Samarqand veterenariya meditsina instituti «Ichki yuqumsiz kasalliklar va akusherlik kafedrasi» kafedrasi


Download 0.64 Mb.
bet12/38
Sana11.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1766509
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
Radiobiologiya laborato

5-LABORATORIYA MASHG’ULOTINING
PASPORTI


MAVZU: SUTDA YOD-131 ANIQLASH.
Darsning maqsadi: Talabalarga titrlangan stabil strontsiy eritmasini tayyorlash va strontsiy sulfati bo’yicha titirni aniqlashni o’rganish.
Kerakli jixozlar:
Radiobiologiya hodimlariga chegaralangan nurlanish dozasi, Stend: Nurlanishdan himoyalanish vositalari. Rentgen kabinetidagi: himoya ekranlari, shaxsiy muxofaza jixozlari. Qo’rg’oshin toshbloklar. reaktivlar va asbob-uskunalar: Azot saqlovchi ittriy eritmasi, azot kislotasi, distillangan suv, o’lchov kolbalar (rezina probkali). mufel pechi. radionuklidlar: strontsshy-90, seziy-137, yod-131, poloniy-210.
Adabiyotlar:

  1. Belov A.D., Kirshin V.A. Veterinarnaya radiobiologiya. Uchebnik. M.: Agropromizdat, 1987.

  2. Belov A.D., Kosenko A.S., Pak V.V. i dr., Praktikum po veterinarnoy radiobiologii. Uchebnik. M.: Agropromizdat, 1988.

  3. Radiobioloy for the Radioloist Eric J., Hall, D. Phil., New York, 2011.

Tuzuvchilar:
Katta o’qituvchi, v.f.n. Ibragimov B.X.
Assistent, v.f.n. Nurmuxamedov B.M.
Assistent. Abdumajitov V.B.
5- Mavzu: sutda yod-131 aniqlash.
Reja:

  1. Sutda yod - 131 ni aniqlash usulini o’rganish.

  2. Reaksiyaning o’tishi va natijasini o’rganish.



Sutda yod-131 ni aniqlash usulini o’rganish.
Yod -131 ga radiotaksikologik tushuncha - hozirgi kunda yodni 24 ta radioaktiv izatopi ma’lum. Ularning hammasi sun’iy bo’lib, yadroviy reaksiyani mahsuloti. Yodni radiaktiv izotoplari og’ir yadroni parchalanish reyaksiyalari natijasida hosil bo’ladi. Yadroni parchalanishidan hosil bo’lgan izatoplarni biologik jihatidan xovarli bo’lganlari birinchi haftada yod-131, yod-132, yod-133 va 135 bo’lsa, keyingi xaftada yod-131 va yod -132, ikki haftadan so’ng faqat yod-131 saqlanib qoladi. Bunga sabab bu izatoplarnit yarim yarim parchalanish vaqtini sekund, minut va soatlar davom etishi bilan bir-biridan farq qiladi (ular tez parchalanadi). Yod -131 da parchalanish -8.05 kunga to’g’ri keladi.
Yod-131 beta-gamma nurlantiruvchi hisoblanib, radiotoksikologik darajasi jihatidan 15 guruhga kiradi, suvdagi bir yillik ruxsat etiladigan miqdori (konsentrasiyasi) n(10-7 -10-9) ga teng.
Tashqi muhitni radioizotoplar bilan zararlovchi asosiy manba, suv va havodagi tajriba yadro portlatishlaridir.
Yod-131 yuqori uchuvchan xususiyatga ega bo’lib, biologik zanjirda kuchli ko’chib yuruvchidir, hamda tirik orgshanizmda yuqori to’planish xususiyatiga ega ximiyaviy aktiv element. Suvda yaxshi erishi hisobidan, radioaktiv yod o’simlik va hayvon organizmga to’liq so’riladi.
Yod-131 o’simliklarga mustahkam o’rnashishi natijasida ularni tashqi tomonini suvda yuvilganda ham ketmaydi.
Qishloq xo’jaligi hayvonlari organizmiga yod-131, ovqat xazm qilish sistemasi orqali tushadi, ko’proq yaylovda boqilgan hayvonlarda ko’proq kuzatiladi. Yod-131 oshqozon-ichak traktida 100% so’rilib, qonga to’liq o’tadi va 60% qalqonsimon bezda yig’iladi.
Radioaktivniy yod hayvonlar organizmidan siydik, axlat va sut orqali chiqadi, tovuqlarda tuxum bilan.
Sog’iladigan sigirlarda organizmiga tushgan 1 kunlik sod-131 radioaktiv izotopini 1% sut bilan ajraladi.
Agar sigirlar radioaktiv izotop bilan ifloslangan yaylovda boqilsa, 3 sutkaga borib, sutdagi miqdori eng yuqori nuqtaga chiqadi, keyine sekinlik bilan kamaya boradi va 3 haftadan so’ng sutdagi miqdori 4 martaga kamayadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling