Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


 Pul muomalasi ko’rsatkichlari statistikasi


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   206
Bog'liq
sss111

 
13.7. Pul muomalasi ko’rsatkichlari statistikasi 
 
Iqtisodiy nazariya fanida pulning paydo bo‘lish tarixi va uning 
funksiyalari: qiymat o‘lchov, muomala vositasi, to‘lov vositasi, 
jamg‘arma vositasi vazifalari o‘rganilgan. Pul muomalasi statistikasi 
ob’ekti bo‘lib pul muomalasi bilan bog‘liq ko‘plab hodisalarning 
miqdori jihatlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash va ularning 
o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganishdir. 
Ma’lumki, pulning yuqoridagi o‘z vazifalarini bajarishdagi 
to‘xtovsiz harkati pul muomalasini tashkil etadi. Pul muomalasi naqd va 
naqdsiz mablag‘lari harakatida nomoyon bo‘ladi. Demak, tayyor 
mahsulotlar, tovarlar sotish, xizmat ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni 
amalga oshirish jarayonlaridagi pullarning naqd va naqd pulsiz hisoblar 
orqali bo‘ladigan harakatlari pul muomalasini tashkil etadi. 
Statistikada pul massasi, uning darajasi, davr mobaynida dinamik 
o‘zgarish, tarkibi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida pul 
muomalasi o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlarni ifodalovchi miqdorlar 
o‘rganilib, pul muomalasini tavsiflovchi sifat o‘zgarishlarni aniqlaymiz. 
Pul muomalasi bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri 
bo‘lib, uning barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning 
kengayishi aholining bandligini ta’minlovchi, narxning keskin 
tebranishga yo‘l qo‘ymaydigan quroldir. 
Shuning uchun ham pul muomalasi statistikasining asosiy vazifasi 
muomaladagi pul massasining miqdorini va uning o‘zgarishini 
o‘rganishdir. 
Pul muomalasi va kredit statistikasining asosiy vazifalari: 
• pul massasi miqdori va uning tarkibini o‘rganish; 


259 
• pulning aylanishini izohlash va pulning qadrsizlanishga sabab 
bo‘lgan omillarni o‘rganish; 
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi tovarlarni sotish, 
xizmatlar ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida 
naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajaradi. Xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar (bundan keyin korxonalar) faoliyatlarini yuritish uchun 
kerakli mehnat predmetlarini sotib olishi; xodimlarni ishlatib, ularga ish 
haqqi to‘lashlari, budjetga soliqlarni o‘tkazishlari va shu kabi to‘lovlarni 
amalga oshirish lozim. Aholi o‘z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini 
sotib olishi; transport, kommunal xizmatlar uchun (gaz, svet, suv va shu 
kabilar) to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Bu operatsiyalarni amalga 
oshirishlari uchun korxonalarga ham, aholiga ham yetarli miqdorda pul 
mablag‘lari kerak. 
Xalqaro 
valyuta 
fondi 
(XVF) 
tasdiqlangan 
standartlarga 
asoslangan holda umumiy pul miqdori quyidagicha aniqlanadi. 
M
0
– naqd pullar; 
M
1
M
0
+ talab qilib olinguncha depozitdagi pullar: ya’ni 
budjet mablag‘lari, jamoa va boshqa tashkilotlarning hisob-kitob 
schetlaridagi pul mablag‘larining qoldig‘i; 
M

M

+ banklardagi muddatli va jamg‘armali omonatlar 
(depozitlar). 
M
3
M
2
+ chiqarilayotgan sertifikatlar + zayom obligatsiyalari 
+ hazina majburiyatlari. 
O‘zbekisitonda 
ham 
bu 
pul 
massasi 
agregatlaridan 
foydalanilmoqda va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
M
0
– naqd pullar; 
M
1
– M
0
+ hisob varaqlardagi pul qoldig‘i + mahalliy budjet 
mablag‘lari + jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari; 
M
3
– M
2
+ sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + Xazina 
majburiyatlari. 
Ma’lum davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 
quyidagicha aniqlanadi. 
Pm

.
.
Т
А
P
Х
МКТ
КТ
ТХ


+



Bu yerda Pm = muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori; 
ΣTX – sotilish lozim tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi; 
ΣKT – Kreditga sotilgan tovarlar summasi. 
ΣMKTX – to‘lov muddati kelgan, qarzga sotilgan tovarlar va 
xizmatlar. 


260 
P.A.T. – pulning aylanish tezligi. 
Agarda keditga sotiladigan tovarlarning hozirgi paytda yo‘qligini 
yoki (- KT va ΣMKTX) o‘zaro teng bo‘lishini inobatga olsak, asosan
Pm = 
.
.
Т
А
P
ТХ

; Bu yerda PMx P.A.T. = ΣTX yoki Σqp: 
Amerikalik iqtisodchi olim I. Fisher pulning miqdoriy nazariyasini 
quyidagi «almashuv tengligi» bilan ifodalagan: 
MU = QP 
Bu yerda: M – muomaladagi pullar miqdori; 
U – pulning aylanish tezligi; 
Q - tovarlar fizik hajmi
P – narxlarning o‘rtacha darajasi. 
Demak yuqoridagi formulalardan ko‘rinib turibdiki, baho (narx) 
darajasi pul massasi va uning aylanish tezligiga to‘g‘ri, tovar hajmi bilan 
esa teskari bog‘lanishda. 
P = 
ТХ
PММхPА
yoki
Q
U
М .

Shuning uchun ham narxning (bahoning) ko‘paytirilib ketmasligi 
ishlab chiqarilayotgan tovar-mahsulot hajmiga bog‘liq ekan. 
O‘zbekistonda 1995 yilda nominal pul massasi M
2
bo‘yicha pul 
massasining 1994 yildagi o‘sish darajasidan 1,5 baravar (marta) kam 
bo‘lgan. Respublika Markaziy banki tomonidan inflyatsiyaga qarshi olib 
borilayotgan chora-tadbirlar natijasida muomaladagi pul massasining 
o‘sish sur’atlari qisqarib bormoqda. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling