Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Hisobot davr haqiqiy miqdori


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

Hisobot davr haqiqiy miqdori 
Dnm = ---------------------------------------------- 
O‘tgan davr hiqiqiy miqdori 
Dinamika nisbiy miqdorda miqdorlarning taqqoslama bo‘lishiga katta ahamiyat 
berish kerak. Agarda ushbu taqqoslanuvchi davrda taqqoslanuvchi miqdorlarni 
hisoblash uslubida, xududlarda, miqdorlarning tarkibida yoki boshqa jihatlarida 
o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, ularni taqqoslama miqdorga keltirish yoki ushbu 
o‘zgarishlarni hisobga olish lozim. Shahar aholisining tabiiy ko‘payishini, uning 
xududiy o‘zgarishini e’tiborga olmasdan hisoblab bo‘lmaydi. 
Dinamika nisbiy miqdorlar bazisli yoki zanjirsimon bo‘lishi mumkin. Bazisli 
dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkichning joriy davrdagi miqdorini o‘tgan davr 
miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi. Umuman dinamika nisbiy miqdorlar foizlarda , 
koeffitsiyentlarda (martalarda) ifodalanishi mumkin. 
Misol: Korxona ushbu yilda 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan. O‘tgan yil 
esa korxona 11000 tonna mahsulot ishlab chiqargan edi.
Dinamika nisbiy miqdor koeffitsiyentda aniqlanganda = 12000 : 11000 = 1,09 
Dinamika nisbiy miqdor foizlarda aniqlanganda= 
12000∗100
11000
= 109,1% 
Agarda xodisa va jaryonlarni bir necha davrga taqqoslamoqchi bo‘lsak, bazisli 
dinamika nisbiy miqdorda bazisli davr doimiy bo‘lib qoladi, qolgan davrlar miqdorlari 


50 
unga nisbatan hisoblanadi. 
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdorda har bir davr miqdor ko‘rsatkichi undan 
oldingi davr miqdor ko‘rsatkichi nisbati bilan topiladi. 
Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkich miqdorlarining o‘rganilayotgan 
davr mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdor ko‘rsatkich miqdorlarining o‘tgan yilgi 
miqdorga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Tarkibiy nisbiy miqdorlar statistik to‘plamni tashkil etuvchi ayrim guruh 
miqdorlar umumiy to‘plamning qanchasini tashkil etishini bildiradi. Tarkibiy nisbiy 
miqdorlar (Tnm) to‘plamning ayrim guruh miqdorlarini shu to‘plamning umumiy 
yig‘indisiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling