52
Ma’lumki, meva-uzumni o’z vaqtida isrof qilmay terib olish mas’uliyatli
ishlar hisoblanadi. Bu ishlarni yuqori saviyada o’tkazish
uchun terim
boshlanishidan oldin mavsumda foydalaniladigan barcha anjomlarni, ya’ni narvon,
terim
chelaklari yoki savatlari,
ilgaklar, arqon va boshqalarni taxt qilib qo’yish
talab etiladi (1-rasm).
1-rasm. Mevalarni terib olishda foydalaniladigan narvon (a) va savat (b)
turlari
1-vazifa. Mavsumda bir kunda teriladigan meva (t), terimchilar va
yordamchilar mikroini aniqlash:
a) yozgi navlar – 350 t (Samarqand to’ng’ichi,
Toshkent borovinkasi,
Grafenshteynskoe krasnoe). Yig’ish muddati 5/V dan 10/VI gacha.
b) kuzgi navlar – 600 t (Zolotoe grayma,
Parmen zimniy zolotoy, Djonatan).
Yig’ish muddati 10/VII dan 20/VIII gacha.
v) qishki navlar – 1200 t. (Vaynsep, Renet Simirenko, Oq Rozmarin).
Yig’ish muddati 10/VIII dan 10/1X gacha. Bir ishchiga kundalik me’yori 350 kg
olma mevasi. Bir yordamchi ishchiga
kundalik ish, ya’ni olmani to’plash - 2,5 t.
Do'stlaringiz bilan baham: