Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
16.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari 
 
Tashqi savdoda tovarlar, yuklar, brutto, netto og‘irligi va maxsus xalqaro miqyosda 
qo‘llaniladigan narxlarda hisobga olib boriladi. Eksport qilinadigan tovarlar qiymati. 
«FOB» usulida hisoblanadi. FOB qiymatida 2 usulda: 1) FOB jo‘natish porti 2) FOB 
franka oluvchi mamlakatning quruqlik chegarasi usullarida olib boriladi. 
FOB usulida tovarlar qiymatiga tovarlarning narxi, tovarlarni jo‘natish uchun 
transportga yuklash xarajatlari, transport xarajatlari, bojxona xarajatlari va boshqa 
xarajatlar kiradi. Import tovarlari «SIF» hisobida yuritiladi. SIF ham 2 usulda olib 
boriladi: 1) import qilinadigan mamlakat chegarasigacha 2) fraxt qilinadigan dengiz 
portgacha. Xalqaro iqtisodiy faoliyat statistikasida quyidagi ko‘rsatkichlar 
o‘rganiladi: 1) tashqi savdo aylanmasi - bu import va eksport qilinadigan tovarlarning 
umumiy summasidan iborat; 2) savdo balansi saldosi. Bu yerda summa eksport 
qiymatidan import qiymatini olib tashlaganiga teng. Agar eksport importdan ko‘p 
bo‘lsa, saldo ijobiy, ya’ni aktiv saldo deyiladi. Aksincha, import eksportdan ko‘p 
bo‘lsa, saldo manfiy, salbiy, passiv saldo hisoblanadi. 3) qoplash koeefitsenti. Eksport 
qiymatini import qiymatiga bo‘lish bilan topiladi. 4) savdo balansi. Savdo balansida 
bir tomondan eksport qilingan tovarlar, xizmatlar ko‘rsatiladi va boshqalar. Ikkinchi 
tomondan esa, import qilingan tovarlar, xizmatlar ko‘rsatiladi va savdo balansi, to‘lov 
balansi tayyorlanadi. 
Tashqi savdo aloqalari quyidagi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi: 
- import kvotasi; 
- eksport kvotasi; 
- jon boshiga to‘g‘ri keladigan tashqi savdo aylanmasi; 
- tashqi savdo aylanmasining elastiklik koeffitsienti; 
- importning mamlakat iste’molidagi salmog‘i; 
- eksportning YAIMdagi, ayrim mahsulot turlaridagi salmog‘i; 
- mamlakatning xalqaro savdo-sotiqdagi salmog‘i.
Bu ko‘rsatkichlar asosida tashqi savdo aloqalarining holati, davrlar mobaynidagi 
o‘zgarishi, tarkibi, tashqi savdo faoliyatlarining samaradorliklari o‘rganiladi.
Kvota – bu ishlab chiqarish hajmi, import, eksport, sotish va boshqa iqtisodiy faoliyat 
sohalaridagi kelishuv asosida har bir ishtirokchi uchun joriy qilingan hissadir.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling