Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019
Xodimlar soni
Ish haqi ming so‘m 1 310,0 3 312,0 5 314,0 2 315,0 1 316,0 Bu qatordagi miqdorlardan ko‘rinib turibdiki, 314,0 ming so‘m mehnat haqi oladigan xodimlar eng ko‘p takrorlanayapti, boshqacha aytganda eng katta son 5 dir. Demak korxonada oyiga 314,0 ming so‘m mehnat haqi olib ishlaydigan xodimlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Oraliq qatorlarda modani hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: ) ) ( 3 2 1 2 1 2 0 f f f f f f d х М о Bu yerda M 0 = moda; X0 = moda oralig‘ining boshlang‘ich chegarasi; d = moda oraliq miqdori; f 1 = moda oralig‘ining quyi chegarasi vazni; f 2 = modani o‘z ichiga olgan oraliqning vazni; f 3 = Moda oralig‘ining yuqori chegarasining vazni. Misol, to‘qish korxonasida 100 ta to‘quvchi bir kunlik to‘qigan gazmollari miqdori (metr) bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar asosida modani aniqlang. Bu yerda eng katta son 36. Unga tegishli oraliq miqdori 48-52 m. O‘rtacha moda shu oraliqda joylashgan. 63 Bir kunlik mahsuloti, metr To‘quvchilar soni. 40-44 gacha 12 44-48 gacha 28 48-52 gacha 36 52-56 gacha 16 56-60 gacha 8 Jami: 100 m М о 14 . 49 28 8 4 48 ) 16 36 ( ) 28 36 ( 28 36 4 48 Mediana deb to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi belgi, ya’ni eng o‘rtasida joylashgan miqdor tushuniladi. Agar qator zanjirlangan (ko‘payib yoki kamayib borish bo‘yicha tekis) bo‘lsa, unda mediana qatorning o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Misol. 5 kishini yoshi bo‘yicha quyidagicha yozamiz. 28,29,30,31,32 yoshlar. Bu ma’lumotlardan medianani topish juda ason - u - 30 yoshga tengdir. Toq sonli qatorlarda mediananing o‘rnini topish uchun qatorlar soniga bir sonini qo‘shib, natijani teng 2-ga bo‘lish lozim. Oraliq qatorlarda medianani hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. m m å f S f d õ Ì 1 0 2 Bu yerda: Me – mediana; X 0 – mediana oralig‘ining quyi chegarasi; d - mediana oralig‘i; Σf - variantlar soni yig‘indisi; Sm- 1 - mediana oralig‘i oldingi qatorlar vazinlar yig’ndi; fm – mediana qatori vazni Taqsimot qatorlari teng bo‘lganda moda, mediana ya’ni o‘rtacha miqdor bir-biriga teng miqdorlarni, bir xil miqdorni beradi. Moda va Mediana to‘plam tarkibi to‘g‘risida tasavvur berganligi uchun, ko‘pincha ularni tarkibiy o‘rtacha miqdorlar deb ham yuritiladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling