Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
1-rasm. Qishki qovun navlarini omborxonalarda osib saqlash.
Qovun saqlanadigan to’rxaltalarni tayyorlash uchun ip yigirish korxonalarining chiqindilaridan foydalaniladi. Har bir to’rxalta kamida besh yil xizmat qiladi. Qovunni stellajlarda uzoq muddat saqlash uchun mevalar poxol, payraxa, qovg’adan diametri 18 - 20 sm va balandligi 6 - 8 sm qilib yasaladigan chambaraklarga meva bandini pastga qaratib, tik holda terib chiqiladi, chambaraklarni bir necha yil davomida ishlatish mumkin. Qovun ba’zan chambaraklarga emas, balki to’kib qo’yilgan don yoki qum ustiga tik qilib terilgan holda ham saqlanadi. Qovunni uzoq muddat saqlashga oid horijiy tajribalardan Turkmanistonda qo’llaniladigan usul diqqatga sazovordir, bunda qovun qattiq tortilgan yirik ko’zli to’r stellajlarda qovg’a chambaraklari ustiga terib qo’yib saqlanadi. Tarvuz. Tarvuz qobig’ining qattiqligi uni mexanik shikastlanishdan saqlaydi va uzoq muddatga saqlanishini ta’minlaydi. Saqlanadigan tarvuz pishish davrining boshlang’ich qismida yig’ishtirib olinadi. Bunda tarvuz navga xos kattalikka va urug’i navga xos ranga kirganda dumchasi bilan birga uziladi. Tarvuzni yuklash oldidan vaqtincha 0,75 m balandlikkacha uyib saqlash mumkin. Ularni konteyner yoki tagiga to’shama va orasiga poxol solib ikki qator qilib terib avtomashinada tashiladi. Tarvuzni pishmasdan yoki pishib o’tib ketgan paytlarda uzib olish tavsiya qilinmaydi. Uni chiptaga bog’lab va to’rlarga solib osib saqlanishi mumkin. Bunda o’rtacha kattalikdagi tarvuzlar tanlab olinadi. Tarvuz tara usulida tagiga to’shama solingan katak yashiklarga bir qavat terib ham saqlanadi. Tagiga poxol yoki payraxa solingan stellajlardan ham foydalanish mumkin. Tarvuzni uzoq muddat maxsus omborlarda saqlasa ham bo’ladi. Tarvuzlarni saqlashda havo harorati 5 - 7°C va namligi 80 - 85% bo’lishi tavsiya qilinadi. Bunday muhitda tarvuzni uch oygacha va undan ko’proq muddat 51 saqlash mumkin. Omborlardagi tarvuzning holati muntazam ravishda kuzatilib boriladi. Poliz mahsulotlarini, xususan tarvuzni sabzavot va kartoshka bilan birga bir omborda saqlash mumkin emas. Qovoq. Qovoqning saqlanadigan navlari juda qattiq bo’lib, ular uncha katta bo’lmay, og’irroq bo’ladi. Saqlashning dastlabki davrida unda kraxmal moddasi ko’p bo’ladi, 2-3 oydan so’ng kraxmal eruvchan qand moddalariga aylanadi va natijada uning ta’mi va oziqaviylik qimmati oshadi. Pishgan qovoq qattiq bo’lib, navga xos rangga kiradi va meva bandi qurib burishib qoladi. Saqlashga yaxshi pishgan, shikastlanmagan, kasallik hamda zararkunandalar bilan zararlanmaganlari saralanadi. Qovoqni vaqtincha ayvonga tagiga somon yoki boshqa to’shama to’shab, ikki-uch qavat qilib joylashtiriladi va ustiga somon, xas tashlab qo’yiladi. Uzoq muddatga saqlanadigan qovoq quyoshda 5 - 7 kun qoldiriladi. Qovoq tarkibida suv mikroi ko’p bo’lganligi sababli, uni saqlashda suvning ko’p yo’qotilishi sifatining pasayishiga olib keladi (Q5, X1, X2). Qovoqni saqlashda har bir qator terilgandan so’ng albatta somon yoki xas to’shalishi uning shikastlanishining oldini oladi. Qovoq stellajlarda saqlanadi, tagiga to’shama solib yassi navlarining meva bandi yuqoriga qaratib qo’yiladi. Saqlash omborlarida havoning harorati 1 - 14°C va namligi 70% ga yaqin bo’lishi lozim. Qovoqni saqlash uchun sovuq va nam xonalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling