Samarqand iqtisodiyot va servis instituti u. Xudayberdiev, A. N. Xoliqulov, S. A. Babanazarova
Download 2.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sss111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot turlari Mahsulot miqdori (ming so‘m) Tarkibi, %
- Intensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm).
Tarkibiy nisbiy miqdorlar statistik to‘plamni tashkil etuvchi
ayrim guruh miqdorlar umumiy to‘plamning qanchasini tashkil etishini bildiradi. Tarkibiy nisbiy miqdorlar (Tnm) to‘plamning ayrim guruh miqdorlarini shu to‘plamning umumiy yig‘indisiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. 𝑻𝒏𝒎 = 𝑻𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒂𝒚𝒓𝒊𝒎 𝒈𝒖𝒓𝒖𝒉 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊 (𝒃𝒊𝒓 𝒒𝒊𝒔𝒎𝒊)∗𝟏𝟎𝟎 𝑻𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒖𝒎𝒖𝒎𝒊𝒚 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊 ; Misol: Qandolatchilik korxonasi parvarda, novvot va xolva ishlab chiqaradi. Ushbu yilda bu korxona 2360 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan, shu jumladan parvarda 950 ming so‘mlik, navvot - 650 ming so‘mlik va xolva - 760 ming so‘mlik. Bu korxona ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot turi umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot so‘mmasining qanchalik hissasi (tarkibi)ni bilish uchun, ular har bir turi miqdorini umumiy miqdorga bo‘lish lozim. Parvarda = 950,0∗100 2360 = 40,3% 58 Navvot = 650∗100 2360 = 27,5% Xolva = 760∗100 2360 = 32,2% Agarda ushbu misolni jadval shakliga keltirsak: Mahsulot turlari Mahsulot miqdori (ming so‘m) Tarkibi, % Parvarda 950,0 40,7 Navvot 650,0 27,5 Holva 760,0 32,2 Jami 2360,0 100,0 Intensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm). Bu ko‘rsatkich o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi ikki miqdor bir-biri bilan taqqoslanadi. 𝑰𝒏𝒎 = 𝑩𝒊𝒓 𝒐𝒃 ′ 𝒆𝒌𝒕𝒈𝒂𝒅𝒐𝒊𝒓 𝒕𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊 𝑰𝒌𝒌𝒊𝒏𝒄𝒉𝒊 𝒐𝒃 ′ 𝒆𝒌𝒕𝒈𝒂𝒅𝒐𝒊𝒓 𝒕𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊 ; Misol: 1) O‘zbekiston Respublikasida 1997 y. 23443,7 ming aholi bo‘lib, 614,0 ming kishi tug‘ilgan. Demak har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar sonini hisoblaydigan bo‘lsak = 614000 : 23443,7 = 26 kishi bo‘ladi. 2) O‘zbekiston hududi 448,97 ming kv.km. bo‘lib, uning aholisi 2016 y. 31800 ming kishini tashkil etgan. Hududning har bir kv.km ga qancha aholi to‘g‘ri kelishini topamiz, ya’ni aholining har bir kv.km ga zichligini aniqlaymiz: 𝑨𝒉𝒐𝒍𝒊 𝒛𝒊𝒄𝒉𝒍𝒊𝒈𝒊 = 𝟑𝟏𝟖𝟎𝟎 𝒎𝒊𝒏𝒈 𝒌𝒊𝒔𝒉𝒊 𝟒𝟒𝟖,𝟗𝟕 𝒎𝒊𝒏𝒈 𝒌𝒎.𝒌𝒗 = 𝟕𝟏 𝒌𝒊𝒔𝒉𝒊; Demak intensiv nisbiy miqdorlar natijalarida ikki ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari ham qatnashadi. Intensiv nisbiy miqdorlarning boshqa nisbiy miqdorlardan yana bir farqi shundaki, ularning natijalari aniq sonlar bilan ifodalanadi. Intensiv nisbiy miqdorlar aholining hududlardagi zichligi, har 100 aholiga tug‘ilish, nikoh, o‘lim kabi ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri kelishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad, har bir gektar yerga solingan o‘g‘it salmog‘i kabilarni aniqlashda foydalaniladi. 59 Koordinatsiya nisbiy miqdorlari (Knm) to‘plamning bir-biriga bog‘liq ikki guruhlarining bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi. Bunday nisbiy miqdorlarni aniqlash to‘plam guruhlarining bir-biri o‘rtasidagi nisbiy koordinatsiyani aniqlashda foydalaniladi: 𝑲𝒏𝒎 = 𝑻𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎𝒏𝒊𝒏𝒈 𝑰 𝒒𝒊𝒔𝒎𝒊 𝑻𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎𝒏𝒊𝒏𝒈 𝑰𝑰 𝒒𝒊𝒔𝒎𝒊 𝒚𝒐𝒌𝒊 𝑻𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎𝒏𝒊𝒏𝒈 𝑰𝑰 𝒒𝒊𝒔𝒎𝒊 𝑻𝒐`𝒑𝒍𝒂𝒎𝒏𝒊𝒏𝒈 𝑰 𝒒𝒊𝒔𝒎𝒊 Koordinatsiya nisbiy miqdorlari shahar va qishloq aholisi, ayol va erkaklar, tovaroborot hajmidagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar guruhi, oshxonalardagi o‘z ishlab chiqargan va sotib olgan mahsulotlarning nisbati kabi ko‘rsatkichlarni ifodalashi mumkin. Misol: Korxonada barcha xodimlar soni 80 kishini tashkil etadi, shu jumladan ishchilar soni 65 ta kishi ma’muriy- boshqaruv xodim 15 kishi; Korxona ma’muriy-boshqaruv xodimlarining ishchilar soniga nisbatini aniqlaymiz : 𝑲𝒏𝒎 = 𝟏𝟓 ∗ 𝟏𝟎𝟎 𝟔𝟓 = 𝟐𝟑% Demak korxona rahbariyati ishchilarga nisbatan 23 foizini tashkil etar ekan. Taqqoslash nisbiy miqdorlari (Tnm) turli ob’ekt yoki hududlarga taaluqli mohiyati bir xil xodisa, jarayonlarni o‘zaro nisbati bilan taqqoslaydi. Bunda mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, hududlarning katta-kichikligi taqqoslamasi, tarmoqlardagi mehnat unumdorligi, hosildorliklarni taqqoslash va shu kabilar misol bo‘ladi. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling