Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Aholining turmush darajasini ifodalovchi umumiy ko`rsatkichlar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

10. Aholining turmush darajasini ifodalovchi umumiy ko`rsatkichlar. 
A. Aholi jon boshiga to`g`ri keldigan yalpi ichki mahsulot; 
B. Aholi jon boshiga to`g`ri keldigan nominal daromad; 
C. Aholi jon boshiga to`g`ri keldigan real daromad; 
D. Aholi daromadalrining umumiy summasi. 
 
 
 
 
 
 
 


221 
 
 
XVI bob. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI. 
 
Reja: 
 
16.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi va turlari. 
16.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari. 
16.3. Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy o’zgarishi. 
 
16.1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi va turlari 
 
Mamlakatlar tabiyati, iqlimi bo’yicha turliy mintaqalarda joylashgan. 
Mamlakatlar tabiyati, iqlimi va tabiy boyliklarining mavjudligi ularning iqtisodiy 
rivojlanishiga tasir qiladi. Suning uchun ham ayrim mamlakatlar malum tavar turlarini 
ishlab chiqarishga moslashadi bu narsa ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlarni 
yetishtirishda yaqol seziladi Misol: paxtani quyosh isig’i yetarli mamlakatlar ko’p 
yetishtiradi. Neftni esa tabiatan neftga boy mamlakatlar (Rossiya, Saudiya Arabistini, 
Iroq, Quvayt, Eron kabi) ko’p qazib oladi.
Shuning natijasida mamlakatlararo xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. 
Tashqi aloqalar qadimgi Misir, Yunoniston, Rim kabi quldorlik mamlakatlarida 
bo’lganligi ham tarixdan ma’lum. Sharq mamlakatlarimi G’arb mamlakatlari bilan 
bog’lagan Buyuk ipak yo’li mamlakatlararo savdo sotiqning keng rivojlanishiga sabab 
bo’lgan. 
Hozirgi paytda tashqi iqtisodiy aloqalar tovarlar va xizmatlar muomalasi, tushum 
va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari bo‘lishi mumkin. Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy 
aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni egallaydi. Tashqi savdo eksport va importdan 
iborat. Tashqi savdoga mamlakatda tayyorlangan tovarlarni sotish, olib kelingan xom 
ashyo yoki tovarlarni qayta ishlab, eksportga chiqarish kiradi. Importga esa, shu 
mamlakat ichida iste’mol qilinadigan tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash 
uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida sotib olish kiradi. Umuman, 
tovarlarni tashqari savdoda 2 xil hisobda olib boriladi: 1) umumiy 2) maxsus hisob. 
Maxsus hisobda tovarlar qayta ishlanib, sotilishi lozim bo‘lganlar hisobga 
olib boriladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatga savdodan tashqari, turli xil xizmat 
ko‘rsatishlar ham kiradi. Bu xizmatlarning asosiylari transport xizmati, sug‘urta 
xizmati va ma’lumotlar xizmatidir. Transport xizmatlariga transportning barcha 
turlari bo‘yicha, temir yo‘l, dengiz-havo yo‘llari bo‘yicha bo‘ladigan xizmatlar kiradi. 
Sug‘urta xizmatiga mamlakatlarning sug‘urta kompaniyalarining chet el 
hamkorlariga savdo bo‘yicha yuklarni, odamlarning hayotini, turli xil tabiiy 
ofatlardan yo‘qotishlardan sug‘urtalash kiradi. Ma’lumotlar xizmatiga yuklar 
bo‘yicha, passajirlar bo‘yicha va turli xil axborotlar bo‘yicha hamda gazeta, jurnal, 
televideniye kabi axborotlarni yetkazib turish kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda 
bundan tashqari moliyaviy xizmatlar va davlat boshqaruv xizmatlari ham bo‘ladi. 


222 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling