Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206
Bog'liq
sss111

samarali 
foydalanish 
ko‘rsatkichlari: 
A. 
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi, daromadliligi va 
rentabelligi; 
B. 
Aylanma mablag‘lardan olingan foyda; 
C. 
Aylanma mablag‘larning ishlatilishi; 
D. 
Aylanma mablag‘larning daromadliligi. 
 
10. 
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag‘lar turlari: 
A. 
Xom ashyo, tayyor mahsulot, tovarlar va kassadagi pul 
mablag‘lari; 
B. 
Korxonalardagi xom ashyo, materiallar qoldig‘i; 
C. 
Korxonalardagi tayyor mahsulotlar qoldig‘i; 
D. 
Korxonalardagi debitor qarzlari miqdori. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


248 
XIII BOB. MOLIYA VA DAVLAT BUDJETI STATISTIKASI 
 
13.1. Davlat budjeti mohiyati va statistikaning vazifalari 
Davlat 
budjeti 
– mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda
xukumatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda muhim vosita 
hisoblanadi. Davlat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (korxona, tashkilot, 
firmalar), hamda jismoniy shaxs daromadlarining bir qismini soliqlar 
tarzida olib, markazlashgan moliyaviy resurslar tashkil etadi va uni 
aholining turli sabablar bilan (nogironlik, ko‘p bolalik, ishsizlik va shu 
kabi sabablar) kam ta’minlangan qatlamini himoya qilish, ijtimoiy 
sohani hamda davlatni boshqarish uchun xarajat qiladi. Budjet so‘zining 
ma’nosi – chemodan, pul to‘ldirilgan xaltani bildiradi. Demak, budjet 
davlatning bir tomonidan daromadlar, ikkinchi tomondan ularni 
nimalarga sarflanishini bildiradigan moliyaviy rejadir. O‘zbekiston 
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi (2000 yil 14 dekabrda 
tasdiqlangan) qonunida «Davlat budjeti-davlat pul mablag‘larini (shu 
jumladan 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armali 
mablag‘larining) 
markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromad manbalari va 
ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq 
maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori 
nazarda tutiladi», deyilgan. 
Davlat budjeti statistikasining asosiy vazifasi hukumatning fiskal 
siyosatining 
mazmuni 
va 
yo‘nalishini 
belgilovchi 
budjet 
ko‘rsatkichlarini o‘rganish va tavsif berishdir. Buning uchun davlat 
budjetida quyidagilarni aniqlash va o‘rganish lozim: 
• davlat budjeti daromadlarining hajmi va uning davr mobaynida 
o‘zgarishini; 
• davlat budjeti xarajatlarining umumiy hajmi va uning davr 
mobaynida o‘zgarishini; 
• budjet daromadlari tarkibi va uning o‘zgarishini; 
• budjet xarajatlari tarkibi va uning o‘zgarishini; 
• davlat budjeti daromadlarining xarajatlaridan ko‘pligini (BD >BX 
profitsit) yoki xarajatlarning daromadlardan (BD) ko‘pligini (BD < BX 
= defitsit) o‘rganish; 
• budjet defitsitini moliyalash (qoplash) manbalarini; 
• xukumat fiskal siyosatining samaradorligini hamda fiskal 
siyosatning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sirini o‘rganish. 


249 
Xalqaro valyuta fondi tavsiyasi bo‘yicha davlat budjeti 
ko‘rsatkichlar tizimi quyidagicha guruhlanadi: 
A) Daromadlar va rasmiy olingan transportlar tasnifi
B) xarajatlar va sof kreditlari (qaytarilganidan tashqari) tasnifi; 
V) Budjet defitsitini moliyalashga doir operatsiyalar tasnifi; 
G) Davlat qarzining tasnifi.

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling