Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
15.3-jadval
O‘zbekiston Respublikasida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol qilinishi (aholi jon boshiga, kilogramm hisobida) Ko‘rsatkichlar Yillar 2011 yilda 1991 yilga 1990 2000 2010 2016 212 nisbatan foizda Non va non mahsulotlari 170 167 160 167 98,2 Go‘sht va go‘sht mahsulotlari 31 34 38 44,5 143,5 Sut mahsulotlari 183 162 239 279,6 152,8 Tuxum (dona) 97 47 138 214 220,6 Sabzavot va poliz ekinlari 107 128 238 277,2 259,0 Kartoshka 29 36 45 56,4 194,5 O‘simlik yog‘i va boshqa moylar 12 12 13 24 200,0 Shakar 12 16 17 18 150,0 Meva, jumladan, uzum 23 42 83 85 369,5 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, aholining jon boshiga o‘rtacha iste’molida go‘sht va go‘sht mahsulotlari 2016 yilda 44,5 kg bo‘lib , 1990 yilgi 31 kilogramdan 43 % ko‘pdir. Xuddi shunday ushbu yillarda aholi jon boshiga sut mahsulotlari iste’moli bo‘yicha 152,8 %ga tuxum – 220,6 %ga sabzavot va poliz ekinlari mahsulotlari – 259,0 %ga mevalar iste’moli esa – 369,5 %ga ko‘paygan. Shu bilan bir vaqtda non va non mahsulotlari iste’moli 1990 yilgi 170 kg dan, 201 yilga kelib 167 kg gacha kamayib, fiziologik me’yorga yaqinlashib bormoqda. Aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining ko‘payishida qishloq xo‘jaligining rivojlanishining muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor berilib fermerlik faoliyatini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imtiyozlar berildi. Fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari 50 yil muddatga ijaraga berildi. Ular yangi texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish va lizing yo‘lga qo‘yildi. G‘alla maydonlari kengaytirildi. Yerlarning melirativ holatini yaxshilash ularning unumdorligini oshirish bo‘yicha budjetdan mablag‘lar ajratildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning yangi tezpishar, hosildor navlari yaratildi. Natijada qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirish ko‘paydi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling