Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

Import kvota – mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan chet el mahsulotlari hajmining 
cheklangan miqdoridir.
Eksport kvota – mamlakatdan tovarlarni chet mamlakatlarga (eksportga) belgilangan 
hajmda yetkazib berish (sotish) tushuniladi.
Import va eksport kvotalar ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida 
qo‘llanadi.
Import kvota darajasi (Kik) import hajmini YAIMga nisbati bo‘yicha aniqlanadi. 
YAIМ
I
К
ик

 
Bu yerda: I – import hajmi; YAIM – yalpi ichki mahsulot 


223 
Import kvotasi indeksi
0
1



К
К

; bo‘yicha hisoblanadi.
Eksport kvota darajasi (Kek) eksport hajmini (EKS) YAIMga nisbati bilan aniqlanadi.
YAIМ
EКК
К


 
Eksport kvota darajasi mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va uning xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarda qanchalik qatnashayotganligini bildiradi.
Eksport hajmini (EKS) sanoat ishlab chiqarish hajmiga nisbati real eksport kvotasi 
darajasini bildiradi. Chunki haqqiqiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar, xom ashyo 
emas, sanoat mahsulotlarini eksport qiladi.

EКК
РК


 
Bu yerda: SM – sanoat mahsulotlari hajmi. 
Tashqi savdo aloqalarida proteksionizm siyosati va demping qo‘llanilishi mumkin. 
Proteksionizm – milliy iqtisodiyotni xorij raqobatidan himoya qilishga qaratilgan 
siyosatdir. Proteksionizm quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llash yordamida amalga 
oshiriladi.
 import tovarlariga yuqori darajada boj o‘rnatiladi; 
 davlat ayrim tovarlarni import qilishni taqiqlaydi; 
 import kvotasi kamaytiriladi (litsenziya yordamida) 
 tovarlarni import qilish uchun to‘lanadigan valyuta cheklanadi
 import qilinadigan tovarlar sifatiga va ekologik tozaligiga talab oshiriladi va shu 
kabilar. 
Demping deganda tashqi bozorni egallash uchun tovarni ishlab chiqarish xarajatlaridan 
past (arzon) baholarda chetga eksport qilish yoki tovarlarni tashqi bozorda mamlakat 
ichidagi bozordan arzon bahoda sotish tushuniladi.
Tashqi savdo aylanmasi eksport va import yig‘indisidan iborat umuman olganda 
eksport import hajmidan ko‘p bo‘lsa, tashqi savdo qoldig‘i musbat (+) bo‘lib, ijobiy 
hisoblanadi. Import eksport hajmidan ko‘p bo‘lsa, tashqi savdo qoldig‘i manfiy (-) 
bo‘lib, mamlakat yalpi milliy mahsulot hajmini kamaytiradi. Eksportning importdan 
ko‘p bo‘lishi, umuman olganda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganligidan darak 
bersada, lekin xom ashyolarni ko‘proq eksport qilishni ijobiy baholab bo‘lmaydi.
Tovarlar eksporti ularning ishlab chiqarishiga nisbatan, tovarlar importi esa ularning 
iste’moliga nisbatan tezroq o‘sib borishi lozim. Bunday nisbatlarni tahlil qilishda 
eksport va import elastikligi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Eksport elastikligi (Ee) eksportning qo‘shimcha o‘sishini 





 
EКК
E
YAIM qo‘shimcha 
o‘sishiga nisbati bilan aniqlanadi.
YAIМ
YAIМ
EКК
E
E
e



:
 
Bu yerda: ΔYAIM – yalpi ichki mahsulotning qo‘shilgan qismi (farqi). 


224 
Importning elastikligi ham importning qo‘shimcha o‘sishini 





 

I
YAIMning 
qo‘shimcha o‘sishiga 





 
YAIМ
YAIМ
nisbati bilan aniqlanadi. Shunda eksport indeksi 
YAIM indeksidan katta bo‘lsa, ushbu mamlakatda tovarlar eksporti ularni ishlab 
chiqarishdan tezroq o‘sganligini bildiradi.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling