Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova


Download 2.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/206
Sana03.12.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1801478
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   206
Bog'liq
sss111

 
 
Misol: Korxona bu yil 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan. 
Kelasi yil mahsulot ishlab chiqarishni 12400 tonnaga yetkazish 
rejalashtirilgan. Demak korxona mahsulot ishlab chiqarishni
𝑹𝒃𝒏𝒎 =
𝟏𝟐𝟒𝟎𝟎∗𝟏𝟎𝟎
𝟏𝟐𝟎𝟎𝟎
= 𝟏𝟎𝟑% qilib rejalashtirmoqda,
erishilgan natijaga nisbatan 3% oshirish rejalashtirilgan. Reja 
o‘sishi va reja bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdorlar ko‘pincha 
foizlarda aniqlanadi. Chunki bazis nisbiy miqdor (mahraj) 100 % deb 
qabul qilinadi va shunga nisbatan rejaning o‘sishi yoki rejaning 
bajarilishi hisoblanadi. Shartnoma (buyurtma) bajarilishini ifodalovchi 
nisbiy miqdorlar (Shbnm) o‘zaro kelishilgan shartnomalarning qay 


56 
darajada bajarilganini bildiradi. Bu ko‘rsatkichni muayyan davrdagi 
haqiqiy bajarilgan miqdorni shartnomada (buyurtmada) ko‘rsatilgan 
miqdor bilan taqqoslab ko‘riladi. Shbnm ko‘pincha foizlarda 
aniqlanganligi uchun, uni quyidagicha hisoblanadi. 
𝑺𝒉𝒃𝒏𝒎 =
𝑯𝒂𝒒𝒊𝒒𝒊𝒚 𝒃𝒂𝒋𝒂𝒓𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓∗𝟏𝟎𝟎
𝑺𝒉𝒂𝒓𝒕𝒏𝒐𝒎𝒂𝒅𝒂 (𝒃𝒖𝒚𝒖𝒓𝒕𝒎𝒂𝒅𝒂)𝒌𝒐`𝒓𝒔𝒂𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓
; 
Bu ko‘rsatkich ham xalq xo‘jaligi tarmoqlarida juda ko‘p 
qo‘llanadi. Chunki tarmoq korxonalari o‘zaro mahsulot yetkazib berish 
uchun har yili shartnoma tuzadilar. Yil davomida bu shartnomada 
ko‘rsatilgan shartlar qanday bajarilayotganligini nazorat qilib borish 
zarur. Qishloq xo‘jalik korxonalari davlatdan paxta va boshqa 
mahsulotlarni sotish bo‘yicha davlat buyurtmasini oladi. Bunda ham 
belgilangan davlat buyurtmasining haqiqiy bajarilishini ma’lum 
muddatlarga taqqoslab borish zarur. 
Misol: Qishloq xo‘jaligi shirkati ushbu yilda davlatga 8500 tonna 
paxta sotish bo‘yicha buyurtmaga kelishgan. Xo‘jalik shu yil 26 
oktyabrga 8200 tonna paxta sotgan. Demak, buyurtmani,
𝑺𝒉𝒃𝒏𝒎 =
𝟖𝟐𝟎𝟎∗𝟏𝟎𝟎
𝟖𝟓𝟎𝟎
= 𝟗𝟔, 𝟓% bajargan. 
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining tendensiyasini 
bilish uchun ularni bir necha davr davomida kuzatish lozim. Bunday 
kuzatish dinamika nisbiy miqdor natijasida aniqlanadi. 
Dinamika nisbiy miqdorda (Dnm) ko‘rsatkichning hisobot 
davridagi miqdori (mutloq yoki o‘rtacha) shu ko‘rsatkichning o‘tgan 
davrdagi miqdorlariga nisbati bilan topiladi. 
𝑫𝒏𝒎 =
𝑯𝒊𝒔𝒐𝒃𝒐𝒕 𝒅𝒂𝒗𝒓 𝒉𝒂𝒒𝒊𝒒𝒊𝒚∗𝟏𝟎𝟎
𝑶`𝒕𝒈𝒂𝒏 𝒅𝒂𝒗𝒓 𝒉𝒂𝒒𝒊𝒒𝒊𝒚 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
; 
Dinamika nisbiy miqdorda miqdorlarning taqqoslama bo‘lishiga 
katta ahamiyat berish kerak. Agarda ushbu taqqoslanuvchi davrda 
taqqoslanuvchi 
miqdorlarni 
hisoblash 
uslubida, 
hududlarda, 
miqdorlarning tarkibida yoki boshqa jihatlarida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, 
ularni taqqoslama miqdorga keltirish yoki ushbu o‘zgarishlarni hisobga 
olish lozim. Shahar aholisining tabiiy ko‘payishini, uning hududiy 
o‘zgarishini e’tiborga olmasdan hisoblab bo‘lmaydi. 


57 
Dinamika nisbiy miqdorlar bazisli yoki zanjirsimon bo‘lishi 
mumkin. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkichning joriy 
davrdagi miqdorini o‘tgan davr miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi. 
Umuman dinamika nisbiy miqdorlar foizlarda , koeffitsiyentlarda 
(martalarda) ifodalanishi mumkin. 
Misol: Korxona ushbu yilda 12000 tonna mahsulot ishlab 
chiqargan. O‘tgan yil esa korxona 11000 tonna mahsulot ishlab 
chiqargan edi.
Dinamika nisbiy miqdor koeffitsiyentda aniqlanganda = 12000 : 
11000 = 1,09 
Dinamika nisbiy miqdor foizlarda aniqlanganda= 
12000∗100
11000
= 109,1% 
Agarda xodisa va jaryonlarni bir necha davrga taqqoslamoqchi 
bo‘lsak, bazisli dinamika nisbiy miqdorda bazisli davr doimiy bo‘lib 
qoladi, qolgan davrlar miqdorlari unga nisbatan hisoblanadi. 
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdorda har bir davr miqdor 
ko‘rsatkichi undan oldingi davr miqdor ko‘rsatkichi nisbati bilan 
topiladi. 
Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkich miqdorlarining 
o‘rganilayotgan davr mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi. 
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdor ko‘rsatkich miqdorlarining 
o‘tgan yilgi miqdorga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi. 

Download 2.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling