Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Kreditlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar zahirasini tashkil qilish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.5. 1-jadval Tasniflangan kreditlar boʻyicha zahira stavkalari
8.5. Kreditlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar zahirasini tashkil qilish
tartibi Kredit portfelini boshqarish samaradorligini baholashda inobatga olinadigan asosiy omillardan biri – bu kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalarini darajasi va dinamikasi hisoblanadi. Hozirgi paytda mamlakatimiz tijorat banklarida aktivlarni tasniflash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-iyulda 2696-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2015-yil 13-iyunda 14/5-son bilan tasdiqlangan ―Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida‖gi nizomga muvofiq olib boriladi.
Mamlakatimizda bank aktivlari quyidagi tartibda va toifalar boʻyicha tasniflanadi: Tijorat banklarini aktivlarini sifatiga koʻra ―standart‖, ―substandart‖, ―qoniqarsiz‖, ―shubhali‖ va ―umidsiz‖ toifalarga tasniflanadi. 1.―Standart‖ aktivlar. Bunda qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin boʻlgan strategik rejaga, bozordagi raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va oʻz mahsuloti boʻyicha marketing rejasiga ega boʻladi. Taʻminot ―yaxshi taʻminlangan‖ kredit mezonlariga mos keladi. Taʻminot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan boʻlishi (agar qonun hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi, shu jumladan, tijorat bankini garov mol-mulkiga doir huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi lozim. Tijorat bankiga kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni taʻminot hisobidan undirib olishga haqli. Taʻminotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Sifati ―standart‖ deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi. Bunda asosiy qarz summasini va foizlarini hech qanday qismi muddati oʻtgan yoki shartlari qayta koʻrib chiqilmagan boʻlishi lozim. Asosiy qarz summasi yoki foizlardan muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrilgan aktivlar sifati ―standart‖ deb tasniflanishi mumkin emas. Tijorat banki zahira kapitali tarkibida sifati ―standart‖ deb tasniflangan aktivlar uchun ularni qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasini bir foizi miqdorida standart aktivlarga yaratiladigan zahira shakllantirishi lozim. Standart aktivlarga yaratiladigan zahiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan sof foyda hisobidan mazkur Nizom kuchga kirgan kundan keyin ajratilib, hisobot sanasiga 92 sifatida ―standart‖ deb tasniflangan aktivlar qoldigʻidan kelib chiqqan holda tashkil qilinadi. Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar mavjud boʻlib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtirilgan loyihani amalga oshishiga yoki qarzdorni aktivni oʻz vaqtida toʻlash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo boʻlishi mumkin boʻlgan aktivlar sifati ―substandart‖ deb tasniflanadi. Bunda moliyaviy holati yoki taʻminotni nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar boʻlgan, kredit hujjatlarida yetarlicha axborot boʻlmagan yoki taʻminot boʻyicha hujjatlari boʻlmagan ―standart‖ deb tasniflangan aktivlarni sifati ham ―substandart‖ deb tasniflanishi lozim. Tijorat banki sifatida ―substandart‖ deb tasniflangan aktivlar uchun ularni qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasini oʻn (10) foizi miqdorida maxsus zahira shakllantirishi lozim. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarni sifati ―qoniqarsiz‖ deb tasniflanadi: asosiy toʻlov manbalari qarz toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, taʻminotga qoʻyilgan mulkni va qarz oluvchini boshqa asosiy vositalarini sotish, toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qoʻshimcha toʻlov manbalarini topish talab etiladigan boʻlsa; qarz oluvchini joriy moliyaviy holati yoki uni pul mablagʻlarini moʻljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplashi uchun yetarli boʻlmasa; qarz oluvchini kapitali yetarli darajada boʻlmasa; ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror boʻlmasa; taʻminot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech boʻlmaganda asosiy qarzni toʻlanmagan summasiga teng boʻlsa; asosiy qarz va foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlib, uning muddati 90 kundan oshmagan boʻlsa. Tijorat banki sifati ―qoniqarsiz‖ deb tasniflangan kreditlar uchun ularni qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasini yigirma besh (25) foizi miqdorida maxsus zahira shakllantirilishi lozim. 93
Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati ―shubhali‖ deb tasniflanadi: Sifati ―qoniqarsiz‖ aktivlarning hech boʻlmaganda birorta koʻrsatkichi, shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud boʻlsa (bozorda oson sotiladigan ta‘minotning mavjud emasligi yoki taʻminlanmagan aktivlarning mavjudligi yoxud qarz oluvchini bankrot deb eʻlon qilinishi); yaqin kelajakda aktivni qisman toʻlanish ehtimoli mavjud boʻlsa; asosiy qarz va foizlar boʻyicha 90 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa. Tijorat banki sifati ―shubhali‖ deb tasniflangan aktivlar uchun ularni qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasini 50% miqdorida maxsus zahira shakllantirishi lozim. Shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud boʻlgan hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb baholanadigan aktivlar sifati ―umidsiz‖ deb tasniflanadi. Bunday tasniflash aktivlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Biroq, tijorat banklari oʻz balanslarida bunday aktivlarni hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Tijorat banki tomonidan taʻminotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari qoʻllanishi lozim. 5. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati ―umidsiz‖ deb tasniflanadi: aktivlarni undirilishi sud jarayonida boʻlsa; 94 qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlardan foydalanish yoʻli bilan tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qoʻyilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan boʻlsa; aktivlarning toʻlash muddati uzaytirilgan boʻlsa; asosiy qarz va foizlar boʻyicha 180 kundan ortiq kunga muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa. Tijorat banki sifati ―umidsiz‖ deb tasniflangan aktivlar uchun ularni qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasini 100% miqdorida maxsus zahira shakllantirishi lozim. Agar tijorat bankida bitta qarzdorga berilgan bir necha aktivlar mavjud boʻlsa, qarzdor tomonidan tijorat bankiga qaytariladigan barcha aktivlar sifati ulardan eng past toifada tasniflangan aktivlar sifatidek tasniflanishi lozim. Agar qarzdorni bir nechta tijorat banklari oldida qarzi mavjud boʻlib, ularni birida qaytarilishi lozim boʻlgan aktivlar sifati eng past toifada tasniflangan boʻlsa, boshqa tijorat banklari ham ushbu qarzdorga berilgan aktivlar sifatini mazkur toifada tasniflashlari shart. Bunda tijorat banklari qarzdorga boshqa tijorat banklari tomonidan berilgan aktivlar sifatini tasnifini aniqlash uchun kredit axboroti maʻlumotlar bazasidan foydalanishlari lozim. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling