Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jixoz va materiallar: 1. meva sabzavot xom ashyosi; 2. GOST 30306-95 standarti; 3. jadval malumotlari. Ishlash tartibi.
1-vazifa: Pomidor tuzlash 2-3 kishidan iborat guruhlarga bo'linib o'quv tajriba xo'jaligida amaliyotda bajariladi. Har bir zvenoga quyidagi topshiriq beriladi: pomidor navini o'lchami bo'yicha saralash, namakob quvvatini aniqlash va idishni tayyorlash. Ziravor tarkibi, saqlash sharoitlari aniqlanishi kerak. 2-vazifa: tuzlangan tayyor pomidorda tuz, sut kislotasi mikroini aniqlash, mahsulotga organoleptik baho berish. Buning uchun ham talabalar 3-4 kishilik guruhlarga bo'linib, mahsulotni tahlil qilishadi va natijalar umumlashtirilib, umumiy xulosa chiqariladi. O'zlashtirish uchun savollar. 1-rasm. Sabzavotlarni tuzlashga mo'ljallangan yog'och bochka 98 1. Nima uchun bodring tuzlash uchun kechki navlari ishlatiladi? 2. Tayyor tuzlangan mahsulotda necha foiz sut kislotasi bo'lishi kerak? 3. Ortiqcha sut kislotasi hosil bo'lmaslik uchun nima qilish kerak? 4. Nima uchun pomidorni tuzlash uchun kechki navlari ishlatiladi? 32-ish. Meva va sabzavotlarni qayta ishlashda chiqadigan chiqitlardan moy olish texnologiyasi (4-soat) Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga meva va sabzavotlarni qayta ishlashda chiqadigan chiqitlardan moy olish texnologiyasi va danakli mevalarning mag'zidan olingan moy mahsulotlarining sifatini baxolashni o'rgatish. Jixoz va materiallar: 1. meva sabzavot xom ashyosi; 2. GOST 30306-95 standarti; 3. jadval ma'lumotlari. Ishlash tartibi. Meva va sabzavotlarni texnologik qayta ishlaganda hosil bo'ladigan chiqitlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) yaxshi pishmagan, mexanik jarohatlangan, shakli va o'lchamlari bo'yicha standartlar talabiga javob bermagan mevalar va sabzavotlar; 2) meva va sabzavotlarni qayta ishlaganda hosil bo'ladigan urug'lar, urug' kameralari, danakli mevalardan chiqadigan suyaklar, meva boldoqlari, mezgalar; 3) o'simlik xom ashyolarini maydalash, ezish, ekstraksiya, blanshirovka qilish, dastlabki qaynatish jarayonida hosil bo'ladigan suyuq chiqitlar; 4) Tarkibida sog'liq uchun xavfli va zararli moddalari mikroi ruxsat etiladigan me'yorlardan ko'p bo'lgan mevalar, sabzavotlar va ularni qayta ishlab olingan mahsulotlar; 5) mikroorganizmlar bilan zararlangan mevalar, sabzavotlar va ularni qayta ishlab olingan mahsulotlar. Mikroorganizmlar bilan zararlangan mevalar va sabzavot chiqitlaridan oziq– ovqat sanoatida foydalanilmaydi. Ulardan faqat o'g'it sifatida, qoramollar uchun oqsil va biogazlar olishda foydalanish mumkin. Yuqorida qayd etganimizdek, meva va sabzavotlarni qayta ishlashda chiqit sifatida danakli mevalarning suyaklari, urug'li mevalarni va uzumlarni qayta ishlaganda esa ularning urug'lari ajratiladi. Bu ikkinchi darajali xom ashyolarni yog'ga boy bo'lganligi uchun ulardan yog' ajratib olishda foydalanish mumkin. Quyidagi 1-jadvalda danakli mevalarni kompotlar, sharbatlar, murabbo, djem, pomidlo singari mahsulotlar olish uchun qayta ishlaganda chiqadigan chiqitlar mikroi bo'yicha ma'lumotlar keltirildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling