16.3. Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy
o’zgarishi
Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni
egallaydi. Tashqi savdo eksport va importdan iborat. Tashqi savdoga mamlakatda
tayyorlangan tovarlarni sotish, olib kelingan xom ashyo yoki tovarlarni qayta ishlab,
eksportga chiqarish kiradi. Importga esa, shu mamlakat ichida iste’mol qilinadigan
tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulot
sifatida sotib olish kiradi. Umuman, tovarlarni tashqi savdoda 2 xil hisobda olib
boriladi: 1) umumiy 2) maxsus hisob.
Maxsus hisobda tovarlar qayta ishlanib, sotilishi lozim bo‘lganlar hisobga
olib boriladi.
O’zbekistoning mustaqillik yilarida tashqi savdo aylamasi yuqori suratlar bilan
o’sdi. 1994-yilgi 5299,4 mln AQSh dollaridan 2017-yilga 26962,1 mln AQSh dollariga
yetdi yani 5,1 barabaridan ko’proq o’sdi. Bunda eksport hajmi import hajmidan
yuqoriroq suratlar bilan o’sdi.1994-yil eksport hajmi 2689,9 mli AQSh dollari bolgan
bo’lsa, 2017-yil 13953,8 mli AQSh dollari yetdi yaniy 5,2 barobarga o’sdi.
Tashqi savdao aylanmasining tarkibi ijobiy o’zgardi va geografik hududlari
kengaydi.Mustaqillikning dastlabki yillarida asosan paxta homashyosi va boshqa
materiallar eksport qilgan bo’lsa, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
natijasida iqtisodiyotning rivojlanish taminlanib eksport tarkibida tayor mahsulotlar,
mashina va asbob-uskunalar hissasi ortib bormoqda.
Import tarkibida mustaqillikning dastlabki yillarida oziq-ovqat mahsulotlari katta
hissani tashkil etgan bo’lsa, xozirgi yillarda yangi texnika va texnalogiyalar tashkil
etadi. 2017 yil import tarkibida mashina va asbob- uskunalar hissasi 41,4% ni tashkil
etdi .
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy aloqalar asosan MDX mamlakatlari
bilan amalga bo’lsa, xozirda Yevropa, Sharqiy osiyo, Amerika mamlakatlari bilan
amalga oshirilmoqda. 2016-yildagi eksport hajmining 54,0% ushbu mamlakatlarga
to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |