Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Aholi daromadlari statistikasi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

15.2. Aholi daromadlari statistikasi 
Sobiq SSSRning rejali iqtisodiyot tizimida aholining asosiy daromadi 
ishlayotgan xodimlarning mehnat haqlaridan iborat edi. O‘zbekiston mustaqil bo‘lib 
bozor iqtisodiyotini tanladi. Bozor iqtisodiyoti aholining aql-zakovati, tadbirkorligini 
namoyon etish imkoniyatini tug‘dirib, qonunda ta’qiqlanmagan (qonunda 
ta’qiqlanganlari: qurol-yarog‘, narkotik moddalar ishlab chiqarish va sotish bilan 
shug‘ullanish va shu kabilar) barcha faoliyat turlari bilan shug‘ullanib, daromad olish 
mumkinligini yaratdi. Hozirgi paytda aholi ishlab mehnat haqqi (barcha ustamalari 
bilan), turli tadbirkorlik, hunarmandchilik qilib daromad, mulkini ijaraga berib – ijara 
haqqi, qimmatbaho qog‘ozlar sotib olib, ulardan dividend (foiz), dehqonchilik, 
chorvochilik bilan shug‘ullanib daromad olmoqdalar. Aholining daromad oladigan 
manbalari ko‘pligi sababli, iqtisodchi olimlar ularni guruhlashni – tasniflashni tavsiya 
etganlar.
Professor Yo.Abdullayev oila daromadini 3 guruhga: mehnat bilan olingan 
daromad, mulkdan kelgan daromad, davlatning birlamchi daromadi kabilarga bo‘ladi.

Professor M.K.Pardayev oila daromadlarini 5 guruhga bo‘lishni maqsadga 
muvofiq deb, quyidagilarni ko‘rsatadi
2

1. Mehnat qilish yo‘li bilan olinadigan daromad; 
2. Tadbirkorlik yo‘li bilan olinadigan daromad; 
3. Mulkni ishlatish orqali olinadigan daromad; 
7
Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: «Mehnat», 1998 y. 182-183 betlar. 
1. Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T.: «Mehnat», 1998 y. 
2. Pardayev M.K., Shodiyeva G.M. Oila xo‘jaligi iqtisodiyoti va tadbirkorligi. Samarqand SamKI. 2001, 25 bet.


204 
4. Davlat tomonidan beriladigan daromad; 
5. Huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan xayriyalar, sovg‘alar va 
boshqa muruvvatlar. 
Bizlar aholi daromadlari guruhlanishini keltirish bilan ularning turlari ko‘p 
ekanligini ta’kidlamoqchimiz xolos. 
Aholi daromadlarining asosiy turlaridan biri mehnat haqqidir. Xodimlar 
bajargan ishlarining miqdori va sifatiga qarab, vaqtbay yoki ishbay shakllarida ish 
haqqi oladilar. O‘zbekistonda yagona tarif setkasi (YATS) joriy qilingan bo‘lib, budjet 
qaramog‘idagi muassasalar xodimlari YATS asosida mehnat haqqi oladilar. Nodavlat 
sektorida faoliyat yurituvchi xodimlarga mehnat haqqi hisoblashda ham YATSga 
asoslaniladi, lekin korxonaning moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lsa, YATSga nisbatan 
ko‘proq maosh to‘lashi ham mumkin. YATSda barcha ishlarga haq to‘lash 0 dan 22 
razryadgacha bo‘lingan bo‘lib, har bir razryadga tegishli ta’rif koeffitsiyenti 
belgilangan. Vaqtbay shaklida oylik maosh oladigan xodimlarga ish haqqi razryadiga 
to‘g‘ri keladigan ta’rif koeffitsiyentni amaldagi minimal ish haqqi miqdoriga 
ko‘paytirib topiladi. Minimal ish haqqi miqdori Respublika Prezidenti farmoni bilan 
bir necha bor oshirib kelinmoqda. Quyida minimal ish haqqining keyingi yillarda 
qanchalik oshirilganligini jadvalda ko‘raylik. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling