Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
15.4-jadval
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning asosiy turlarini yetishtirish dinamikasi Mahsulot turlari. O‘lchov birligi 1990 2000 2010 2016 2016 yil 1990 yilga nisbatan,% Don ming tn. 2038,2 4101,4 7504,3 8261,3 405,3 213 Kartoshka ming tn. 336,4 731,1 1694,8 2958,4 879,4 Sabzavot ming tn. 2842,5 2644,7 6346,5 11275,8 396,6 Poliz ekinlari ming tn. 1000,0 451,4 1182,4 2044,9 204,5 Meva ming tn. 660,4 790,9 1710,3 3042,8 460,7 Uzum ming tn. 744,7 624,2 987,3 1735,8 233,1 Go‘sht (tirik vaznda) ming tn. 789,1 841,8 1461,4 2172,5 275,3 Sut ming tn. 3034,2 3632,5 6169,0 9703,4 319,8 Tuxum ming tn. 1231,8 1254,4 3061,2 6152,5 499,5 Jadval malumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish barcha turlari bo‘yicha kamida 2 barobardan ko`proq ko‘paygan. Ayniqsa don ekin maydonning ko‘payishi va hosildorligining ortishi natijasida don mahsulotlari yetishtirish 2016 – yilda 1990 yilga nisbatan 4 barobarga ko‘paygan. Shuningdek, ushbu davrda kartoshka yetishtirish 8,5 barobarga, meva va sabzavot yetishtirish 4,0 barobardan ko‘proqga, tuxum tayyorlash 5,0 barobarga, go‘sht va sut tayyorlash esa qariyib 2 barobarga ko‘paygan. 2016 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olingan bo‘lib, 8 million 261 ming tonna g‘alla, 3 million tonnaga yaqin kartoshka, 131 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari tayyorlangan. Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bilan bir vaqtda, nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli ham o‘rganiladi. Ayniqsa, bunda aholining madaniy – maishiy ehtiyojini qondiradigan tovarlar miqdori ko‘payib borsa, turmush tarzining yaxshilanib borayotganligini bildiradi. Shuning uchun har bir oilaga yoki 1000 kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan televizorlar, muzlatkichlar, yengil mashinalar, kir yuvush mashinalari kabi tovarlarning to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning o‘zgarishi aholining turmush darajasini ifodalaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama, faqat paxta xom ashyosini qisman qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, xalq ehtiyoji uchun tayyor mahsulotlarning ko‘p qismi chetdan keltirilar edi. O‘sha davrda O‘zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim – kechaklarning 25 % , trikotaj buyumlari va ip gazlamaning 30 %dan ko‘prog‘i, poyafzalning deyarli 50 % chetdan keltirilar edi . 1 Shuning uchun ham Hukumatimiz o‘z faoliyati boshidanoq respublikamizning xalq iste’moli mollari jihatidan bunday qaramligini tugatish uchun sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘zbekiston mustaqillik yillarida ( 1990-2016 yillar ) yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,6 marta ko‘paydi. Hozirgi paytda to‘qimachilik sanoati korxonalari soni 2200 tadan ko‘proq bo‘lib, ular zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. O‘zbekiston sanoati mustaqillik yillarida mutlaqo yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bunday mahsulotlarga raqamli televizorlar, mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuterlar, elektron texnikalar, avtomashinalarni kiritish mumkin . 214 Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil aftomobillarga bo‘lgan yehtiyojini to‘liq ta’minlab ularni chetga eksport ham qilmoqda. Mamlakatimizda televizorlar, muzlatkichlar, konditsionerlar va shu kabi tovarlar ishlab chiqarish hajmi yildan – yilga oshib bormoqda. Shu bilan bir vaqtda aholi daromadlarining oshib borishi ularning uzoq muddat ishlatiladigan madaniy – maishiy tovarlarni ko‘proq Xarid qilishida namoyon bo‘lmoqda. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling