Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.6. O‘rtacha miqdorlarning boshqa turlari. Moda va mediana
Do‘konlar
Mahsulotlar narxi,so‘m Sotilgan mahsulotlar qiymati, ming so‘m. № 1. 200 5000,0 № 2. 180 7200,0 Ikkala do‘kon bo‘yicha mahsulotlarning o‘rtacha narxini hisoblash talab etiladi. Σ M 5000,0+7200,0 12200,0 𝑋 ̅ tort garm = ---------- = ------------------------- = ------------ =187,5 s M 5000,0 7200,0 6500,0 Σ -------- ----------- + ----------- X 200 180 Mahsulotlar o‘rtacha narxi 187 so‘mni tashkil qilar ekan. Agarda biz oddiy arifmetik o‘rtacha formulasidan foydalanib, o‘rtacha narxni topganimizda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lar edik. 5.6. O‘rtacha miqdorlarning boshqa turlari. Moda va mediana Ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarning mohiyatini ularning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish uchun turli ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Xodisalarning bir necha yillik dinamik o‘zgarishini taxlil qilganda ularning o‘rtacha o‘sish yoki pasayish koeffitsiyentlarini hisoblash lozim. Bunday hollarda o‘rtacha geometrik usuldan foydalaniladi. O‘rtacha geometrik ham oddiy va tortqichli bo‘lishi mumkin. Ular quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi. ; ... . . . 1 2 1 n n i n n Xi П X X X геом од Х Belgilarning o‘zgaruvchanlik o‘rganilganda o‘rtacha kvadrat miqdorlar hisoblanadi. Ular ham oddiy va tortqichli bo‘ladi. Oddiy o‘rtacha kvadrat, х ̅oddiy kvadrat n X n X X X n 2 2 2 2 2 1 ... Tortqichli o‘rtacha kvadrat formulalari bilan topiladi. 62 f f X f f f X f X f X X n n ТК 2 2 1 2 2 2 2 1 2 1 ... ... Yuqoridagiga qarab chiqilgan o‘rtachalardan tashqari iqtisodiy amaliyotlarda tarkibiy o‘rtachalar ham qo‘llanishi mumkin. Tarkibiy o‘rtachalarga moda va medianani kiritadilar. Lekin moda va mediana o‘rtacha miqdorlardan farq qiladi. O‘rtacha miqdorlar to‘plamning umumiy yo‘nalishini (o‘rtachasini) aniqlasa ham, alohida belgilarning xususiyatlarini niqoblaydi. Shuning uchun ham o‘rtacha hisoblangan miqdorlar abstrakt miqdorlardir. Statistikada moda deb - to‘plamda eng ko‘p uchraydigan belgiga, variatsion qatordagi belgining eng katta soniga aytiladi. Moda to‘plamda eng ko‘p uchraydigan belgi, variatsion qatorda esa eng katta sonli variantdir. Bu demak variatsion qatorda eng katta salmoqga ega. Moda uzlikli (diskret) va uzliksiz qatorlar uchun aniqlanishi mumkin. Diskret qatorlarda modani hisoblab o‘tirishga hojat yo‘q. Chunki bunday qatorlardagi eng ko‘p sonli belgi moda hisoblanadi. Misol: Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling