: loyiha o‗zining boshlang‗ich smeta harajatlariga mos holda 
amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-
injenerlarning (bu ko‗p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil 
maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik 
hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‗zida qamrab olishi mumkin: 
zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko‗zda tutilmagan 
harajatlarni va favqulotdagi zararlarni qo‗shgan holda); loyihaning qaytimi uchun 


335 
zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa harajatlar qiymati; 
loyihada ishlash uchun xodimlarni o‗qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish 
bozorining mavjudligi. 
Ikkinchi bosqich – bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil. Loyihalarning iqtisodiy va 
moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo‗yicha o‗z vaqtida 
hisob kitoblar uchun yetarlicha foydaga ega bo‗ladimi? degan savolga javob olish 
zarurdir.
16.1 – jadval
Investitsiya loyihalarining moliyalashtirish manbalari tarkibi
110
 
Guruhi 
Turi 
Manblarning guruhdagi tashkiliy tarkibi 
Davlat 
mablag‗lari 
(resurslari) 
O‗zlik 
davlat byudjeti
mahalliy byudjetlar
byudjetdan tashqari fondlar
Jalb 
qilingan 
davlat kredit tizimi
davlat sug‗urta tizimi
Qarz 
davlat qarzdorligi (davlat zayemlari, tashqi qarzlar, xorijiy 
kreditlar va boshqa shu kabilar)
Korxonalar 
mablag‗lari 
(resurslari) 
O‗zlik 
korxonaning o‗z investitsion resurslari 
Jalb 
qilingan 
badallar, 
hayriyalar, 
aksiyalar 
chiqarish, 
aksiyalarning 
qo‗shimcha emissiyasi
rezidentlar-investitsiya kompaniyalari investitsiya resurslari
jumladan, payli investitsion fondlar
rezidentlar-sug‗urta kompaniyalari investitsiya resurslari
rezidentlar-nodavlat nafaqa fondlari investitsiya resurslari 
Qarz 
bank va tijorat kreditlari hamda byudjet kreditlari va maqsadli 
kreditlar 
chet ellik investorlar investitsiya resurslari, jumladan, tijorat 
banklari, xalqaro moliyaviy institutlar, institutsional investorlar
xorijiy korxonalar
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo‗lib sof pul oqimini 
tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o‗z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: loyiha 
egalarining aksioner kapitaliga dastlabki investitsiya qo‗yilmalarini va kreditorlarning 
qarz mablag‗larini; olingan foydani; sarf harajatlarni. Kreditorlar loyihaning iqtisodiy 
sezgirligini jahon amaliyotida keng qo‗llaniladigan sof qoplash koeffitsiyenti (NPV 
Coerage Ratio) va umumiy qoplash koeffitsiyenti (Annual Coerage Ratio) kabi 
110
Эргашева Ш.. Узоқов А. Инвестицияларни ташкил этиш ва молиялаштириш. Ўқув қўлланма. – Т.: ―Iqtisod-
moliya‖, 2008 йил 


336 
ko‗rsatkichlar orqali aniqlashlari mumkin. Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling