Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Miqdorlar mohiyatiga ko‘ra mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlarga


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   206
Bog'liq
sss111

Miqdorlar mohiyatiga ko‘ra mutloq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlarga 
bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati keyingi savol va mavzularda 
yoritiladi. Statistik ko‘rsatkichlar olish usuliga qarab birlamchi va 
ikkilamchi (hosilaviy) ko‘rsatkichlarga guruhlanadi. Birlamchi 
ko‘rsatkichlar hodisa va jarayonlarni kuzatishdan olingan, hamda ular 
asosida jamg‘arilgan ko‘rsatkichlardir. Ikkilamchi (hosilaviy) 
ko‘rsatkichlar birlamchi ko‘rsatkichlar asosida matematik amallarni 
qo‘llab topilgan, hosil bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Mehnat unumdorligi, 
hosildorlik, korxona (firma) rentabelligi kabi ko‘rsatkichlar ikkilamchi 
(hosilaviy) ko‘rsatkichlarga misol bo‘ladi. 
Demak, statistik ko‘rsatkichlarda: ko‘rsatkichlarning nomi (voqea – 
hodisalar, ob’yektning nomi), ularning qachon, qayerda bo‘lganligi, 
o‘lchov birligi va raqamda ifodalangan voqea – hodisaning miqdori 
bo‘lar ekan. Iqtisodchi mutaxassislar bu raqamlarni o‘qib, ularni tilga 
kiritib, mohiyatiga tushunib, hodisa va jarayonlarning holatiga va davr 
mobaynida qanday o‘zgarganligiga baho berar ekan. 
4.2. Mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari 
Ijtimoiy 
va 
iqtisodiy 
hodisalar, 
jarayonlar 
tegishli 
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlar turli xil miqdorlarda, 
ma’lumotlarda berilib, hujjatlarda qayd qilinadi. Statistik kuzatish 
natijasida miqdorlar yig‘ilib, tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhlanib, 
o‘rganiladi. 
Miqdorlarda 
ifodalangan 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
ko‘rsatkichlarni umumlashtirib , tegishli xulosalar chiqarish 
statistikaning asosiy vazifasidir. 
Xodisa va jarayonlar dastlab mutloq miqdorlarda qayd qilinadi, 
so‘ngra esa ular asosida nisbiy va o‘rtacha miqdorlar hisoblab topiladi. 
Demak mutloq miqdorlar har qanday statistik ko‘rsatkichlarning 
dastlabki (boshlang‘ich) shaklidir. Miqdorlar qo‘shish, ayirish, o‘lchash 
kabi amallarni bajarish bilan aniqlanadi. 
Aholining umumiy soni, shu jumladan erkaklar va ayollar soni, 
korxonalarda xodimlar soni, ishlab chiqarilgan stanoklar soni - “bir”, 
”ikki”, “uch” kabi sonlarda qayd qilinadi. Ularning to‘plamlari ming 


52 
kishi, ming dona kabi son ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Qurilgan yo‘llar 
uzunligi, daryolarning uzunligi, bosib o‘tilgan yo‘l - metr, kilometr kabi 
uzunlik o‘lchovi birliklari bilan ifodalanadi. 
Qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi, terilgan paxta kabi og‘irlik 
miqdorlari kg yoki tonnalarda qayd qilinib, kuzatish ob’ektlarini 
o‘lchash bilan aniqlanadi. Ishlab chiqarilgan gaz hajm o‘lchov birligi 
bo‘lgan kub metrda, to‘qilgan gazlama hajmi esa kvadrat yoki pogonniy 
metrlarda ifodalanadi. 
Miqdorlar ifodalanish hajmiga qarab, yakka va umumiy mutloq 
miqdorlarga bo‘linadi. Yakka xodisa va jarayonlarni ifodalovchi mutloq 
miqdorlar yakka mutloq miqdorlar deyiladi. Bunday miqdorlar 
o‘rganilayotgan to‘plamning har bir birliklarini tavsiflab kuzatishning 
boshlang‘ich bo‘g‘inida qayd qilinadi. Masalan, bir terimchining bugun 
tergan paxtasi - 65 kg, har bir xodimning olgan bir oylik ish haqi - 
42600 so‘m, non zavodida bugun ishlab chiqarilgan bug‘doy noni, 
familiyasi, ismi aniq bo‘lgan, imtixonni “a’lo” bahoga topshirgan talaba 
va shu kabilar.
O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning umumiy yig‘indisini 
tavsiflovchi mutloq miqdorlar umumiy mutloq miqdorlar deyiladi. Ular 
dastlabki kuzatish ma’lumotlarini qo‘shish va jamlashtirish natijasida 
olinadi. Demak, mohiyati bir xil yakka mutloq miqdorlar yig‘indisi 
umumiy mutloq miqdorlardir. Shuning uchun ham umumiy mutloq 
miqdorlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
A um. = a
1
+ a

+ a
3
+ a
4
+… a
n


=
n
1
a
i
Bu yerda: A um. - umum mutloq miqdor; 
a
1
… a
n
- kuzatilayotgan ob’ektdagi yakka mutloq 
miqdorlar; 

=
n
1
a

- to‘plam birliklarining yig‘indisi. 
Masalan: 1) Xo‘jalik brigadasida 15 ta terimchi tergan paxtasining 
yig‘indisi
(60+70+65+80+110+90+75+120+92+108+84+96+115+125+64)-1354 
kg. 
2) Kichik korxonada 8 kishi ishlaydi. Ularning may oyida olgan 
mehnat haqlari quyidagicha: 
Xodiml










53 
ar 
Ish 
haqi, 
so‘m 
24840

33950

25060

24730

15850

16240

15300

24430

Demak, xodimlar mehnat haqining umumiy miqdori bu 
so‘mmalarning yig‘indisi - 1804000 so‘mdan iborat. 
Mutloq miqdorlar natura, shartli natura, qiymat (pul) va mehnat 
o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Ob’ektning xususiyatiga 
qarab, ya’ni ularning hajmi, og‘irligi, uzunligi yoki maydoni miqdorlari 
ko‘rsatilishiga qarab, natura o‘lchovda dona, metr, kilogramm va shu 
kabilar ishlatilishi mumkin. Masalan: terilgan paxta kilogramm yoki 
tonna, ishlab chiqarilgan stanok - dona, ekilgan paxta maydoni - 
gektarlarda ifodalanishi mumkin. 
Natura o‘lchov ayrim hodisa, jarayonlarning xususiyatini to‘liq 
ifodalamaydi. Shuning uchun ham shartli natura o‘lchov birligi 
qo‘llanadi. Konserva ishlab chiqaruvchi korxona tayyor mahsulotlarini 
turli shisha bankalarda tayyorlashi mumkin. Bu shisha bankalar turli 
hajmda (0,5, 1,0 li, 2 li, 3 li, 10 litr hokazo) bo‘lganligi sababli, ularning 
yakka miqdorlarini qo‘shib umumiy to‘plamni aniqlash noto‘g‘ri 
bo‘ladi. Shuning uchun barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 1,0 
litrlik shartli bankaga qayta hisoblab chiqiladi. Sovun ishlab chiqaruvchi 
korxona 60 % , 40 % lik kir sovunlari, atir sovun va poroshok ishlab 
chiqaradigan bo‘lsa, ularning ham og‘irliklarini bir shartli o‘lchovga 
keltirish lozim. Masalan, korxona ushbu yilda 80 ming tonna 60% 
lik,120,0 ming 40% sovun ishlab chiqargan. Ularni shartli bir birlikka 
keltirishda 40% sovun koeffitsiyenti 1,0 ga, 60% sov 40% sovunga 
aylantirish shartli koeffitsiyenti - 1,5 bo‘lsa, unda korxona jami 200,0 m 
tonna (80,0+120,0) emas, balki (80,0 x 1,5) + (120,0 x 1,0)= 120,0 + 
120,0 = 240,0 ming tonna mahsulot ishlab chiqargan bo‘ladi. Yoqilg‘i 
sifatida ishlatiladigan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, gaz, slanes kabilar 
issiqlik koeffitsiyenti asosida qayta hisoblanib, kaloriyasi aniqlanadi. 
Murakkab xodisalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar kompleks o‘lchov 
birliklarida ifodalanadi. Bunday hodisalar ikki va undan ortiq o‘lchov 
birliklarining o‘zaro birikmasi bilan tavsiflanadi. Masalan: tashilgan yuk 
- tonna/kilometrda, ishlab chiqarilgan elektr quvvati kilovatt - soatda, 
xodimlarning ishlagan ish vaqtlari - kishi/soatda. Lekin natura 
o‘lchovida xususiyatlari bilan har xil bo‘lgan hodisa va jarayonlar 
umumlashtirib ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun ham qiymat (pul) o‘lchovi 
ishlatiladi.


54 
Barcha hodisa va jarayonlarni pul o‘lchovida ya’ni yagona 
o‘lchovda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling