Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

Mevalarni sirkalash 
 
Darsning maqsadi: mevalarni sirkalash texnologiyasi bilan tanishish. 
Talabalarga olma, uzum va danakli mevalardan sirkalangan marinadlar 
tayyorlashni o'rgatish. 
Meva marinadlari asosan olma, nok, olxo'ri, olcha va uzumdan tayyorlanadi. 
Ishlash tartibi: xom ashyo tayyorlash quyidagicha bo'ladi: shirin olxo'ri 
mevalarining po'sti teshiladi, olma va nok mevalari 1-1,5 daqiqa davomida 65-70
0
haroratli suvda balanshirlanadi va mevalar sovutiladi. Yirik mevalar ikkiga bo'linib 
urug'lari olib tashlanadi. 
Po'sti qalin mevalar archiladi, nok mevalari 2-3 daqiqa blanshirlanib 
sovutiladi. Uzum esa faqat meva bandidan ajratib olinadi va yuviladi. Tayyor 
bo'lgan xom ashyo bonkalarga solinib, marinad eritmasi bilan to'ldiriladi. 
Mevalardan assorti tayyorlasa ham bo'ladi (masalan, olma olxo'ri, uzum) 
Marinad eritmasi sabzavotga qanday tayyorlangan bo'lsa, mevalarga ham shunday 
tayyorlanadi. Marinad eritmasiga quyidagi ziravorlar qo'shiladi: shakar 15-30%, 
tuz 1-2%, korisa 0-0,15%, chinnigul bargi 0,04-0,05%, qora murch 0,05-0,06%, 
lavr bargi 0,03-0,04%. 
Sirka kislotasi quvvatini areometr yordamida aniqlanadi (17-rasm). Agarda 
sirka esensiyasi solinadigan bo'lsa u holda uni pasterizasiyalashdan keyin solinadi. 
Vazifa. Sabzavotlarni marinadlash paytida o'tkaziladigan darsda mevalarni 
ham marinadlash bo'yicha dars o'tkaziladi. Faqat talabalar ikki guruhga bo'linadi, 
ya'ni birinchi guruh sabzavot, ikkinchi guruh meva marinadlash bo'yicha 
mashg'ulot o'tishadi. 
Talabalar o'z guruhiga topshirilgan vazifani bajarib bo'lgach, ular o'rin 
almashinadi, ya'ni sabzavot marinadlari tayyorlash topshirilgan talabalarga mevalar
meva topshirilgan talabalarga sabzavot topshiriladi (A1, X1, X2, I-s).


92 

2

2-rasm. Areometr turlari: 1-areometr; 2-spirtometr; 3-saxarometr. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling