Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
10.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida nikoh va ajralishlar soni Yillar Nikohlar soni, ming Ajralishlar Soni, ming 1000 kishi hisobiga Nikohlar Ajralishlar 1980 173,6 22,5 10,8 1,4 1990 217,3 29,9 10,6 1,5 2000 172,9 22,6 7,1 0,8 2005 183,3 16,4 7,0 0,6 2010 285,4 19,0 10,1 0,7 2015 287,6 29,6 8,3 0,9 2016 275,0 29,3 7,8 0,9 2017 306, 2 32,0 9,5 0,99 2018 311,4 32,3 9,5 0,98 2019 311,0 31,4 9,3 0,94 2020 296,8 28,2 8,7 0,83 2021 305,2 39,3 8,8 1,13 O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat bo‘lib, hozirgi paytda 130 tadan ko‘proq millat va elatlarga mansub aholi yashaydi. 1989 yil aholi ro‘yxatiga ko‘ra o‘zbeklar Respublika aholisining 74 % ni tashkil etadi. Ulardan keyingi o‘rinlarda ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar turadi. Tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar O‘zbekistonda qadimdan yashab kelayotgan tub joy aholi hisoblanadi. Ruslar, nemislar, tatarlar, mesxeti turklar va boshqa shu kabi millat vakillari O‘zbekistonga turli vaqtlarda, asosan ikkinchi jahon urushi natijasida majburiy tarzda keltirilgandir. Shuning uchun ham bu millat vakillarining ayrimlari keyingi yillarda o‘z vatanlariga qaytib ko‘chib ketmoqdalar. Lekin, mustaqil O‘zbekistonda Konstitutsiyamizning 18 – moddasiga yozilganidek, fuqoralar jinsi, irqi, millatidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egadir, qonun oldida tengdir. Hozirgi paytda tumanlarda ham na’munaviy loyihalar asosida barcha qulayliklarga ega uylar qurilmoqda statistitik ma’lumotlarga qaraganda aholining 51% shaharlarda 49% esa qishloq joylarda yashaydi 171 Aholining madaniy – ma’rifiy darajasini mavjud teatrlar, kutubxonalar va ulardagi kitoblar soni chop qilinayotgan kitob va davriy nashriyotlar soni, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni, fan doktorlari va nomzodlari soni va shu kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin. O’zbekiston aholisi viloyatlar ya’ni hududlar bo’yicha notekis joylashgan 2021 yil 1 yanvar holatiga ko’ra Samarqand viloyatida- 3947,7 ming kishi, Farg’ona viloyatida – 3820,0 ming kishi, Andijon viloyatida- 3188,1 ming kishi, Qashqadaryo viloyatida – 3339,4 ming kishi yashamoqda. Aholisi eng zich joylashgan hududlar: Andijon viloyatida 760,1 kishi, Farg’ona viloyatida 1km 2 – 578,9 kishi, Navoyi viloyatida esa 1km 2 ga 9,3 kishi to’g’ri keladi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling