Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
13.4. Davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari Davlat budjeti defitsiti (taqchilligi) deganda budjet daromadlaridan xarajatlarning ko‘p bo‘lganligi tushuniladi. Ko‘pgina davlatlarda, hatto iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida ham budjet defitsiti kuzatiladi. XVF ning ma’lumotiga ko‘ra 2000 yilda 126 davlatdan 98 tasi budjeti defitsit bo‘lgan. 2020 yilda davlat byudjetining daromadlari 94 452,9 mlrd. soʼmni, xarajatlari esa 102 164,8 mlrd. soʼmni tashkil etdi yoki davlat byudjeti 7 711,9 mlrd soʼm yoki davlat byudjeti defitsiti YaIMga nisbatan 1,9 % miqdorida taqchillik bilan ijro etildi. 2020 yilning oktyabr oyining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, davlat byudjeti (davlat byudjeti daromadi – 11920,2 mlrd. soʼm, xarajati – 11178,1mlrd. soʼm) profitsit bilan bajarilib, davlat byudjeti ijobiy saldosi 742,1 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Umuman olganda, 2020 yil yanvar-oktyabr oylarida davlat byudjetida (davlat byudjeti daromadi – 106373,1 mlrd. soʼm, xarajati – 113342,9 mlrd. soʼm) defitsit holati kuzatilib, uning umumiy manfiy 255 saldosi 6969,8 mlrd. soʼmni yoki davlat byudjeti daromadlariga 7,4 %ni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining defitsit bo‘lishiga bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholining kuchli ijtimoiy himoya qilinishi natijasida ijtimoiy sohaga yildan-yilga ko‘proq mablag‘ ajratilishi hamda xodimlarning minimal ish haqqining miqdorini har yili oshirib kelinishi asosiy sabablardan biridir. Davlat budjeti defitsiti ichki va tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mumkin. Budjet defitsitini qoplovchi ichki manbalarga davlat boshqaruviga qarashli va iqtisodiyotning boshqa sektorlariga qarashli mablag‘larning jalb qilinishi: Respublika Markaziy bankidan olinadigan qarzlar, davlatning qisqa va uzoq muddatli obligatsiyalarini chiqarish va sotish, yangidan pul chop qilib, muomalaga chiqarish (pul emissiyasi) va boshqa yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Tashqi manbalar ham mamlakat budjet defitsitini qoplash uchun xorijiy davlatlardan, xalqaro tashkilotlar, banklardan olinadigan qarzlar yoki ularning mablag‘larini iqtisodiyotga jalb qilishdir. Demak davlat budjetining deifitsitini qoplash davlatning ichki va tashqi qarz majburiyatlarini ko‘paytiradi. Lekin yuqoridagi davlat budjeti defitsitini qoplash manbalari iqtisodiyotni rivojlantirishga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, yangi pul massasini muomalaga (pul emissiyasi) chiqarish, tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanmagan muomaladagi pulning ko‘payishiga olib keladi, natijada narxlar oshib, inflyatsiya darajasi ko‘tariladi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling