Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Uy xo‘jaliklarining oxirgi iste’moli uchun xarajatlari qaysi xarajatlarni o‘z
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Narx statistikasining asosiy vazifalari
8. Uy xo‘jaliklarining oxirgi iste’moli uchun xarajatlari qaysi xarajatlarni o‘z
ichiga oladi: A. Iste’mol tovarlari, iste’mol xizmatlari, sotib olish uy xo‘jaliklarining o‘z xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarining natural shaklda va pul shaklidagi iste’mol va o‘z uyida yashash xarajatlarini ; B. Iste’mol tovarlarini sotib olish xarajatlarini; C. Iste’mol tovarlari, iste’mol xizmatlari, sotib olish o‘z uyida yashash xarajatlarini ; D. Barcha javoblar to‘g‘ri; 9. Ixtiyordagi daromad –bu: A. Shaxsiy daromaddan individual soliqlar va soliqlar to‘lovlarining ayirmasi. B. Sof ichki mahsuloti; C. Ish haqqi+ehson+renta+ kapitaldan foiz asosidagi daromad; D. Barcha javoblar to‘g‘ri; 10. Narx statistikasining asosiy vazifalari: A. Barcha javoblar to‘g‘ri. B. Davlat narx siyosati orqali o‘zining iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi C. Narx talab va taklifni muvozanatda saqlaydi D. Narx tovar aylanish tezligi, pul muomalasi va davlat budjetiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi 147 XI bob. AHOLI STATISTIKASI Reja: 11.1. Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash. 11.2. Aholi tarkibi statistikasi 11.3. Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi 11.1. Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash Jamiyat – mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’mol qiluvchilar ya’ni aholi soni va tarkibiga bog‘liq. O‘zbekiston aholisi yildan – yilga yuqori sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Aholi soni va tarkibini o‘rganishning asosiy usuli ro‘yxatga olishdir. Aholini ro‘yxatga olish ularni bir vaqtda yoppasiga (to‘liq) kuzatish usuli bo‘lib, natijada aholining soni, ularning jinsi, yoshi, millati, ma’lumoti va boshqa xususiyatlari bo‘yicha tarkibini aniqlashga imkoniyat yaratadi. Aholini ruyxatdan o‘tkazish – ularning har birini hisobga olish bo‘lib, juda katta kuch va mablag‘, hamda tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham aholini ro‘yxatga olish ma’lum muddatlarda, ko‘pincha hukumat qarorlariga asosan o‘tkaziladi. Sobiq SSSR paytida aholi ro‘yxati bir necha bor o‘tkazilgan. Aholi ro‘yxati keyingi yillarda 1970 yil 15 yanvar, 1979 yillarda bo‘lib o‘tgan, O‘zbekistonda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish 1989 yil bo‘lgan edi. 2011-yil aprel oyida aholi soni tanlab kuzatish yo’li bilan aniqlandi. Respublika aholisi yildan – yilga yuqori sur’atlar bilan ko‘paymoqda. 2000-yilda Respublikamiz aholisi 24487.7 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017-yilga kelib 32120,5 ming kishini tashkil etgan. O‘zbekiston aholisining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishiga to‘g‘ilishning yuqoriligi, o‘limning kamayganligi, nikohning ko‘pligi, oilaning mustahkamligi kabi omillar ta’sir qiladi. Aholining sonini hisoblashda va ro‘yxatga olish jarayonida doimiy va mavjud aholi, vaqtincha yo‘qlar va vaqtincha yashovchilar sonini hisobga olish zarur. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling