Samarqand veterenariya meditsina instituti «Ichki yuqumsiz kasalliklar va akusherlik kafedrasi» kafedrasi
Ishni bajarish uchun kerakli jixoz va materiallar
Download 0.64 Mb.
|
Radiobiologiya laborato
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarilishi.
- Tasdiqlayman”
Ishni bajarish uchun kerakli jixoz va materiallar.
Radiometr, standart idish, fosfor kelicha, 100-500 ml ximiyaviy stakanlar, shisha tayoqcha, voronka, analitik tarozi, suv haydash nasosi, Bunden kolbasi, quritish va kuydirish pechlari elektron plitka, filtr inrisator qog’ozlari, ittiriy, stronsiy, lanton, seziy, tashuvchi titrlovchi eritma, xlorid kislota, perekis vodorod, shavel kislotasi, ammiak, karboksid, ammiak va kaliy sulfat. Ishni bajarilishi. O’simlik namunasini 20-50 gr kuli olinib, haroratga chidamli stakan yoki forfor idishga solinadi. Namunaga 1 ml ittiriy, stronsiy, seziy, lanton tashuvchi titrlovchi eritma quyiladi. Kulni dozasi aniqlanadi, buning uchun unga bo’tqasimon bo’lguncha xlorid kislotasi qo’shiladi (2-3 ml xlorid kislota 1 gr kulga). Stakandagi bo’tqa, elektr plitada quritiladi va sovutiladi. Keyin stakandagi massa xlorid kislota bilan namlanib, yana boshqatdan quritiladi. Quruq qoldiqqa 150-200 ml 2 n. Xlorid kislota eritmasi qo’shilib, 30 daqiqaplitka ustida shisha tayoqcha bilan aralashtirib turilgan holda qaynatiladi, so’ng aralashmay qolgan qoldiq stakan tagiga cho’kkuniga qadar tinch qoldiriladi. Aralashma filtrlab olinadi, bunda qoldiq filtrga tushmasligi kerak. Filtr o’zidagi massa bilan stakanga solinadi va ustiga 150-200 ml 2 n. Xlorid kislota eritmasi solinib, qo’zg’ab turilgan holda 30 minut qaynatiladi. Eritma filtrlab olinadi. Filtrda qolgan erimagan qoldiq qaynoq 2 n.xlorid kislota eritmasi bilan yuviladi. Filtrda qolgan qoldiq tashlanadi, filtrlangan suyuqlik keyingi analizlar uchun ishlatiladi. Idish tagiga oksalatlarni (tuzlarni) cho’ktirish uchun to’yingan shavel kislotasidan 10-20 gr solinadi. Oksalatlarnito’liq cho’kishi tuchun rN muhiti 1.5-2 bo’lgan 25 % li ammiakdan tomizilib qo’shiladi, umumiy massa aralashtirib turilgan holda Stakan tubiga tuz kristallari cho’kkaniga qadar 30 minut tinch qo’yiladi To’liq cho’kish tekshiriladi: buning uchun stakan devori bo’ylab sekinlik bilan to’yingan shavel kislotasi solinadi 1 ml miqdorda, agar tiniq eritma loyqalanmasa, bu cho’kishni to’liq bo’lganligini bildiradi, agar loyqalansa unda yana shgavel kislotasi qo’shiladi. Eritmaga cho’kma tez tushishi uchun, shu bilan birgalikda muhitni 1.5-2 ga ammiak yordamida va cho’kishni to’liq bo’lishini kuzatish kerak. Cho’kmadagi stronsiy, kalsiy, ittiriy, lanton tuzlari, kulsiz filtr (“sinyaya lenta”) da filtrlanadi va filtrdan o’tgan suyuqlik o’zida 2% li sovuq shavel kisliy ammoniy bilan yuviladi va 1 marta 30 ml spirt bilan ham. Qoldiq forfor xavonchaga solinib, quritiladi, so’ng kuydirish pechkasida 500-600 0Sda 1-2 soat kuydirilib, karbonat hosil qilinadi. Havoncha mahsulot bilan sovutiladi, qoldiq 100 ml qaynoq 2n. Xlorid kislota qo’shilib eritiladi, sekinlik bilan qizdirish orqali.Agar qoldiq to’liq erimasa, unda 1 ml peroks vodorod qo’shiladi va uglekislorodni chiqarib yuborish uchun eritma qaynatiladi. Eritmaga 200-250 ml ditstillangan suv qo’shilib, SO2 ni to’liq chiqarib yuborish uchun yana qaynatiladi. Stakandagi eritmani rN8 va yuqori bo’lgunicha SO2 siz ammiak qo’shiladi. (indikator qog’ozi nazoratida). Cho’kmaga oq paxmoq ittiriy, seziy va lanton gidrooksidi tushadi. Ittriy, seziy va lanton gidrooksid qoldig’i filtrlanib, filtrni o’zida 2-3 marta ammiakli suv bilan yuviladi. Tekshirishni bu etapida ittriy-90ni, stronsiy-90 dan ajratish boradi, shuning uchun ajralish vaqtini yozib boriladi. Ittriy, seziy va lanton oksalatlarini cho’ktirishni bir kun davom ettirish kerak bo’ladi. Filtrda ittriy, seziy va lanton gidrooksidlarini, 20-25 ml qaynoq 0.5 n. Xlorid kislota eritmasida eritiladi. Eritma sovutilib ittrini, seziy va lantondan ajralishi uchun, eritmaga to’yinganicha maydalangan sulfat kaliy qo’shiladi. Natijada kaliy, lanton va seziyni sulfat tuzlari cho’kmaga tushadi. 1-2 soatdan keyin cho’kma filtrlanadi, filtrda sulfat kaliyni 0.5 n. Xlorid kislotadagi eritmasi bilan yuviladi. Yuvindi tashlanadi. Cho’kma bilan ittiriydan radioizatoplar lanton-140, seziy-144 va prometriya-147 ajraladi. Tarkibida ittriy bo’lgan filtrdan o’tgan suyuqlik, 100-200 ml suv bilan aralashtirilib qaynatiladi (SO2 chiqarilishi uchun). rN muhiti 8 va yuqori bo’lgan karbonatsiz ammiak qo’shish orqali ittriy gidrooksidi cho’ktiriladi. Cho’kma 30 minutdan so’ng filtrlanadi va filtrda 2-3 marta ammiakli suvda yuviladi, suzma suyuqligi tashlanadi. Ittriy gidrooksidi qoldig’i filtrda 10 ml qaynoq 1n. Xlorid kislotada eritiladi va miqdori 20 ml bo’lgunicha distirlangan suv qo’shiladi. Eritmaga bir xil miqdorda shavel kislotasi va karbonatsiz ammiak qo’shish orqali, ittriy oksalatni cho’kmaga tushiriladi. Qaynoq hammomda 30 minut qoldiq cho’ktirilgandan so’ng sovutiladi va ittriy oksalatini to’liq cho’kishi nazorat qilinadi. Cho’kma kelsiz “sinyaya lenta” filtrda filtrlanadi va filtrni o’zida 2-3 marta 2% shavelkisli ammoniy va spirt bilan yuviladi. Qoldiq filtr bilan forfor havonchaga solinib quritiladi, so’ng 800-900 0Sda kuydirish pechida kuydiriladi 1 soat davomida. Natijada ittriy oksidi hosil bo’ladi. (Y2O3) Havoncha eksikatorda sovutiladi, qoldiq shisha tayoqchasi bilan qirib olinadi va o’lchangan alyuminiy pallachaga olinib analitik tarozida ittriy oksidi Y2O3 ni miqdori o’lchanadi. Keyin ittriy tashuvchining ximiyaviy chiqimi hisoblanadi. Chiqqan Y2O3 og’irligi X.Ch.= ------------------------------------------- Y2O3dan chiqarilgan ittriy tashuvchi og’irligi Qoldiq 4-5 tomchi spirtda namlanib, alyuminiy idishga bir xil zichlanadi va lampa ostida yoki quritish shkafida quritiladi. Fonsiz Napr (imp/min) schetani tezligi aniqlanadi. Ajratib olingan ittriy -90 ni radioximiyaviy tozaligini aniqlash uchun steta tezligini o’lchashni har kun o’tkazish kerak, 3 kun davomida. Keyin birinchi o’lchagan kundan, 14 kundan so’ng yana bir o’lchanadi. Agar 14 kundan so’ng tezlik scheta oldingiga nisbatan 2% oshsa, bu qoldiqda ittriy-91 borligini bildiradi. Namunalarning kichik xajmi radioaktivligi sababli ekspress uslubini hamma vaqt o’tkazish imkoniyati bo’lmaydi. Shu sababli uni summar betta aktivligini namunaning ko’l qoldiqlarida aniqlanadi. Dastlab namuna konsentirlanadi keyin esa ko’lga aylantiradi. Ko’lning massasi 200-300mg bo’lishi kerak, Uni standartli allyumin qoshiqga qo’yib 2,5sm kub xajimda SRP-68-01 yordamida summar betta aktivligini, qo’llash orqali koeffitsientini va namuna namligi asosida aniqlanadi. Summar betta aktivlik veterinariya nazoratidagi chegaraviy radioaktivlikni ifodalaydi Ki/kg va Ki/l. Betta summar aktivlikni aniqlash, radiokimiyoviy masala bilan namunalarni ifloslanganligini bir kun mobaynida aniqlashga imkoniyat beradi. Tekshiriladigan ob’ektlarga kiradigan, kaliy tarkibidagi tabiiy kaliy-40 sababli (0.00119%0 chegaraviy radioaktivligini chiqaradi. Xom baliqdan har xil joyidan 10-9 Ki/kg. Ob’ektlarni summar betta aktivligi kaliy defitsita, unda su’niy radioizotoplarni oshishi, ular orasida yuqori radioaktivli toksikli- yod- 131, stronsiy-90, seziy-137 va boshqalar. Bu xolatlarda summar chegaraviy radioaktivligi ob’ektda ancha ko’proq bo’ladi. K-40 ko’ra. Shu sababli summar betta-aktivlikni aniqlash namunalarda, K-40 bilan taqqoslanadi. Shu sababli o’simlik mahsulotlarini aniqlash qo’ydagicha o’tkaziladi. Don namunalarni moshinadan to’rt olti joydan, bortdan 0,5m naridan oladilar. Umumiy namuna massasi 1,1.5 yoki 2kg bo’lishi kerak. Xaltalardan olingan nuqtali namunalar partiya-10 xaltadan bo’lsa har biri tekshiriladi.100 xalta bo’lsa -5 xaltasi tekshiriladi. Namunaning xajmi 2kg dan oshmaydi. Ildiz mevalilardan namuna bir xil kattalikdagi joydan olinib va diagnal.holatda va Avtomobilning, prisep, vagonidan uch no’qtasidan 20-30sm chuqurlikdan namuna olinib mufel pechida ko’lga aylantirilib namuna masassi olinadi. Massasi 1-1,5kg teng bo’lishi kerak. O’t va ko’k massadan namuna olish hayvonlar boqilishidan oldin o’tkaziladi. 8-10 maydoncha olinib 1-2metr kvadrat kattaligda. O’tni 3-5sm balandlikda urib olinadi. Hayvonlarga ediraladigan o’t yoki silos, senaj uchun ko’k o’tdan namuna oziqaning 10 nuqtasidan 400-500 gramdan olinadi. Hammasi aralishtirilib undan 1,5-2 kilogrammi olinadi. Dag’al hashak, samon va qurutilgan o’t jamg’armasidan, 1-1,5 metr balandlikda, 0,5 metr chuqurlikdan olinadi hammasi qo’shilib undan 2 kg olinadi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling