Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

11.1-jadval 
O‘zbekiston Respublikasida nikoh va ajralishlar soni 
Yillar 
Nikohlar 
soni, ming 
Ajralishlar 
Soni, ming 
1000 kishi hisobiga 
Nikohlar 
Ajralishlar 
1980 
173,6 
22,5 
10,8 
1,4 
1990 
217,3 
29,9 
10,6 
1,5 
2000 
172,9 
22,6 
7,1 
0,8 
2005 
183,3 
16,4 
7,0 
0,6 
2010 
285,4 
19,0 
10,1 
0,7 
2015 
287,6 
29,6 
8,3 
0,9 
2016 
275,0 
29,3 
7,8 
0,9 
 
O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat bo‘lib, hozirgi paytda 130 tadan ko‘proq 
millat va elatlarga mansub aholi yashaydi. 1989 yil aholi ro‘yxatiga ko‘ra o‘zbeklar 
Respublika aholisining 74 % ni tashkil etadi. Ulardan keyingi o‘rinlarda ruslar, tojiklar, 
qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar turadi. Tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar 
O‘zbekistonda qadimdan yashab kelayotgan tub joy aholi hisoblanadi. Ruslar, 
nemislar, tatarlar, mesxeti turklar va boshqa shu kabi millat vakillari O‘zbekistonga 
turli vaqtlarda, asosan ikkinchi jahon urushi natijasida majburiy tarzda keltirilgandir. 
Shuning uchun ham bu millat vakillarining ayrimlari keyingi yillarda o‘z vatanlariga 
qaytib ko‘chib ketmoqdalar. Lekin, mustaqil O‘zbekistonda Konstitutsiyamizning 18 


151 
– moddasiga yozilganidek, fuqoralar jinsi, irqi, millatidan qat’iy nazar bir xil huquq va 
erkinliklarga egadir, qonun oldida tengdir. 
Hozirgi paytda tumanlarda ham na’munaviy loyixalar asosida barcha 
qulayliklarga ega uylar qurilmoqda statistitik ma’lumotlarga qaraganda aholining 51% 
shaxarlarda 49% esa qishloq joylarda yashaydi
Aholining madaniy – ma’rifiy darajasini mavjud teatrlar, kutubxonalar va 
ulardagi kitoblar soni chop qilinayotgan kitob va davriy nashriyotlar soni, oliy va o‘rta 
maxsus ma’lumotlilar soni, fan doktorlari va nomzodlari soni va shu kabi 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin. 
O‘zbekistonda hozirgi paytda 66 tadan ziyod oliy o‘quv yurtlari, 1500 tadan 
ko’proq o‘rta maxsus ta’lim muosasalari fa’oliyat yuritmoqda. Respublika oliy majlisi 
IX sessiyasida qabul qilingan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish 
uchun joylarda kasb hunar kollejlari va akademik – litseylar ochilmoqda. Mamlakatda 
majburiy umumiy o‘rta maxsus ma’lumot olish qonun bilan belgilangan. Har 1000 
ming kishi hisobiga 143 ta oliy va to‘liqsiz oliy, 200 ta o‘rta maxsus ma’lumotga ega 
bo‘lgan kishilar to‘g‘ri keladi. 
O’zbekiston aholisi viloyatlar yaniy xududlar bo’yicha notekis joylashgan 2016-
yil ma’lumotlariga ko’ra Samarqand viloyatida- 3584,0 ming kishi, Farg’ona 
viloyatida – 3505,3 ming kishi, Andijon viloyatida- 2910,5 ming kishi, Qashqadaryo 
viloyatida – 3025,6 ming kishi yashamoqda. Aholisi eng zich joylashgan xududlar : 
Andijon va Farg’ona viloyatlarida 1km
2
– 400-500 kishi, Navoyi viloyatida esa 1km
2
ga 
9-10 kishi to’g’ri keladi.

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling