Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
15.7. Daromadlar tengsizligi va kambag‘allik chegarasi Dunyo mamlakatlari aholisi turmush darajasi bilan farq qiladi. Bunga turli sabablar bilan (ko‘p yillar mustamlaka bo‘lganligi, tabiiy sharoiti, ko‘p yillik urushlar va shu kabilar) mamlakatlar iqtisodiyotining turlicha rivojlanishi asosdir. Lekin bir mamlakat ichida ham aholining turli qatlamlari daromadlari har xildir. Aholining aql- idroki, jismoniy sog‘lomligi, bilimi, malakasi, oila tarkibi, tadbirkorlik omadi har xil. Shu sababli oilalar turlicha daromad topadilar va natijada turmush darajalari har xil bo‘ladi. Nazariy jihatdan daromadlarning haqiqiy taqsimoti egri chiziq bilan ifodalanadi va Lorens chizig‘i deyiladi. 217 50 - 40 - 30 - 20 - 10- 10 20 30 40 50 % oilalar foizi Mutloq tenglikni ifodalovchi to‘g‘ri chiziq bilan Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut daromadlar tengsizlik darajasini ifodalaydi. Bozor munosabatlari aholi daromadlarining mutloq tengligini inkor etadi. Shu bilan birga 10 % aholi daromadlarining 100 % ini o‘zlashtirib olishi mumkin ham emas. Chunki bunday holda 90 % aholi daromadsiz qolib, qashshoqlikga mahkum etilgan bulur edi. Bozor munosabatlari sharoitida aholining bir qismi daromadlari kam bo‘lganligi sababli moddiy va manaviy ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi. Aholining bunday qatlamini kambag‘allar deyiladi. Aholi daromadlari va kambag‘allik darajasini oilalarni tanlab kuzatish yo‘li va normativ usul bilan aniqlash mumkin. Tanlab ko‘zatish usulida oila daromadlari mamlakat o‘rtacha daromadidan bir necha baravar past bo‘lsa, bu oila kambag‘al hisoblanadi. Ko‘pincha, shu jumladan O‘zbekistonda ham normativ usulda kambag‘allik aniqlanadi. Bu usulda eng zaruriy oziq-ovqatlar, iste’mol buyumlar va xizmatlar to‘plami (iste’mol savati) qiymati asosida aniqlanadi. Bu qiymat iste’mol budjetini tashkil etadi. Eng kam iste’mol budjetiga yoki uning bir qismiga (misol 50 % foizi) to‘g‘ri keladigan daromad kambag‘allik chegarasi (kch) deyiladi. Hukumatimiz kambag‘allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga turli yordam ko‘rsatib, o‘zining ijtimoiy himoyasiga olgan. Mamlakat yoki hudud bo‘yicha kambag‘allikning vaqt (davr) mobaynida o‘zgarishi statistikada kambag‘allik indeksida ifodalanadi. Kambag‘allik indeksi (Jk) ushbu davrdagi kambag‘allik koeffitsientini (KK 1 ) taqqoslanayotgan bazis davr kambag‘allik koeffitsientiga (KKo) bo‘lib topiladi. Ya’ni Jk = KK 1 : KKo: O‘z navbatida kambag‘allik koeffitsientlari esa joriy davr yoki bazis davrlarda kambag‘allik chegarasidan past daromadga ega bo‘lgan aholi (KCHPA) sonini barcha aholining tegishli davrdagi o‘rtacha soniga bo‘lib topamiz. KK 1 = 1 1 А КCHPА ; KK 0 = Ао КCHPАо ; Bu ko‘rsatkichlarni statistik o‘rganish natijasida davr mobaynida kambag‘allik darajasining chuqurlashib borayotganligini yoki sayozlashayotganligini aniqlash mumkin. Bu yerda Jk >1 bo‘lsa, kambag‘allik darajasi chuqurlashayotganini bildiradi. Kambag‘allik darajasining sayozlashuvi umuman aholi turmush darajasining yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. Kishilarning yashash minumimi – eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat iste’mol buyumlari va xizmatlar to‘plami qiymatlarining yig‘indisidir. U «istemol savati» nomi bilan ataladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling