Shaxsiy fazilatlar:
Muvaffaqiyatli nomzod quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi lozim:
Til bilish darajalari va o‘rganish ehtiyojlari har xil bo‘lgan o‘quvchilarga yo‘naltirilgan puxta tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, tashkil etish va olib borish;
O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqaradigan mustaqil o‘rganuvchi bo‘lib yetishishlari uchun ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini va qobiliyatlarini rivojlantirish va kuchaytirish;
Ta’limga yo‘naltirilgan munosabatlarni o‘rnatish;
Birgalikda samarali dars tashkil qilish va o‘qitish imkonini beruvchi hamkorlik va jamoaviy ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
Texnologiyalardan ta’limni to‘g‘ri tashkil qilishda ishonchli foydalana olish, doimiy o‘z faoliyatini tahlil etuvchi va o‘rganishdan to‘xtamaydigan shaxs bo‘lish;
O‘quvchilar, xodimlar hamda ota-onalar bilan samarali va ziddiyatlarsiz, boshqalarga namuna bo‘ladigan munosabat o‘rnata olish;
Jamiyat bilan hamnafas holda, xalqaro miqyosda fikrlay olish va ijtimoiy faollikni namoyon qilish.
|