Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1-jadval O‘zbekiston davlat budjeti daromadlar tarkibi dinamikasi (mlrd. so‘m) Ko‘rsatkichlar 2000 2016
- 13.3. Davlat budjeti xarajatlari statistikasi
Davlat byudjeti
daromadi soliq tushumlari Bevosita soliqlar yuridik shaxslardan olinadigan solig' jismoniy shaxslar daromadiga soliqlar yagona soliq to'lovi Bilvosita soliqlar qo‘shilgan qiymat solig‘i aksis solig‘i Bojxona boji va shu kabilar Resurs to'lovlari va mulk solig'i mulk solig'i suv resurslaridan foydalanganligi uchun soliq yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq 252 ko’rayotgan chora tadbirlar natijasida bevosita soliqlar summasi ko’paygani bilan, uning jami budjet daromadlaridagi xissasi kamayib bormoqda (13.1-jadval). 13.1-jadval O‘zbekiston davlat budjeti daromadlar tarkibi dinamikasi (mlrd. so‘m) Ko‘rsatkichlar 2000 2016 2020 * I.Daromadlar jami 9.10.8 100% 41043.4 100,0% 94452,9 100,0% a. Bevosita soliqlar 253.3 27.8% 9852.8 24.0% 31385,0 33,2% b. Bilvosita soliqlar 495.1 54.4% 21130.7 51.5% 33113,2 35,1% v. Resurs to‘lovlar va mol-mulk solig‘i 91.1 10.0% 5306.2 12.9% 15272,4 16,2% z.Boshqa daromadlar 71.3 7.8% 4753.7 11.6% 14682,3 15,5% * 2020 yil yanvar-sentyabr oylaridagi davlat budjeti daromadlari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar qo‘llashga alohida e’tibor berilgan. 13.3. Davlat budjeti xarajatlari statistikasi Davlat budjeti xarajatlariga davlatning o‘z funksiyasini bajarish maqsadida mamlakatni boshqarish, mudofaa qilish, xalq xo‘jaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy sohani yanada yaxshilash bo‘yicha davlat budjetidan qilgan sarflari yig‘indisiga aytiladi. Davlat byudjetining 2020 yil yanvarь-sentyabr oylaridagi xarajatlari 102 164,8 mlrd. soʼmni yoki YaIMga nisbatan 25,0 foizni tashkil etdi. Dastlabki maʼumotlarga koʼra, oktyabr oyining oʼzida esa davlat byudjeti xarajatlari 11178,1 mlrd. soʼmni tashkil etib, yil boshidan beri davlat byudjeti xarajatlari 113342,9 mlrd. soʼmni tashkil etgan. Davlat mamlakatni boshqarish uchun xokimiyat apparatini saqlashi, tartibni saqlash va qonunni himoya qilish uchun sud, prokuratura, ichki ishlarni tuzadi, hamda barcha xarajatlarini budjetdan qoplaydi. 253 Davlat mamlakatni himoya qilish (tashqi va ichki qarshi kuchlardan) uchun mudafaa – qurolli kuchlarni tashkil etadi va barcha xarajatlarni budjetdan sarflaydi. Davlat madaniy sohasidagi barcha asosiy xarajatlarini budjetdan moliyalashtiriladi. Davlat budjeti xarajatlarini ikki xil guruhlash mumkin: a) yo‘nalishi ya’ni qaysi funksiyani bajarish uchun sarflangani bo‘yicha; b) sarflarning iqtisodiy mohiyati bo‘yicha. Yuqorida yozilganlardan ma’lumki, davlat budjeti ijtimoiy sohani (sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, fan, madaniyat va shu kabi) hamda mamlakatni boshqarish va mudafaa qilishga sarflanadi. Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: I. Joriy sarflar – davlat budjeti sarflarining katta qismini tashkil etadi. Bu guruhga davlat boshqaruv sektorining barcha joriy xarajatlari kiradi. II. Kapital sarflar – bu tarmoqlarni rivojlantirish uchun asosiy kapital, nommodiy aktivlar, yer moddiy zaxiralar, qimmatbaho buyumlar sotib olish va shu kabi boshqa kapital sarflarni o‘z ichiga oladi. III. Kreditlash minus qarzning qoplanishi – bu guruhga davlatga tegishli muassasalarning boshqalarga bergan ssudalarni yoki aksiyalarni sotib olishga sarflangan (qaytarilgan ssudalar va qaytarib sotilgan aksiyalar qiymati chiqarib tashlanganidan keyin) xarajatlar kiritiladi. Davlat budjetining asosiy parametr ko‘rsatkichlari har yili Respublika Oliy Majlisida ko‘rib chiqiladi. Yil davomida davlat budjeti ijrosini Respublika Moliya vazirligi va uning joylardagi hududiy (viloyat, shahar, tuman) moliya organlari amalga oshiradi. Xo‘jalik yurituvchi boshqa soliq to‘lovchilardan soliqlarning to‘g‘ri hisoblanganligini va o‘z muddatida budjetga o‘tkazilganligini Davlat Soliq Qo‘mitasi va joylardagi uning boshqarmalari nazorat qilib boradi. Davlat budjetiga tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlarda (Respublika budjeti, mahalliy budjetlar) saqlanadi va Moliya vazirligi ko‘rsatmasi bilan sarflanadi. Shuning uchun ham soliq, bojxona organlari, banklar davlat budjetiga tushumlar (daromadlar) hamda budjet mablag‘larini ishlatuvchilar olingan mablag‘larni maqsadli, reja (smeta) asosida foydalanganliklari bo‘yicha hisobot topshiradilar. 254 Umuman davlat budjetini o‘rganishda statistik usullardan keng foydalaniladi. Amaliyotda davlat budjeti daromadlari rejasining bajarilishi (hududlar bo‘yicha, daromad turlari bo‘yicha), daromadlarning bir necha yillarda umumiy hajmining va turlari bo‘yicha o‘zgarishini dinamika qatorlaridan foydalanib aniqlanadi. Daromadlar tushumini tahlil qilganda indeks usulidan foydalanib, soliq solinadigan baza (B), soliq stavkasi (SS) va soliqning yig‘ilish darajasiga (d) deb olinib, ularning o‘zgarishi soliqning umumiy hajmiga ta’sirini (∆st – soliq tushimi hajmining farqi) aniqlash mumkin. O‘tgan davrdagi soliq hajmi: ST 0 =B 0 · SS 0 · d 0 ; Joriy yildagi soliq tushumi: ST 1 = B 1 · SS 1 · d 1 ; Joriy yilda soliq tushumining o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi (farqi) ∆ST = St 1 -ST 0 . Bu farqga yuqoridagi uchta omilning ta’sirini qo‘yidagicha aniqlash mumkin: a) Soliq solish bazasining o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri: ∆STa = (B 1 -B 0 )· SS 0 · d 0 ; b) Soliq stavkasining o‘zgarishining soliq tushumi umumiy hajmiga ta’siri. ∆STb = (SS 1 – SS 0 ) · d 0 B 1 . v) Soliq yig‘ilishi darajasi o‘zgarishining soliq tushumi hajmiga ta’siri ∆STv = B 1 · SS 1 (· d 1 -d 0 ) Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling