Samarqand veterenariya meditsina instituti «Ichki yuqumsiz kasalliklar va akusherlik kafedrasi» kafedrasi
Download 0.64 Mb.
|
Radiobiologiya laborato
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarim o’tkazgichli detektorlar.
Galogenli o’lchagichlar. SI-1G, SI-1BG, SI-ZBG, SBT va boshqa o’lchagichlardan foydalaniladi. Ularda o’chiruvchi komponentlar galoidlar hisoblanadi.
Ssintillyasion o’lchagichlar. Ayrim moddalarda (ssintillyatorlar, fosfor) nurlanish ta’sirida atomlarning ionlanishi va qo’zg’alishi ro’y beradi. Atomilarning ionlangan holatdan qo’zg’algan holatga o’tish paytida energiya yorug’likning bir paydo bo’lishi (ssintillyasiya)bilan yorug’lik holida namoyon bo’ladi (FEU ssintilyatori). Yarim o’tkazgichli detektorlar. Bunday detektorlarda elektr zaryadini tashish funksiyasini elktron-teshiklar bajaradi. Yadroviy fotografik emulsiyalar. Fotoplastinkaning qorayishiga asoslanadi. Hozirgi paytda fotografik usul yadro fizikasida turli xildagi zaryadlangan zarrachalarning xususiyatlari, ularning o’zpro ta’siri va yadro reaksiyalarini o’rganishda qo’llaniladi. D ozimetrlar rentgen va gamma-nurlarning ekspozision dozalarini, yutilgan nurlanish dozasini aniqlash, rentgen va gamma-nurlanishlar ekspozision dozasining quvvatini, yutilgan doza quvvatini va ionlovchi nurlanishlar intensivligini aniqlash uchun mo’ljallanean bo’ladi. Spektrometrlar nurlanishlarning energiya bo’yicha, zaryad va massa bo’yicha tarqalishi hamda nurlanishlarning makon va zamonda tarqalishini o’lchash uchun mo’ljallangan bo’ladi.. Metallicheskiye kontaktы Ris. 23 Poluprovodnikovыy detektor RADIOMETRLAR - Stasionar va ko’chma, elektrik va ekspluatasion parametrli radiometrlar farqlanadi. Stasionar radiometrlarga UMF-2000, US-6 bir kanalli qurilma va b.lar kiradi. Ko’chma radiometrlarga RUP-1 i KRB-1 radiometrlari misol bo’ladi. Bunday radiometrlar turli xildagi yuza qismlarning alfa-va beta-faol moddalar bilan ifloslanganligini o’lchashga mo’ljallangan. SRP-68-01 ili RSU-01 «Signal», SKS-99 «Sputnik» ko’chma radiometrlari qishloq xo’jalik hayvonlari muskuli tarkibidagi radiaktiv seziyni hayotiy davrda aniqlashga mo’ljallangan. KRB-1 radiometri 1-101 dan 1-107 parch/(min-sm2) gacha diapazondagi turli xildagi yuzalarning beta-faol moddalar bilan ifloslanish darajasini aniqlashga mo’ljallangan. S ZB-03 va SZB-04 ifloslanish signalizatorlari radioximyaviy laboratoriyalar, sanpropuskniklarda qo’l, va boshqa a’zolarning beta-faol moddalar bilan ifloslanish darajasini o’lchash hamda impulslarning belgilangan tezlik ko’rsatkichidan oshishini signallaydi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling