Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
15.5-jadval 
Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanishi
(har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan tovarlar soni) 
Ko‘rsatkichlar 
1990 y 2000 

2010 

2016

2016 y 1990 
yilga 
nisbatan% 
Televizorlar 
90 
88 
132 
153 
170,0 
Muzlatgich va muzxonalar 
80 
86 
99 
101 
126,3 
Konditsionerlar 

11 
18,5 
34 
377,8 
Elektro changyutgichlar 
29 
30 
37 
54 
186,2 
Shaxsiy kompyuterlar 

0,2 
12 
49 
25 marta 
(2000y) 
Videomagnitofon, videopleyer 
va DVD pleyerlar 

31 
64 
108 
348,3
(2000 y) 
Kir yuvish mashinalari 
67 
69 
75 
80 
119,4 
Mobil aloqa vositalari 

18 
145 
246 
14 marta 
(2000 y) 
Har 100 ta xonadonga to‘g‘ri 
keladigan avtomobillar soni, 
birlikda 
11,9 
20,1 
27,1 
43 
361,3 
Jadval ma’lumotlaridan respublika aholisining uzoq muddatli madaniy – 
maishiy tovarlarni Xarid qilishi ko‘payib , mustaqillik yillarida xonadonlarning bunday 
tovarlar bilan ta’minlanishi ortgan. Ayniqsa mustaqillikgacha bo‘lmagan shaxsiy 
kompyuterlar , mobil aloqa vositalari, video magnitafonlar kabi tovarlarning aholi 
tomonidan xarid qilinishi jadal sur’atlar bilan ko‘paygan. Natijada bunday tovarlar 
bilan xonadonlarning ta’minlanishi keyingi 10 yilda ( 2000 yildan – 2016 yilgacha) 14-
20 marotaba ko‘paygan. 
 
15.5. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari 
Aholiga har tomonlama qulay, milliy urf-odatlarimizni hisobga olgan holda uy-joy 
bilan ta’minlashga e’tibor berilmoqda. 


215 
Viloyat, tuman markazlari katta shaharlarning asosiy ko‘chalari rekonstruksiya 
qilinib, tuzilgan loyiha bo‘yicha yangi zamonaviy barcha talablarga javob beradigan 
asosan ko‘p qavatli binolar qurilmoqda.
Qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli uzoq 
istiqbolga mo‘ljallangan ishlar olib borilmoqda. Buning uchun Respublika Prizidenti 
I. Karimovning 2009-yil 27-yanvardagi qaroriga asosan “Qishloq qurilish loyiha 
MCHJ” tashkil etildi. Bu tashkilot mintaqalarning iqlimi, demografik holatni, hamda 
urf-odat va milliy qadriyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob 
beradigan 2,3,4,5 xonali uylarning namunaviy loyihalarini tayyorladilar. qurilayotgan 
uylarni mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlash uchun keng imkoniyatlar 
yaratildi. Natijada joylarda pishiq g‘isht, tomni yopish, devorbop materiallar ishlab 
chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Keyingi yillarda “zamonaviy qurilish 
materiallari, konstruksiyalar, yog‘och pol, deraza panjaralari tom yopish va boshqa 
materiallar ishlab chiqaradigan 60 dan ziyod korxona tashkil qilindi. 
Qurilayotgan uy-joylarni moliyalashtirish maqsadida Respublika Prezidentining 
2009-yil 30-martdagi qaroriga binoan “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik 
tijorat banki tashkil etildi.
Ushbu bank va boshqa banklar aholiga uzoq muddatli kam foizli imtiyozli kreditlar 
bermoqda. Hududlarda maxsus uy-joy quruvchi pudratchi tashkilotlar ko‘paydi. 
Natijada 2009-2012-yillarda namunaviy loyiha asosida mamlakatimizning 159 ta 
qishloq tumanda 650 ta yangi qishloq uy joy massivi barpo etildi, umumiy maydoni 
3.2 million kvadrat metr bo‘lgan 23.6 mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurildi. 
2012 yilda 82 mingdan ko`proq kvartiralar qurilgan bo`lsa, 2016 yilda 93 ming 
kvartiralar qurildi. Uy-joy qurilish yilda-yilga jadal sur’atlar bilan ko`paymoqda. 
Ularning 99%dan ko`prog`i nodavlat sektorlarga to`g`ri keladi. 
Qurilishga investitsiyalar Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Jahon 
banki kabi xalqaro moliya institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida kommunal xo‘jaligida amalga oshirilgan 
xususiylashtirish natijasida ko‘pgina oila o‘zlari yashayotgan davlat tasarrufidagi 
uylarni shaxsiy mulk qilib olishgan edi. Shunday qilib, aholining uy-joy bilan 
ta’minlanish darajasi 1990 yilda har bir kishiga 12,1 kvadrat metrni tashkil etgan 
bo‘lsa, 2016 yilda bu raqam 15,2 kvadrat metrga yetdi yoki 1,26 barobar oshdi. 
Mamlakatimizdagi oilalarning 77,4 foizi alohida uy va kattejlarda istiqomat qilmoqda. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling