Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
Tayanch so„z va iboralar 
Buyurtmachi, pudratchi, texnik-iqtisodiy asosnoma, loyihani ekspertizasi, 
oferent, ochiq tanlov savdolari, kapital qurilish, kapital qo‗yilma, qurilish 
industriyasi, asosiy fondlar. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar 
 
1. Kapital qo‗yilmalarning iqtisodiy mohiyati 
2. Qurilishning bosqichlari 
3. Kapital qurirlishda loyihalashtirish 
4. Kapital qo‗yilmalar samaradorligini baholash 
5. Kapital qurilishda nazorat ishlarining mohiyati
6. Qurilish industriyasi tushunchasining mohiyati 
7. Qurilishning tashkiliy shakllari. 


215 
X BOB. RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH 
VA MOLIYALASHTIRISH 
§ 10.1. O‗zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning 
mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi 
bosqichlari va muddatlari 
§ 10.3. Muhim investitsiya takliflarining yig‗ma ro‗yxati asosida investitsiya 
loyihalari 
portfelini 
shakllantirish 
va 
tasdiqlash 
jarayoni.
Rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish ustidan nazorat 
§ 10.1. O„zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning 
mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va 
muddatlari 
Investitsiya dasturi (keyingi o‗rinlarda dastur deb ataladi) – bu Respublika 
iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom-
ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‗li bilan 
Respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‗zgartirishning asosiy 
ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‗naltirilgan bir – biri 
bilan o‗zaro bog‗langan chora – tabdirlar kompleksidir. 
―O‗zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‗ljallangan Investitsiya dasturini 
amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Prezident qarori (PQ-4563-son, 
09.01.2020 y.) qabul qilindi. Qaror bilan O‗zbekistonning 2020–2022 yillarga 
mo‗ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Dasturda, jumladan, quyidagilar 
nazarda tutilgan: 
- 850,5 trln so‗m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd. AQSH dollari 
miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‗zlashtirish; 
- 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‗rinlari 
yaratish. 
Qarorga ko‗ra, O‗zbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb 
etish bo‗yicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar 
―2020 yil uchun O‗zbekistonning Davlat byudjeti to‗g‗risida‖gi Qonun bilan 
belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi. Shuningdek, qiymati 50 mln. 
AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‗lmagan 


216 
investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi 
muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlarini 
byudjet 
mablag‗lari 
hamda 
moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur 
investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‗llaniladi: 
- loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi; 
- urbanizatsiya 
agentligining 
loyihani 
so‗ralayotgan yer uchastkasida 
joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‗g‗risidagi xulosasi mavjudligi; 
- loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy 
xulosasi mavjudligi (zarur hollarda). 
Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari bo‗lib quyidagilar 
hisoblanadi:
- investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga 
oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, 
shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib 
borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat 
sohalarni qo‗llab quvvatlash;
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan tarmoqlarni (ta‘lim, soliqni saqlash) birinchi 
navbatda, moliyalashtirish;
- mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur 
qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshligigi darajaga 
yetkazishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan 
investitsiya loyihalarini qo‗llab quvvatlash;
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;
- tarkibiy o‗zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya 
siyosatiga muvofiq mablag‗ qo‗yishning o‗zaro manfaatliligi asosida xorijiy 
sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida 
shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;
- investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‗yxatiga oldindan 
belgilangan mezonlar asosida kiritish;


217 

ilgari boshlangan ob‘ektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan 
investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim 
tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish 
ko‗rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‗naltirilganlik, butlovchi buyumlar va 
kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy 
mezonlar hisoblanadi.
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va 
qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‗yicha joriy 
narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ko‗rsatiladi. Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va 
o‗ta muhim loyixalar alohida, katta bo‗lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi 
mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‗yicha barcha 
ishlarni O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi. 
Investitsiya dasturi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 
tasdiqlanadi. O‗zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital 
qurilishni mablag‗ bilan ta‘minlash va uni kreditlash ishlari, O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Kapital qurilishda xo‗jalik munosabatlari 
mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‗g‗risidagi qarorida ko‗rsatilgan 
tartibda asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini 
markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‗ bilan ta‘minlash har qaysi ob‘ekt 
bo‗yicha ajratilgan kapital quyilmalar limitlar doirasida qat‘iy amal qilgan holda 
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan 
qurilishlarning aniq mo‗ljalli ro‗yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda 
tasdiqlangan titul ro‗yxati asosida amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasining 
investitsiya dasturi bu davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo‗llab quvvatlash 
uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo‗lgan davlat tomonidan 
rag‗batlantiriluvchi yo‗nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan 
chora – tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish 


218 
va ular kiritgan mablag‗larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun 
mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
Ustuvor yo‗nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchi ustuvor yo‗nalish – ommaviy turar joy qurilishi;
ikkinchi ustuvor yo‗nalish – zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport 
va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish 
va modernizatsiya qilish;
uchinchi ustuvor yo‗nalish - yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jaxon 
bozorlarida raqobatbardosh, import mollarining o‗rnini bosa oladigan tovarlarni 
ishlab chiqarishni tashkil etish;
to‗rtinchi ustuvor yo‗nalish – zahiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar. 
Mineral boyliklarni yer ostidan qazib olish va tabiiy xom – ashyoni to‗liq va 
kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan – texnika yutuqlaridan foydalanish;
beshinchi ustuvor yo‗nalish – fermerlik va dexqon xo‗jaliklari tarmog‗i, ishlab 
chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh 
qo‗shilmalari bo‗lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‗yicha andozalarga amal 
qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o‗zlashtirib olgan qayta ishlovchi va 
savdo korxonalarning ko‗magi asosida ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini 
chiqarish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat investitsiya dasturini shakllantirish orqali 
yo‗naltirilayotgan investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda: 
mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai-nazardan 
investitsiyalashga ta‘sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion 
muhitni yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport 
qilishni ko‗paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish; investitsiya 
loyihalarini iqtisodiyotning makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni 
hisobga olib, ishlab chiqish asosida xorijiy kredit liniyalarining investitsiyalaridan 
oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
2017 yilgi Investitsiya dasturiga umumiy qiymati 50 milliard AQSH dollariga 
teng 545 investitsiya loyihasi kiritilgan bo‗lib, yil davomida 7,3 milliard dollarlik 


219 
sarmoyalarni o‗zlashtirish belgilangan. Bu haqida shu yilning 30 may kuni bo‗lib 
o‗tgan 30 may kuni videoselektor yig‗ilishida ma‘lum qilingan. Shuningdek, 2017 
yilda umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo‗lgan 170 yangi ishlab chiqarish 
ob‘ektini ishga tushirish mo‗ljallanmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida 
umumiy qiymati 73,5 million dollarlik 9 loyihani amalga oshirish ishlari 
yakunlangani alohida qayd etildi. Investitsiya dasturiga kirmagan hududlar miqyosida 
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan 19 trillion 300 milliard so‗mlik mingdan ziyod yirik 
loyihalar amalga oshirilayotir. Bugungi kunda ularning 39 tasi bo‗yicha ob‘ektlar 
ishga tushirilgan. O‗tkazilgan o‗rganish va tahlillardan ayon bo‗lmoqdaki, ayrim 
istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‗lib, ularning 
moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan 
natijalar bo‗yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi ―O‗zbekiston 
Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‗g‗risida‖gi qarori asosida Qishloq 
va suv xo‗jaligi vazirligi tizimida 2017 yilning 1-choragida 11 ta loyiha bo‗yicha 
15,558 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‗larini o‗zlashtirish 
rejalashtirilgan. Hukumat kafolati ostida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar 
bo‗yicha hisobot davrida 35,598 mln. AQSH dollari (2,3 karra) miqdorida kredit 
mablag‗lari o‗zlashtirilgan. Jumladan: 
1. ―Xorazm viloyatidagi Toshsoqa tizimidagi magistral sug‗orish kanallarini 
qayta tiklash‖ loyihasining umumiy qiymati 144,2 mln. AQSH dollariga teng bo‗lib, 
90,37 mln. dollari Islom Taraqqiyot Banki krediti, qolgan qismi esa O‗zbekiston 
hukumatining ulushidir. Hisobot davrida 2,062 mln. AQSH dollari miqdorida 
mablag‗ o‗zlashtirildi. 
2. ―Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash‖ loyihasining umumiy 
qiymati 406,29 mln. AQSH dollariga teng bo‗lib, Osiyo Taraqqiyot Banki krediti 
216,75 mln. dollarni, Yaponiyaning JICA fondining mablag‗i 108,97 mln. dollarni, 
O‗zbekiston hukumatining ulushi esa 80,57 mln. dollarni tashkil etadi. Hisobot 
davrida 0,67 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‗ o‗zlashtirildi. 


220 
3. ―Janubiy Qoraqalpog‗istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash‖ 
loyihasining umumiy qiymati 376,714 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 
115,924 mln. dollari O‗zbekiston hukumatining ulushi va 260,79 mln. dollari Jahon 
bankining qarz mablag‗laridir. Hisobot davrida 0,087 mln. AQSH dollari miqdorida 
mablag‗lar o‗zlashtirildi. 
4. ―Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash 
(Xazarbog‗-Oqqopchig‗ay kanallar tizimini qayta tiklash)‖ loyihasining umumiy 
qiymati 122,72 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 33,17 mln. dollari 
O‗zbekiston hukumatining ulushi va qolgan qismi Islom taraqqiyot bankining qarz 
mablag‗laridir. Hisobot davrida 0,24 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‗lar 
o‗zlashtirildi. 
5. ―Farg‗ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich‖ loyihasi 
Idoralararo tender komissiyasining 2013 yil 31 dekabrdagi 115-sonli bayoni asosida 
amalga oshirilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 iyuldagi 
3-sonli bayoni topshirig‗iga asosan loyihaning narxi tuproq ishlari hisobiga (263,7 
mln. AQSH dollaridan 219,5 mln. AQSH dollarigacha) optimallashtirildi. Hozirda 
loyihaning ushbu optimallashtirilgan texnik iqtisodiy asoslari Jahon banki tomonidan 
qo‗rib chiqilmoqda va 2017 yilning iyun oyida Direktorlar kengashi tasdig‗iga 
kiritilishi kutilmoqda. 
6. ―Qashqadaryo viloyatidagi ―Do‗stlik 1-2-3‖ nasos stansiyasini qurish‖ 
loyihasining umumiy qiymati 21,23 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 14,2 
mln. dollari O‗zbekiston hukumatining ulushi va qolgan qismi Xitoy Xalq 
Respublikasi hukumatining qarz mablag‗laridir. Loyiha bo‗yicha 2017 yilning 
yanvar-mart oylarida kredit mablag‗larini o‗zlashtirish ko‗zda tutilmagan. Loyiha 
tasdiqlangan tarmoqli jadval asosida amalga oshirilmoqda. 
7. ―O‗zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‗ini rivojlantirish‖ 
loyihasining umumiy qiymati 219,28 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 
150,0 mln. dollari Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki ulushi, 34,20 mln. dollari 
O‗zbekiston hukumatining ulushi, qolgan qismi esa loyiha tashabbuskorlarining 
ulushidir. 2017 yil uchun jami 34,6 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‗lar 


221 
o‗zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‗lib, shundan hisobot davrida jami 31,75 mln. 
AQSH dollari miqdoridagi mablag‗lar o‗zlashtirildi yoki rejaga nisbatan 365 foizni 
tashkil etdi. 
8. ―O‗zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‗ini rivojlantirishni 
qo‗llab-quvvatlash (Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish)‖ 
loyihasining umumiy qiymati 28,33 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 20,44 
mln. dollari Xalqaro qishloq xo‗jaligi taraqqiyoti jamg‗armasi ulushi, 1,67 mln. 
AQSH dollari O‗zbekiston Hukumatining ulushi, 5,24 mln. dollari benifitsiarlar 
ulushidir. Hisobot davrida jami 0,788 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‗lar 
o‗zlashtirildi. 
9. ―Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta 
ishlashni kengaytirish‖ loyihasining umumiy qiymati 39,4 mln. AQSH dollarini 
tashkil etib, shundan 23,8 mln. AQSH dollari Xalqaro qishloq xo‗jaligi taraqqiyoti 
jamg‗armasining ulushidir. Loyiha bo‗yicha 2017 yilning yanvar-mart oylarida kredit 
mablag‗larini o‗zlashtirish ko‗zda tutilmagan. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling