Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Davlat budjeti daromadlari statistikasi


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206
Bog'liq
sss111

13.2. Davlat budjeti daromadlari statistikasi 
Davlat budjetiga asosan soliqlar kelib tushadi va ular budjet 
daromadining 80 % ko‘prog‘ini takshil etadi. Budjetga to‘lanadigan 
soliq turlari ko‘p bo‘lib, ularning asosiylari aksiz, qo‘shilgan qiymat 
solig‘i daromad (foyda) solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan 
foylanganlik uchun soliq va shu kabilar. 
Aksiz solig‘i aholi uchun juda zururiy ehtiyoj bo‘lmagan ayrim 
(spirtli ichimliklar: vino, aroq, konyak; tamaki mahsulotlari, benzin, 
mashinada to‘qilgan gilam kabi) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga 
belgilangan. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar aksiz solig‘i 
to‘lovchilar bo‘lib, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlar qiymatiga 
(tannarxiga) belgilangan stavkada aksiz solig‘i qo‘shib, xaridorlarga 
sotadilar. Korxonalar bu soliq summasini belgilangan muddatlarda 
davlat budjeti o‘tkazadilar. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i – korxonalar ishlab chiqargan va 
sotilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulotlar qiymatiga belgilangan 
stavkada (keyingi yillarda 20%) qo‘yiladi. Xaridorlar bu summani 
to‘lagandan keyin, ishlab chiqarish korxonasi (tayyor mahsulotni sotgan 
korxona) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini budjetga o‘tkazadi. 
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyat daromadlaridan 
(foydalaridan) belgilangan stavkalarda budjetga daromad (foyda) solig‘i 
to‘laydilar. Daromad solig‘i bo‘yicha turli imtiyozlar bor, ularni bu 
yerda batafsil tushuntirib o‘tmoqchi emasmiz. Chunki talabalar «Soliq 
va soliqqa tortish» deb nomlangan maxsus fan o‘tadilar. Faqat, shuni 
tushunish lozimki, bu soliq to‘lovlarining daromadidan (foydasidan) 
to‘lanadi. 
Demak, mohiyati bo‘yicha soliq solish ob’ektiga asosan to‘g‘ri 
(bevosita) soliq turiga kiradi. Daromad (foyda) solig‘i deyilishiga sabab, 
ishlab chiqarish korxonalari faoliyatlaridan olgan sof tushumlaridan 
barcha xarajatlarini chegirib (chiqarib) tashlangan summadan, ya’ni 
foydadan soliq to‘laydilar. Tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari
auksion, kozino, videosalon va shu kabilar daromad solig‘i to‘laydilar. 


250 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yer osti va yer usti 
suvlaridan foylanuvchilar (yuridik shaxslar) belgilangan stavka bo‘yicha 
budjetga soliq to‘laydilar. 
Soliqlardan tashqari davlat budjetiga soliqsiz to‘lovlar ham kelib 
tushadi. Soliqsiz to‘lovlarga qonun hujjatlariga muvofiq hadya etish, 
meros olish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan mablag‘lar; davlat 
mulkini xususiylashtirish (sotish) natijasida olingan mablag‘lar; yuridik 
shaxslarga va chet davlatlarga berilgan budjet ssudalarini qaytarish 
hisobiga berilgan to‘lovlar, hamda chet el mamlakatlari, yuridik va 
jismoniy shaxslaridan beg‘araz yordam sifatida qaytarilmaydigan 
olingan mablag‘lar kiradi.Davlat budjeti daromadlariga maxsus maqsad 
uchun tashkil etilgan pensiya fondiga, aholining ish bilan bandlik 
fondiga, yo‘l fondiga kelib to‘shadigan mablag‘lar ham tenglashtiriladi. 
Chet davlatlardan, chet el yuridik va jismoniy shaxslaridan olingan 
beg‘araz yordamlar transfertlar deb ataladi. 
Shunday qilib, davlat budjeti daromadlarini sxemada ifodalasak. 
Davlat budjeti daromadlari 
Soliq tushumlari 
Soliqsiz tushumlar 
Soliq tushumlarining o‘zi yuqorida ko‘rganimizdek iqtisodiy 
mohiyati bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi. Bular bevosita (to‘g‘ri) 
soliqlar, bilvosita (egri) soliqlar va resurslardan foydalanganlik uchun 
soliqlar. 


251 
Demak Davlat budjetida soliqlarning hissasi kamayib mutloq 
summasi ko‘paymoqda) bormoqda. Bu davlatimizning iqtisodiyotni 
rivojlantirish bilan bog‘liq siyosatining amaldagi ifodasidir. Chunki 
korxonalarning rivojlanishini ta’minlash maqsadida yuridik shaxslar 
daromadlariga solinadigan soliq stavkalari har yili kamaytirilmoqda. 
Shuningdek 
aholi 
daromadlaridan 
olinadigan 
soliq 
ham 
kamaytirilmoqda. 
Davlat budjeti daromadida bilvosita (egri) soliqlarning hissasi ortib 
bormoqda. Davlat budjeti daromadida egri soliqlar katta hissani tashkil 
etadi. 
Resurs to‘lovlari davlat budjeti daromadining 10-13 % ini tashkil 
etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki davlat budjeti daromadida soliqlar 
muhim ahamiyatga ega ekan. 
Davlat budjeti daromadlari tarkibidan eng katta xisani bilvosita 
soliqlar tashkil etadi. Soliq yukini kamaytirish bo’yicha Hukumat 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling