Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: G`afur G`ulom. “Sog`inish”she`ri.Nazariy ma`lumot: qofiya (2/2) Darsning maqsadi: a)ta`limiy:G’afur G’ulomning “Sog’inish”she’rini g’oyaviybadiiy tahlil qilish,qofiya haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida tinchlikni qadrlash,otaonaga mehrmuhabbat tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning ifodali o’qish,she’r tahlil qilish malakasini oshirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish; Dars turi:mustahkamlash; Dars uslubi:ifodali o’qish,she’r tahlili,bahs; Dars jihozi :G’.G’ulom siymosi,badiiy asarlari,II jahon urushi yuzasidan tasvirlar; Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; 2.”Vaqt ”she’ri asosida bahs va she’rni ifodali so’rash; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Aqliy hujum. 1.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz? 2.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting 3. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan? 4. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida? 5.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi? 6.Qaysi to`plami uchun adib Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi? 7.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi? 8.G`.G`ulomning 100yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi? 9. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz? 10.Vaqt va uning qadri haqida gapiring.Sizningcha vaqt nima? II.“Sog`inish” she`rida G`.G`ulom “o`zbek otasi”ning bo`rtma ,umumiy , hamma uchun tanish, yaxlit siymosini yaratadi.Bu she`rda otalarimizga xos bo`lgan jamiki fazilatlar o`z aksini topgan.Ularning samimiyligi , jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehru muhabbati, kuzatuvchanligi , tantiligi,andishasi…barchabarchasi shu she`rda namoyon bo`lgan. Sizlarni keldi deb eshitgan kuni, O`zing to`qib ketgan katta savatda To`latib shaftoli olib chiqaman, G`alaba kunlari yaqin ,albatta. Shoir bu samimiy satrlarni 1942yilda bitgan edi.Haqiqatda esa urush 1945yilning may oylarida tugadi.Urushda omon qolgan jangchilar ayni shaftoli pishig`ida ortga qaytadilar.Shoirning chin dildan aytgan so`zlari ayni haqiqat bo`lib chiqdi. II.”Sog’inish”she’rini ifodali o’qish va savoltipshiriqlar ustida ishlash. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.She`riy asarlar muayyan bir o`lchov –vazn asosidagi ritm(bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega bo`ladi.Ular o`zining musiqiyligi, histuyg`ular bo`rtma shaklda ifodalanishi bilan o`quvchiga tez va samarali ta`sir ko`rsatadi.Lirik satrlarda muayyan bir kayfiyatga alohida urg`u beriladi,ritmik ohang mazmun bilan uyg`unlashib ketadi. She`r tuzilishida , uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi qofiyaning katta ahamiyati bor. Misra yakunida so`z, qo`shimcha, ba`zan esa so`z birikmalarining ohangdosh bo`lib kelishi she`riy qofiya deyiladi.Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi vat a`sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi.She`r o`qiganimizda, uni yoddan aytganimizda yoki tinglaganimizda qofiya misraning tugaganligidan darak berayotganini yaqqol his etamiz: Boshing egib, ta`zim ayla, shukrona ayt Seni guldek erkalagan chaman uchun, Osmonlarda yurgan bo`lsang , tuproqqa qayt, Aytgil ,do`stim, nima qildik Vatan uchun? She`riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud:to`liq(to`q) va to`liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar. To`liq (to`q) qofiyada qofiyadosh so`zlarning tovush tarkibi to`la mos keladi: “bahorim” “dildorim” “so`ralar” “mo`ralar” kabi To`liqsiz(och) qofiyalarda so`zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: “dahriy”“qahridan” , “tutun” “Alovuddin” kabi Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor.U she`r bandidagi misralarning o`zaro qofiyalanish tartibini anglatadi. II.”Sog’inish ”she’ridagi qofiyadosh so’zlar ustida ishlash. III.Shoirning boshqa badiiy adabiyotlardagi she’rlaridan o’qib,g’oyaviybadiiy Mustahkamlash 1.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz? 2.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting 3. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan? 4. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida? 5.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi? 6.Qaysi to`plami uchun adib Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi? 7.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi? 8.G`.G`ulomning 100yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi? 9. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz? Uyga vazifa: “Sog`inish” she`rini yodlash. IV.Test sinovi: 1.”Sog’inish”she’rida asosiy timsol A.O’zbek onasi B.O’zbek otasi C.O’g’il D.Vatan himoyachisi 2.She’rda qaysi meva badiiy tasvir vositasi sifatida olingan? A. Shaftoli B.O’rik C.Olma D.Gilos 3.Ajratilgan so’zlarni izohlang. Uzilgan bir kiprik abad yo’qolmas, Shunchlar mustahkam xonayi xur shid. Bugun sabza bo’ldi qishdagi nafas , Hozir qonda kezar ertagi umid. A.Radif B.Qofiya C.Turoq D.Bayt 4.G’afur G’ulom qaysi to’plami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan? A.”Turksib yo’llarida” B.”Yalavbardorlikka” C.”Ko’kan” D.”Sharqdan kelayotirman” 5.Adib 2003 yilda qaysi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan? A.”Buyuk xizmatlari uchun” B.”Shuhrat” C.”O’zbekiston qahramoni” D.”Mustaqillik” Javoblar:1. B 2. A 3. B 4. D 5.A Uyga vazifa:”Sog’inish”she’rini yod olish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish. O’quvchilar bilimini baholash. Sana: Adabiyot 8sinf Mavzu: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi. “Mirzo Ulig`bek” fojeasi Darsning maqsadi: a)ta`limiy: Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi haqida bolim va ma’lumotlar berish; b)tarbiyaviy: o`quvchilarni onaVatanga muhabbat,adabiyotga qiziqish ,sadoqatlilik ruhida tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish; Dars turi: yangi bilim berish; Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,bahs; Dars jihozi :darslik,Maqsud Shayxzoda siymosi,asarlari. Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; 2.Shoir ijodidan yod aytib,tahlil qilish. Darsning mohiyatini anglash boqichida: 1.“Iskandar Zulqarnayn” ertakdostonini 5sinfda o`tgan edik.Bu asar kimning qalamiga mansub? 2.Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga oid nimalarni eslaysiz? Maqsud Shayxzoda 1908 yilda Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tavallud topadi.Boshlang`ich va o`rta ma`lumotni o`zi tug`ilgan shahrida olgach ,Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o`qishga kiradi.1925yildan boshlab Darbanddagi 1bosqich ozarboyjon maktabida , Bo`ynoqdagi ta`lim va tarbiya texnikumida o`qituvchi b/b ishlaydi.1927yilda aksilinqilobiy tashkilot a`zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928yilning fevralida Toshkentga surgun qilinadi.Maqsud Shayxzoda Toshkentga kelgach ,turli gazetajurnallarda adabiy xodim, 19351938yillarda O`zbekiston Fanlar Komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi TDPIning o`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qiladi. Shayxzoda o`zining dastlabki ijod namunalarini 1929yildan boshlab e`lon qila boshlagan: 30yillarda “Loyiq soqchi”, “O`n she`r”, “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat”, “O`n ikki”, “yangi devon”, “Saylov qo`shiqlari” nomli she`riy to`plamlari nashr etildi. Urush yillarida “Kurash nechun”, “Jang va qo`shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko`ngil deydiki”, kabi she`riy to`plamlarini va “Jaloliddin Manguberdi” dramasini yozdi. Urushdan keyingi yillarda “O`n besh yilning daftari”, “olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu`la”, “Chorak asr devoni” kabi to`plamlarini nashr ettirdi.1958yilda “Toshkentnoma” dostonini yozdi. Maqsud Shayxzoda liroepik janrda ham muvaffaqiyat bilan qalam tebratgan ijodkor.U “O`rtoq mulk”, “Tuproq va haq”, “Chirog`”, “O`rtoq”, “Meros”, “Ovchi qissasi”, “Iskandar Zulqarnayn”, “O`n birlar”, “Jenya”, “Oqsoqol” , “Ahmadjonning hikoyalari”, “Uchinchi o`g`il”, “Nurmat otaning tushi” kabi dostonlarning muallifidir. Darsning mustahkamlash bosqichida: I. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasini sinfda rollarga bo`lgan holda o`qish II. Savol va topshiriqlar ustida ishlash. 1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering. 2.M.Shayxzodaning 1958yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi? 3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering. II.Test sinovi: 1.Maqsud Shayxzoda qayerda tavallud topgan? A.Qirg’iziston B.Qozog’iston C.Ozarbayjon D.Dog’iston 2.U qanday oilada tug’ilgan? A.Shifokor B.O’qituvchi C.Olim D.Hunarmand 3.”Loyiq soqchi”,”Undoshlarim ”,”O’n she’r”,”Uchinchi kitob”…kabi she’riy to’plamlari qachon nashr etilgan? A.1940yillarda B.1930yillarda C.Urush davrida D.1950yillarda 4.”O’rtoq mulk”,”Tuproq va haq”,”Choroq”,”O’rtoq”,”Meros”…kabi asarlari qaysi janrda yozilgan? A.Doston B.Drama C.She’riy to’plamlar D.Nasriy asarlar 5.Urush davrida yozilgan asarlari to’g’ri berilgan qatorni toping. A.”O’rtoq”,”Meros”,”Iskandar Zulqarnayn” B.”Oqsoqol”,”Uchinchi o’g’il”,”Olqishlarim” C.”zamon torlari”,”Shu’la”,”Chorak asr devoni” D.”Kurash nechun”,”Jang va qo’shiq”,”kapitan gastello”,”Ko’ngil deydiki” Javoblar:1.C 2.A 3.B 4.A 5.D Uyga vazifa: “Mirzo Ulug`bek” tragediyasini o`qib,mazmunini o`zlashtirish Sana:__________________________ Mavzu: 4nazorat ishi Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish; d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars tipi : Nazorat Nazorat turi: Test Test miqdori : 20 ta Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta Reglament : 45 daqiqa Darsning borishi 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism O`qituv chining bahosi Javoblar Savollar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 Uyga vazifa: Takrorlash Sana:_______________________________ Mavzu: Takrorlash Darsning maqsadi: a)ta`limiy: chorak davomida egallangan bkmlarni takrorlash; b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ezgulikni tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars tipi : Takrorlash Dars turi: Aralash Dars usuli: Induktiv Dars metodi: savoljavob Dars jihozi : Mavjud ko`rgazmalar Darsning borishi 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism Takrorlash 1. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher Navoiy hayotida qanday rol o`ynadi? 2. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday? 3. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan? 4.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini qo`llaydi? 5. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab bering. 6Alisher Navoiyning “qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan? 7. Begona bayt deganda nimani tushunasiz? 8. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim? 9.Nodira atrofida qaysi shoiralar ijod qilgan edi? 10.Nodiraning ijodiy merosi haqida gapiring. 11.Nodira qaysi taxalluslar bilan ijod qilgan 12.Nodiraning turkiy evonidan nechta g`azal o`rin olgan? 13.Nodira ijodi va hayotida Amir Umarxonning o`rni qanday bo`lgan? 14.Fitratning tahsil yo`nalishini aytib bering 15.Fitratning ilk asari qanday nomlanadi? 16.Fitratning ilmiy asarlarini sanab bering 17.Fitratning dramatik asarlarini sanab bering 18.Fitratning yangi maktablar un yozgan asarlari qaysi? 19.Fitratning o`zbek tili va adabiyotiga bag`ishlab yozgan asarlarini ayting 20.Fitratning “Mirrix yulduziga” she`rining bosh mavzusi nima haqida? 21.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz? 22.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting 23. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan? 24. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida? 25.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi? 26.Qaysi to`plami uchun G`.G`ulom Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi? 27.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi? 28.G`.G`ulomning 100yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi? 29. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz? 30. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering. 31.M.Shayxzodaning 1958yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi? 32.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering Qatorlararo bahru bayt musobaqasi Uyga vazifa: Chorak davomida o`tilganlarni takrorlash. Sana: Mavzu:Maqsud Shayxzoda . “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi Darsning maqsadi: a)ta`limiy: “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi haqida bilim va ma’lumotlar berish,asarni ifodali o’qib,g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviy: og`uvchilar qalbida adolat,haqiqat,ilm ahliga va buyuk allomalarga ehtirom tyg’ularuni tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: og`uvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish; Dars turi:noan’anaviy; Dars usuli:bahs,ifodali o’qish,asar tahlili; Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,Mirzo Ulug’bek siymosi va tarixiy asarlar; Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: Takrorlash uchun savollar: 1.Maqsud Shayxzoda qachon va qayerda tug`ildi? 2.Maqsud Shayxzodaning Toshkentga kelish qolish sababini tushuntiring. 3.M.Shayxzoda o`z ijodini necha yoshida boshlagan va uning dastlabki she`rlari Qachon nashr etilgan? 4. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering. 5.M.Shayxzodaning 1958yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi? 6.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering 7. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasidagi Ulug`bek obrazi haqida gapiring. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Mirzo Ulug’bek haqida qanday ma’lumotlarga egasiz ,asarda Ulug’bek qanday timsollarda tasvir etilgan? II.Mirzo Ulug`bekAmir Temurning suyukli nabirasi, ya`ni to`rtinchi o`g`li Shohrux Mirzoning farzandi , u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan.Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy ma`lumotlar juda ko`p.Shulardan biri Alisher Navoiyning “Majolis unnafoyis” asaridir.Shoir bu asarning yettinchi majlisini temuriy shohlar ,sakkizinchi majlisini Husayn Boyqaroga bag`ishlaydi.Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko`rgani,dramani yozishda behisob ilmiytarixiy manbalarga murojaat qiladi. Adib asarda Ulug`bek yashagan davrni , u hukmronlik qilgan saylov muhitini ko`z o`ngimizda yaqqol gavdalantirgan.Mirzo Ulug`bek hayotida ko`p voqealar yuz bergan.U oliy hukmdor , buyuk olim sifatida ko`p narsalarni o`z boshidan kechirgan.M.Shayxzoda asarga asosan ikki yo`nalishdagi voqealarni ,ya`ni saroy ixtiloflari va buyuk olim borgan ilmiy izlanishlarni yoritishga jazm qilgan. Asar bilan tanishganimizda bizda ikki xil tuyg`u paydo bo`ladi.Mirzo Ulug`bek bir tomondan qattiqqo`l,butun Xurosonni o`z qo`lida saqlab qolish uchun har qanday chorani ko`rishga tayyor hukmdor sifatida , ikkinchi tomondan , ilmfanning jonkuyari , jahonshumul kashfiyotlar qilgan olim, fan ahlini jonidan ortiq ko`radigan,biroq saroydagi fisqfasod ,ig`vo ishlar oldida ojiz bir inson sifatida tasvirlanadi. Dramada Ulug`bek qiyofasi uning ko`proqasardagi boshqa qahramonlar orqali ochiladi,masalan,Ali Qushchi, Sakkokiy, Shayxulislom Burhoniddin,Chin,Hind,Farang,Misr,Rus elchilari bilan bo`lgan muloqotda ilmfan homiysi , buyuk olim, ma`rifat fidoyisi kabi xislatlari namoyon bo`lsa,Abdulatif Mirzo , uning mahrami Abbos,Qozi Miskin kabi saltanat dushmanlari ,ig`volarga bo`lgan munosabatida mutaassiblikka qarshi kurashgan ashaddiy kurashgan inson sifatidagi xarakteri ochiladi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Mirzo Ulug’bek ”tragediyasidan ifodali o’qish va asarni g’oyaviy – badiiy tahlil qilish: Mirzo Ulug`bek hukmdor,katta saltanat egasi bo`lganiga qaramay , avvalo,insoniy fazilatlardan begona bo`lmagan ,o`z farzandiga mehribon ota. Shu o`rinda marhum shoir Muhammad Yusufning Mirzo Ulug`bek xotirasiga bag`ishlab yozgan quyidagi misralari go`yo Ulug`bek tilidan aytilganini aytmasdan ilojimiz yo`q. Sezmay qoldim o`shanda chog`im Yulduzlarda ekan nigohim Bilmadim ne edi gunohim Men dardimni kimga aytaman M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi asosida rejissor Latif Fayziyev tomonidan “Ulug`bek yulduzi” nomli film suratga olingan. II.Mustahkamlash uchun savollar: 1. Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub dramatik asarlarni sanab bering. 2.M.Shayxzodaning 1958yilda yozilgan dostoni qanday nomlanadi? 3.M.Shayxzodaning tarixiy mavzudagi dramalarini sanab bering 4. Mirzo Ulug`bek tragediyada qanday inson sifatida gavdalantiriladi? 5. “O`g`illardan yalchimagan ,benasibpadar, O`z shogirdin o`g`il deya topar tasalli” Ulug`bek qaysi shogirdini “o`g`lim” deb tasalli topadi? III.Test sinovi: 1.”Har kun besh bor aytar edim :butun yer yuzi Torlik qilar,sig’dirolmas ikki….”Amir Temur nazdida dunyo dunyo qaysi ikki narsani bag’riga sig’dirolmaydi? A.Quyoshni B.Podshoni C.Oyni D.Ro’yoni 2.”Xoja Ahror kelishini kutib quturgan, Yovvoyi it qalandarlar daydib yurmoqda”,deganda Abdurazzoq Samarqandiy Kimlarni nazarda tutgan? A.Abdulatif Mirzoning odamlari B.Taxt xoinlari C.Abbos D.Adolat va haqiqat 3.Mirzo Ulug’bek “Farmonlarga oxirgi imzom”,deganda Ulug’bek qaysi farmonni nazarda tutadi?A.Piri Zindoniyni qamoqdan ozod qilishni B.Abdulatif Mirzoga taxtni topshirishni C.Ulug’bek rasadxonasida ishni to’xtamaslikni D.Olimlarga adolatli munosabatda bo’lishni 4.Mirzo Ulug’bek necha yil taxga hukmronlik qiladi? A.38 yil B.35 yil C.30 yil D.40 yil 5.”O’g’illardan yalchimagan ,benasib padar, O’z shogirdin o’g’il deya topar tasalli?” Bu o’rinda kim nazarda tutilgan? A.Sakkokiy B.Abdurazzoq Samarqandiy C.Ali Qushchi D.Bek Arslon Javoblar:1. B 2.A 3.A 4. D 5.C Uyga vazifa: O’quvchilar bilimini baholash Adabiyot 8sinf Sana: Darsning mavzusi:Maqsud Shayxzoda “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi tahlili.Qahramonlarga tavsif.Nazariy ma’lumot:tragediya Darsning maqsadi: a)ta’limiyasarni g’oyaviybadiiy tahlil qilish,qahramonlarga tavsif berish va tragediya haqida nazariy ma’lumot berish; b)tarbiyaviyasarda ilgari surilgan adolat,haqiqat,jaholatga qarshi kurash,buyuk ajdodlarga hurmat va ehtirom tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning fikrlash salohiyati,dunyoqarashi va nazariy bilimlarini takomillashtirish. Darsning turi:mustahkamlash; Darsning uslubi:ifodali o’qish,asar tahlili,bahs,nazariy ma’lumot; Darsning jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,Mirzo Ulug’bek siymosi va ilmiy asarlar,tarqatmalar; Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida “Mirzo Ulug’bek”asari yuzasidan savoljavob; 2.Asar voqealari rivoji yuzasidan darslikdagi savoltopshiriqlar ustida ishlash. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Asardan parchalar ifodali o’qib,uni g’oyaviybadiiy tahlil qilish va matn ustida ishlashbahs munozara asosida; Xizmatimda,suhbatimda yurgan do’stlarga, Arboblarga qasos tig’I botirilmasin! Bu shartimga ahli parda rozimi? Mirzo Ulug’bek taxtni o’g’li Abdulatifga topshirar ekan,ulardan mamalakatda fitna – fasot tugatilishini,qo’shni xalqlqrga yurish qilib,xalqqa naftat yog’dirmaslikni,ahli ulamolarga zarar yetkazmaslikni,haramidagi ayollat nomiga g’ubor tekizmaslikni,kutubxona,kitoblari va rasadxonaga zavol yetkazmasliklarini so’raydi. Men davramda do’stlarimni ko’raman yana, Demak,bizga o’lim yo’qdur ,men bo’lmasamda. Bu Ulug’bekning so’ngi so’zlari edi.Ha ,Mirzo Ulug’bek nomi o’chmaydi.U osmonimizda hart un yulduz bo’lib chaqnaydi.Uning “Ziji Ko’ragoniy ”asari necha asrlardan buyon yulduzlar ilmini o’rganish uchun ham muhim manbadir… II.”Mirzo Ulug’bek ”fojeasi haqida berilgan adabiy maqola ustida ishlash. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Savollar: 1.Badiiy adabiyotning turlarini aytib bering 2.Dramatik turlarni sanab bering. 3. “Mirzo Ulug`bek” fojeasining yakuni sizda qanday taassurot qoldirdi? 4.Oxiri fojea bilan tugallanadigan asarlardan qysilarini bilasiz ? 5.Oxiri fojea bilan tugallanadigan asarlar qanday asarlar deb yuritiladi? II.Tragediyaadabiyotningdramatikturjanrlaridanbiribo`lib, uninglug`aviyma`nosiyunonchatragos –echki , ode –qo`shiq; tragediya –echkiqo`shig`ima`nosinianglatadi. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis shrafiga xalq bayramlari o`tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so`yilib dasturxonga qo`yilgan.Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib yurishib , turli sahna tomoshalarini ko`rsatishgan.Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan.Keyinchalik bu so`z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo`llana boshlagan. Tragik asar ,ya`ni tragediyaning boshqa sahna asarlari(komediya, drama, monodrama , intermediya)dan farqi shundaki,u qahramonlar o`rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi,qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o`rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi.Fojeiy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi , ichki kolliziya (qaramaqarshilik,to`qnashuv) kuchliligi, personajlar o`rtasidagi konfliktning o`ta kuchli Ekanligi bilan farqlanadi.Tragediya murosasiz kurash ,g`oyatda keskin ziddiyat zaminiga quriladi.Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli , suronli siyosiy voqealar , turli ijtimoiy , shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko`rsatiladi. Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayotmamot masalalarini ko`tarib chiqadi.Ijobiy qahramon istagi ,qarashlari bilan u yashagan muhit o`rtasidagi ziddiyat tragediyaning asosiy kolliziyasi (qaramaqarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni e`zozlagan , haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o`limi bilan tugaydi.Biroq bu qayg`uli , faqat ko`zyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg ko`zda tutgan ezgu g`oyalarning tantanasi , kelajakka katta ishonch bilan yo`g`rilgan ijtimoiy ruhning g`olib kelishidir.Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida o`zlarining kaltabinliklari , ma`naviy tubanliklari , taraqqiyot dushmanlari kabi “xislat”larini fosh etadilar.fojeiy sahna tomoshasi so`ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham o`limi bilan tugaydi. Tragediyaning paydo bo`lishi antic davr marosimlariga to`g`ri keladi.Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki so`yib bayram qilishlari , “echki qo`shig`i” degan iboraning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan omildir.Haqiqiy tragik asarlarni yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib o`zining kamolot bosqichiga ko`tarildi.Esxilning “Zanjirband Prometey”, “Oresteya”, Sofokl “Shoh Edip”, “Antigona”, Evripidning “Elektra”, “Medeya”, “Gerakl” kabi tragediyalarni optimistic ruh ,adolat va haqiqatning qaror topishi , yuksak insoniy tuyg`ularning maromiga yetkazib tarannum etishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna san`ati , xususan, tragediyasining dovrug`i jahonga yoyilishiga sabab bo`ldi. Yevropada tragediya uyg`onish va unan keyingi davrarda ham keng rivojlandi.Ispan dramaturglari Lope de Vega ,Kalderon , ingliz yozuvchisi V.Shekspir,nemis dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri A.S. Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratadilar.Ular yaratgan “Otello”, “Gamlet”, “Romeo va Julyetta” , “Boris Godunov” kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlarining sahnasida takror takror o`ynalmoqda. O`zbek adabiyotida tragediyaning go`zal namunalarini Mahmudxo`ja Behbudiy – “Padarkush” (1911) , Abdurauf Fitrat – “Abulfayzxon” (1926), “Mirzo Ulug`bek” (1961) tomonidan yaratildi. Takrorlash Savollar bilan ishlash 1.Adabiy turlarni sanab bering 2.Tragediya so`zining kelib chiqishi haqida gapiring . 3.Tragediyaning otasi kim? 4.Tragediyaning g`ozal namunalarini sanab bering 5.O`zbek adabiyotida yaratilgan qanday tragediyalarni bilasiz? III.Tragediya haqida darslikda berilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish. IV.Test sinovi: 1.Mirzo Ulug’bekning qotili kim ? A.Abbos B.Ota Murod C.Berdiyor D.Yigitali 2.”Yetim qolgan el dardiga kuyib yig’layman, Bosh qo’yaman tuprog’iga ulug’ insonning”.Bu fikrlar kimga tegishli? A.Ali Qushchi B.Berdiyor C.Sakkokiy D.Piri Zindoniy 3.Ulug’bek Ali Qushchini kim deb atagan? A.Aziz shogirdim B.Farzandi arjumand CYaqin insonim D.Suyukli o’g’lim 4.”Tragediya”so’zi qanday ma’noni anglatadi? A.Mungli qo’shiq B.Fojeali asar C.Echki qo’shig’I D.Ziddiyatlar olami 5.Koinotning chamanida ochgan yo’limz, Yo’lchilarsiz qolmas,biling,aziz muallim! Orta borar yulduz soni jadvalingizda, Qoningizda o’sib chiqar shodlik gullari. Asar oxirida berilgan bu umidli so’zlar kimga tegishli? A.Ali Qushchi B.Berdiyor C.Ota Murod D.Sakkokiy Javoblar:1. A 2.D 3.B 4.C 5.A Uygavazifa:Asar qahramonlariga tavsif O’quvchilar bilimini baholash Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: 5nazorat ishiga tayyorlanish. Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi” Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish; b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida mehrmuhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi:nazorat; Dars uslubi:bahs,asar tahlil,savoltopshiriqlar ustida ishlash,reja tuzish; Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tganmavzuvauygavazifaniso’rash: 1.Tarqatmalar asosida asar yuzasidan savoljavob o’tkazish; 2.Asar qahramonlariga tavsif. Dar sningmohiyatinianglashbosqichida: I.”Mirzo Ulug’bek”tragediyasidan parchalar o’qib,g’oyaviybadiiytahlilqilish: Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim, Og’ir bo’ldi qismat menga qo’ygan vazifa. Men , sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand, Donishmandlar tepasida sulton sanaldim. Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim Mirzo Ulug’bek bu misralari orqali davlatchilik faoliyati ma’rifatchilik asosiga qurilganligiga ishora qiladi.Ma’rifattufayliyurtniobod qilgan Ulug’bek nomi halihamon adolatvahaqiqat,ilm va ma’rifat nomlari bilan birga tilga olinadi… II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. Dar sningmustahkamlashbosqichida: I.Insho mavzusi yuzasidan bahsmunozara: “MirzoUlug’bek–ilm va ma’rifat homiysi” II..Mavzuga oid reja tuzish 2.Qisqa fikrlarni yig`ish Mirzo Ulug`bek ilm va ma`rifat homiysi Reja : I.Kirish: 1.Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi. 2. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi M.Shayxzodaning shoh asari. II.Asosiy qism: 1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…”. 2.Mirzo Ulug`bek kamolotida Amir Temur va Shohruhning o`rni. 3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar. III.Xulosa: 1. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasio`zbek dramaturgiyasi gultoji. 2.Mirzo Ulug`bek zakosi mangu ,barhayot. Uygavazifa:”Mirzo Ulug’bek ilm va ma’rifat homiysi”mavzusidagi inshoning qoralama nusxasini yozib kelish. O’quvchilar bilimini baholash. Takrorlash. Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: 5nazorat ishi Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi” Darsning maqsadi: a) ta`limiy o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari asosida bkmlarini nazorat qilish; b) tarbiyaviyo`quvchilar qalbida mehrmuhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash; d) rivojlantiruvchiog`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi:nazorat; Dars uslubi:bahs,asar tahlil,reja tuzish,insho yozish; Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.O’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rish ,kerakli izoh va tushunchalar berish hamda insho yozishga tayyorlanish; II.O’quvchilarning insho yozish jarayonini nazorat qilish; Darsning mustahkamlash bosqichida; I. Mirzo Ulug`bek ilm va ma`rifat homiysi Reja : I.Kirish: 1.Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi. 2. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasi M.Shayxzodaning shoh asari. II.Asosiy qism: 1. “Temurbek naslidin Mirzo Ulug`bek…” 2.Mirzo Ulug`bek kamolotida Amir Temur va Shohruhning o`rni. 3. Ulug`bek Mirzo va Abdulatif Mirzo o`rtasidagi munosabatlar. III.Xulosa: 1. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasio`zbek dramaturgiyasi gultoji. 2.Mirzo Ulug`bek zakosi mangu ,barhayot. Bobolardan so`zladim, ammo Bir kalom bor so`z avvalida. Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor, Ko`ragoniy jadvallarida. Qotil qo`li qilich soldi mast, Quyosh bo`lib uchdi tillabosh. Do`stlar ko`kda yulduzlar emas, U Ulug`bek ko`zidagi yosh. Yerda qolgan o tanim manim, O`zbekiston ,Vatanim manim. Maqsud Shayxzoda tarixiy dramatik asarlar ustasi.Ayniqsa,uning “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi tarix va haqiqat bilan yaqindir.Unda Mirzo Ulug’bek buyuk va adolatli shoh,xalqparvar hukmdor,ilm ahli va ma’naviy meros g’amxo’ri,buyuk olim sifatida gavdalanadi.Mirzo Ulug’bekAmir Temurning suyukli nevarasi.U buyuk Temur saltanatini saqlay olmaganidan afsuslanadi va Temur ruhidan madad so’raydi. O’z taxtini Abdulatifga topshirayotgan dam u xalqqa,ilm ahliga adolat qilishni,buyuk merosga ,ahli ayol nomusiga ziyon keltirmaslikni so’raydi.O’z o’g’illaridan mehr ko’rmagan Ulug’bek Ali Qushchini “farzandi arjumandim”deb ataydi. Madrasada va rasadga yetmagay zavol! Kutubxonam,kitoblarim saqlansin omon!.. Bugun Mirzo Ulug’bek qalblarda va tilarda mehr bilan tilga olinadi.Bugun ham “Ziji jadidi Ko’ragoniy”jadvali yulduzlar ilmi uchun muhim manba hisoblanadi. Har tun yulduzlar nuri ila bu ulug’ siymoni yod etamiz… Ma’rifatning dargohiga qo’ydim ixlosim, Og’ir bo’ldi qismat menga ortgan vazifa. Men,sultonlar o’rtasida bo’ldim donishmand, Donishmandlar tepasida sulton sanaldim. Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo, Bu o’lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim. Uyga vazifa:Darslikdan tashqari badiiy asarlar o’qish. Adabiyot 8sinf Sana: Darsning mavzusi:5nazorat ishi tahlili Insho. Mavzu:”Mirzo Ulug’bek – ilm va ma’rifat homiysi” Darsning maqsadi: a) ta`limiy o`quvchilarning olgan bilim va ko’nikmalari,shu bilim vako’nikmalar asosida yozgan insholarini tahlil qilish; b) tarbiyaviyo`quvchilar qalbida mehrmuhabbat,adolat,haqiqat,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,ota onaga hurmat tuyg’ularini tarbiyalash; d) rivojlantiruvchiog`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi:mustahkamlash; Dars uslubi:tahlil,ijodiy ish; Dars jihozi:darslik,”Mirzo Ulug’bek”asari ,Ulug’bek siymosi,tarixiy va badiiy asarlar,tarixiy shaxslar timsoli; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.O’quvchilarning 5nazorat ishidan olgan baholarini izohlash va tahlil qilish; II.Xatolar ustida ishlash: a)imlo xatolari ustida ishlash; b)ishoraviy xatolar ustida ishlash; d)uslubiy xatolar ustida ishlash. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Ijodiy ish: Tariximizning buyuk timsollari Reja: 1.Ajdodlar merosi muqaddas. 2.Men buyuk yurt farzandiman. 3.Buyuk bobolar izidan. Biz Amir Temur,Mirzo Ulug’bek,Jaloliddin Manguberdi ,To’maris,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur,Abu Ali ibn Sino,Beruniy,Xorazmiy,Forobiy …kabi mard ,jasur,oqilu dono ajdodlar avlodimiz.Ular bizga mardlik,ulug’ saltanat,adolat,haqiqat bilan birga yuksak ma’naviy xazinalrni meros qilib qoldirganlarki,bu buyuk xazinalar halihanuz dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.Ular yaratgan ilm sirlari dunyo ilm ahliga dasturamal bo’lib kelmoqda… Men shunday buyuk yurt farzandi ekanligimdan g’ururlanaman.Bu g’urur meni ular merosini asrashga,ular izidan borishga undaydi.Chunki ajdodlarga munosib farzand bo’lmoq joiz. Buyuk bobolar izidan borib,yurt nomini dunyoga taratmoq,erkinlik nashidasi ila yuksakliklarga intilmoq,ozodlik ruhini asray bilmoq har bir yurt farzandi uchun ham farz,ham qarzdir.Buyuk bobolar ruhi bizni hamisha bizni qo’llagay.. II.Buyuk bobolar haqidagi she’rlar va badiiy asarlar yuzasidan suhbat… Bobolardan so`zladim, ammo Bir kalom bor so`z avvalida. Osmon ilmi tug`ilgan ilk bor, Ko`ragoniy jadvallarida. Qotil qo`li qilich soldi mast, Quyosh bo`lib uchdi tillabosh. Do`stlar ko`kda yulduzlar emas, U Ulug`bek ko`zidagi yosh. Yerda qolgan o tanim manim, O`zbekiston ,Vatanim manim III.Ijodiy ishlar tahlili. Uyga vazifa:Tarixiy shaxslar haqidagi sh’erlardan yod olish va tarixiybadiiy asarlar o’qish. Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: Usmon Nosir hayoti va ijodi. “Yurak” she`riy dostoni Darsning maqsadi: a)ta`limiy Usmon Nosir hayoti va ijodi haqida bilim berish,”Yurak” she’rini ifodali o’qish ,she’rni g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida adabiyotga qiziqish,she’riyatga shaydolik,go’zal insoniy fazilatlarni singdirish; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’riyatga bo’lgan qiziqishini va dunyoqarashini takomillashtirish; Dars turi:yangi bilim berish; Dars uslubi:nazm gulshani,tahlil,bahs; Dars jihozi :8sinf adabiyot darsligi,Usmon Nosir siymosi,badiiy asarlar; Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida “Mirzo Ulug’bek”darmasi yuzasidan savoljavob; 2.Dramadan olgan taassurotlar. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Savollar: 1.30yillar qatag`oni haqida nimalarni bilasiz? 2.30yillarda qatag`onga uchragan ijodkorlardan kimlarni bilasiz? II.Nazm gulshani:Quyi sinflarda o’tilgan Usmon she’rlari asosida. III.Usmon Nosir 1912yilning 13noyabrida Namangan shahrining “Chuqurko`cha” dahasida tug`ildi.Usmon Nosir 4 yasharligida onasi bilan Qo`qon shahriga ko`chib keldi. Masodiq Nosirhoji xonadonida kamol topa boshladi.Shu yerlik bolalar qatori internatda o`qib tarbiyalandi.O`rta maktabda va Samarqanddagi o`zbekiston dorilfununida o`qib yurgan kezlaridayoq u shoir Usmon nosir bo`lib tanildi. U.Nosirning nomi yigirmanchi yillarning oxirlaridayoq o`quvchilarga tanila boshladi.O`ttizinchi yillarda esa , uning asarlarini kitobxonlar intiqlik bilan kutadigan shoirga aylandi. Endi uni “tabiatan shoir”, “tug`ma shoir” deb ta`rifladilar .Ana o`shanda U.Nosir 20 yoshlarda edi. Usmon Nosir 18 yoshidan 24yoshigacha bo`lgan davrda ijod qildi.Shu qisqa 67 yil ichida u beshta she`r to`plami : “Quyosh bilan suhbat”,“Safarbar satrlar”,“Traktorobod”,“Yurak”,“Mehrim” Ikkita doston:“Norbo`ta”,“Naxshon” To`rtta drama: “Atlas”,“Zafar”,“So`nggi kun”,“Dushman”asarlarini yaratdi Badiiy tarjima sohasida ham shoir o`ziga xos tarjimonlik madaniyatini va poetik didini namoyish qilgan edi. N.A.Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” asari V.I.Kirshonning “Ulug` kun”dramasini A .S.Pushkinning “Bog`chasaroy fontani” M.Yu.Lermontovning “Iblis”nomli dostonlarini shuningdek Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko`pgina asarlarni o`zbek tiliga tarjima qildi. U .Nosirning 1927 yildan 1932yilgacha bol`gan ijodida publisistika,voqealarga publisistik munosabat , publisistik pafos va ritorika ko`proq ko`zga tashlanadi. Shuning uchun uning she`rlari chaqiriq bo`lib yangraydi.Bu xususiyat usmon Nosir ijodining zamon talabiga hozirjavobligini ko`rsatdi. “Usmon she`riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo`ronday!U shunday to`polon va to`lqin bilan keldiki,unchamuncha she`riy uslub vaijodni to`sto`s qilib yubordi.Uni o`zimizda “O`zbekning Lermontovi”Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo`ldi” deb yozishdi”,deydi shoir TurobTo`la. Usmon Nosir 1944yil 23martda 32 yoshida Uzoq Sharqda vafot etdi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.She’rim !Yana o’zing yaxshisan, Boqqa kirsang ,gullar sharmanda. Bir men emas,hayot shaxsisan, Jonim kabi yashaysan manda. “Yana she’rimga” Sen yuragimning chashma suvisan, Sen ko’zlarimning gavhar nurlari. Sening bahongni kim so’rasa,de: “Bahom –umrning bahosiga teng”. “She’rim” Bargdek uzilib ketsam, Unutmas meni bog’im. Ishimni hurmat qilur, Gullardan haykal qurur. She’rlarim yangrab qolur, Ming yillardan keyin ham Unutmas meni bog’im. (“Bog’im”) Usmon Nosir har bir she’rida ichki kechinmalarini bayon qilib,dardiztiroblarini,orzuo’ylarini bayon etadi.Mana shu misralar orqali shoir mangu yashaydi. II.”Yurak”she’rini ifodali o’qish,g’oyaviybadiiy tahlil qilish; Yurak,sensan mening sozim, Tilimni nayga jo’r etding. Ko’zimga oyni berkitding, Yurak,sensan ishqibozim… Shoir bu she’rida ham qalb tug’yonlarini soddalik va ta’sirchanlik bilan ifoda etadi.Shoir har bir yurakni Vatanni sevishga..undaydi… Itoat et! Agar sendan Vatan rozi emas bo’lsa, Yoril,chaqmoqqa aylansen, Yoril!Mayli tamom o’lsam. III.Test sinovi: 1.Usmon Nosir 20yoshida qanday nom bilan ta’rifladilar? A.Tabiatan shoir,tug’ma shoir B.O’zbekning Lermontovi C.Sharq Pushkini D.Bo’ronday kuchli 2.”Atlas”,”Zafar”,”So’nggi kun”,”Dushman”asarlari qanday janrda yozilgan? A.She’riy ro’plam B.Doston C.Drama D.Ballada 3.”Sen yuragimning chashma suvisan, Sen ko’zlarimning gavhar nurisan”,deb shoir nimaga ta’rif beradi? A.Yurakka B.Orzuo’ylariga C.She’rga D.Asarlariga 4.“Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi.Balki bo’ronday!...”Bu fikrlar kimga tegishli? A.Cho’lpon B.Usmon Azim C.Turob Tola D.E.Vohidov 5.Moskva gazetalarida Usmon Nosir qanday ta’riflanadi? A.”O’zbekning Lermontovi” B.”Sharqda Pushkin paydo bo’libdi” C.”Tug’ma shoir” D.”Tabiatan shoir” Javoblar:1. A 2.C 3.C 4.C 5.B Uyga vazifa:Otilganlarni o’zlashtirish va “Yurak “she’rini yod olish O’quvchilar bilimini baholash. Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: U.Nosir. “Nil va Rim” va “Monolog”she’rlari Darsning maqsadi:a)ta`limiyUsmon Nosirning “Monolog”va “Nil va Rim ”she’rlarini ifodali o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviyshe’rlarda ilgari surilgan mehrmuhabbat,jaholatga qarsgi kurashish,iliq tuyg’ular ruhida tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning sh’er tahlil qilish,ifodali o’qish ,fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillaashtirish; Dars turi:mustahkamlash; Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,qiyoslash; Dars jihozi :Adabiyot darsligi, Usmon Nosir siymosi,tarqatmalar; Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish, navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida usmon Nosir hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; 2.Shoirning “Yurak”she’rini yod olish. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Savollar: 1.U.Nosir qachon qayerda tug`ilgan? 2.U.Nosirning bolaligi qanday kechgan? 3.U.Nosir nechanchi yillarda shoir bo`lib tanilgan? 4.U.Nosirning she`riy to`plamlarini sanab bering 5.U.Nosirning dramalarini sanab bering. 6.U.Nosirning she`riy dostonlarini sanab bering 7.U.Nosir qanday asarlarni tarjima qilgan? 8.U.Nosir haqida qanday fikrlar bildirildi? II.”Nil va Rim”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish. Tayanch tushunchalar: Ro,Aziriso,Tifonqadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi Fir`avnqadimgi Misr davlatini boshqargan hukmdor Munis,Ramzes,Kleopatraquldorlik davri Misr hukmdorlari Avval bahor osmonidekerta bahor osmonidek Ochun –dunyo,olam Homer –qadimgi yunon shoiri ,ko`zi tug`ma oiz bo`lgan SezarRim imperiyasini boshqargan hukmdor Spartak –Rim quldorlik tuzumiga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonning rahbari Sud –ma`no, mohiyat Aflotun (Platon)qadimgi yunon faylasufi Vergiliy –qadimgi yunon shoiri …To Minisdan Ramzesgacha ,Ramzesdan nari “Malika qiz”Kleopatra hukmron davri. Undan tortib …yana uzoq ,yana ko`p yillar Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo`llar. Ko`zyoshidan dil toshidan qurilgan haykal Mag`rur turar ,mag`rur boqar hech biron mahal Na odamdan ,na zamondan qo`rqmas asti u. G`azabini yutib o`lgan qullar dasti bu! Ushbu misralarda shoir o`zi la`natlayotgan davrda hayot ,tiriklik mantig`i insoniy turmush tarzining oyog`i osmondan keltirilganini mana shu “g`alati o`xshatish”lar orqali ham bo`rttirib ifodalaydi. Fir`avnlarning qabri bo`lmish Misr ehromlari , bu mamlakatdagi tosh haykallari ,mana necha asrlarki, “na odamdan, na zamondan qo`rqadi”.Ular shu qadar mustahkam ,shu qadar chidamli.Holbuki, shoir nazarida , bularning bari “G`azabini yutib o`lgan qullar dasti”dir.Xo`rlik, nochorlik, alamli hayot og`riqlariga qarshi mahkam tugilgan inson mushti ular. Asarda naqarotdek ikki bor qaytarilgan , “Mana menman , u isyonning o`lmas avlodi…” deya boshlanuvchi fidoyi hayqiriq ,go`yo U.Nosir o`zini kutayotgan og`ir rksizlik , surgun zulmatlariga oldindan ko`tarilayotgan isyondek yangraydi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Monolog”she’rini ifodali o’qish va g’oyviybadiiy tahlil qilish; Sevgi!Sening shirin tilingdan, Kim o’pmagan,kim tishlamagan? Darsding yovday tilib ko’ksidan, Kim qalbidan qonlar to’kmagan? Ishqmuhabbat jahon adabiyoti,tasviriy va qo’shiqchilik san’ati ,musiqasining doimiy va hech qachon ohori to’kilmaydigan mavzisidir.”Monolog” she’ri sevgimuhabbat mavzusi mutlaqo yangi nuqtayi nazardan turib yoritilgan ,talqin etilgan o’lmas asar hisoblanadi.She’rda muhabbat dostonlarining go’zal timsollari,ularning jasorati va sadoqati kuylanadi…Mashhur tatar shoiri Xodi Toqtash”Muhabbat o’zi eski narsa,lekin har bir yurak uni yong’orta(yangilaydi)”,deb aytgan edi. II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash; III.Test sinovi: 1.Firavnlar .. A.Qadimgi Misrni boshqargan hukmdorlar B.Xudolar nomi C.Quldorlar nomi D.Quldorlik davri Misr hukmdori 2.”Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo’q…”misrasida qanday san’at qolllanilgan? A.Jonlantirish B.O’xshatish C.Tazod D.talmeh 3.”Odam bilan hayvon o’yin ko’rsatar emish…”misrasida shoir qaysi voqeaga murojaat qiladi? A.Masxarabozlarning hayvonlarni o’ynatishi B.Odamlarni hayvonlarga tiriklayin yedirish C.Qullar va yo’lbarslar olishuvi D.Odamlarning hayvonlarhi qirib yuborishi 4.”Muhabbat ul o’zi eski narsa,lekin har bir yurak uni yong’orta(yangilaydi) ”,degan fikr kimga tegishli? A.Turob To’la B.Oybek C.Usmon Nosir D.Xodi Toqtash 5.”Dezdemona ,gunohsiz dilbar, Jigar qonlaringni ichgan kim?...”Dezdemonaqaysi asar qahramoni? A.”Hamlet” B.”Otello” C.”Qirol Lir” D.”Anna Karenina” Javoblar:1.A 2.B 3.C 4.D 5.B Uyga vazifa:She’rlardan birini yod olish O’quvchilar bilimini baholash. Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: Asqad Muxtor hayoti va ijodi Darsning maqsadi: a)ta`limiy: Asqad Muxtor hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy:o`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyatini takomillashtirish; Dars turi:yangi bilim beruvchi; Dars uslubi:nazm gulshani,suhbat,matn ustida ishlash; Dars jihozi :darslik,Asqad Muxtor siymosi,tarqatmalar; Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida o’tilgan mavzular yuzasidan savoljavob; 2.Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodidan namunalar yod etish; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Nazm gulshani:quyi sinflarda yod olingan Asqad Muxtor she’rlari asosida: Ko’k yuzida pag’a bulut,oq bulut, Oq bulutdan sut yog’armi yoki qut. Pag’a bulut yaxshi ko’klam elchisi, Havolarda yomg’ir isi,sel isi… II.XX asr o`zbek she`riyati ,nasri, tarjimachilik san`ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor.Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o`rgangan,badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatida qaragan bu adib o`zidan boy va ibratli meros qoldirdi. Asqad Muxtor 1920yilning 23dekabrida Farg`ona shahrida temiryo`lchi oilasida tavallud topdi.Bo`lajak adib 11 yoshga yetganda otasi vafot etadi. Asqad Muxtor balog`at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi,o`qiydi. 1936yilda Toshkentga kelib jurnalistlar tayyorlaydigan kurslarga o`qishga kiradi,gazeta tahririyatlarida ishlaydi.1938yilda Asqad Muxtor Samarqanddagi dorilfununga o`qishga kiradi.Urush yillari bu ilm dargohi O`rta Osiyo dorilfununiga qo`shilishi bilan ko`pchilik qatori A.Muxtor ham Toshkentda o`qishni davom ettiradi.Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach ,uni Andijonga ishga yuboradilar.U yerdagi Pedagogika institutida 3 yil davomida o`zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatadi.1945yilda Asqad Muxtorning taqdiri yana Toshkent bilan bog`lanadi.U o`z davrining ko`zga ko`ringan matbuot nashrlari“Yosh leninchi”, “Qizil O`zbekiston” gazetalarida bol`im mudiri ,mas`ul kotib vazifalarini bajaradi.19601965yillar oralig`ida Asqad Muxtor Respublikaning eng yirik adabiy nashri “Sharq yulduzi” jurnaliga muharrirlik qiladi.U “Guliston”jurnaliga , “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” haftalik gazetalariga muharrirlik qiladi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish. II.Asqad Muxtorning adabiy merosi haqida: Asqad Muxtor badiiy ijod bilan ham muntazam shug`ullanadi: 19351938yillarda “Tilak”, “Tong edi” , “Totli damlar”nomli ilk she`riy asarlari dunyo yuzini ko`radi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Asqad Muxtor “G`alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tug`ishganlar qaytdi”, “Sog`inish” singari o`nlab she`rlari urush davri o`zbek poeziyasi namunalari bo`lib qoldi. She`riy to`plamlari “P`olat quyuvchi”1947,“Hamshaharlarim”1949 “Rahmat ,mehribonlarim”1954,“Chin yurakdan”1956 “99 miniatura”1962,“Karvon qo`ng`irog`i”1964 “She`rlar”1966,“Quyosh belanchagi”1971 “Sizga aytar so`zim”1978 Nasriy asarlari: “Daryolar tutashgan joyda”1950 “Buxoroning jin ko`chalari”1980 “Bo`ronlarda bordek halovat”1982 “Jar yoqasidagi chaqmoq”1982 “Kumush tola”1987 isngari qissalari “Davr mening taqdirimda”1964 “Chinor”19691973 “Amu” 1984kabi romanlari nashr ettirildi Bolalarga bag`ishlangan “Chinyurakdan” 1956 she`riy to`plam “Hayotga chaqiriq” 1956 “Dunyo bolalari”1962 hikoyalar to`plami Asqad Muxtor tarjimabilan ham unumli shug`ullandi.U buyuk dramaturg Sofokl qalamiga mansub “Shoh Edip” asarini o`zbek tiliga tarjima qildi.Bundan tashqari Pushkin,Lermontov, Tagor,Mayakovskiy, Blok,Gorkiy,Shevchenko singari klassiklardan ajoyib namunalr tarjima qildi Asqad Muxtor umrining oxirida –sog`lig`i yomonlashib qolganda ham badiiy ijoddan to`xtamadi. Uning “Uyqu qochganda” “Tundaliklar” deb nom berilgan badiiyfalsafiy mushohadalari asari uning yaqqol dalilidir. II.Test sinovi: 1.Asqad Muxtor qanday oilada tavallud topgan? A.Temirchi B.Temiryo’lchi C.Kosib D.Ziyoli 2.19601965yillarda shoir qaysi jurnalga muharrirlik qiladi? A.”Sharq yulduzi” B.”Jahon adabiyoti” C.”Gulxan” D.”Til va adabiyot” 3.Ikk she’riy to’plamlari berilgan qatorni toping: A.”Chin yurakdan”,”Karvon qo’shig’i” B.”Dunyo bolalari”,”Tong” C.”Tilak”,”Tong edi”,”Totli damlar” D.”G’alaba ishonchi”,”She’rlar” 4.”Opasingillar”,”Tug’ilish”,”davr mening taqdirimda”asarlari qaysi janrda yozilgan? A.Qissa B.Hikoya C.She’rlar D.Roman 5.Adibning 1962yilda yozilgan hikoyalar to’plami: A.”Dunyo bolalari” B.”Amu” C.”Hayotga chaqiriq” D.”Chin yurakdan” Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.D 5.A Uyga vazifa:Darslikda berilgan “Chinor” romanidan olingan parchani o`qish. O’quvchilar bilimini baholash. Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romani Darsning maqsadi: a)ta`limioquvchilarga “Chinor”romani,uning tuzilishi haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida qarindoshlar o’rtasida mehrmuhabbat,ezgulik tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:o’quvchilarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini takomillashtirish; Dars turi :yangi bilim berish; Dars uslubi:ma’lumot berish;ifodali o’qish,asar tahlili,bahs; Dars jihozi : “Chinor”romani, darslik,tarqatmalar; Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: Savollar ustida ishlash 1.Asqad Muxtor qachon qayerda tug`ilgan? 2.Asqad Muxtorning bolaligi qanday kechgan? 3.Asqad Muxtorning tahsil yo`nalishini aytibbering 4.Asqad Muxtor qaysi gazeta va jurnallarda ishladi? 5.Asqad Muxtorning ilk she`riy asarlarini aytib bering 6.Asqad Muxtorning dastlabki she`riy to`plamlarini sanab bering 7.Asqad Muxtor qalamiga mansub romanlarni sanab bering 8.Asqad Muxtor qalamiga mansub qissalarni sanab bering 9.Asqad Muxtorning bolalarga bag`ishlangan asarlarini sanab bering 10.Asqad Muxtor umrining so`ngida yozgan badiiyfalsafiy asar qanday nomlanadi? Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.“Chinor”romani Asqad Muxtor romanlari ichida ,ayniqsa, “Chinor” asari muallifga katta shuhrat keltirgan.Bu asar o`ziga qadar yaratilgan o`zbek romanlaridan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalo ,romanning kompozitsion tuzilishi –asar voqea–hodisalarining o`zaro shaklan joylashuvi boshqa asarlardan keskinfarq qiladi.Unda go`yo birbiri bilan bog`lanmaydigan qator hikoyalar ,rivoyatlar, hatto qissalar aralash tartibda kelaveradi.Ularda tasvirlangan voqeahodisalar ham zamon, vaqt nuqtayi nazaridan izchil tizimga buysunmaydi.Masalan, roman yaratilgan davr(o`tgan asrning 60 yillari) hodisalari hikoya qilib borilib, birdaniga asrning boshida yuz bergan fojialar tafsilotiga o`rin beriladi. Aslida ,romanga jalb etilgan barcha kattakichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog`lanadi. Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoqyaqin qarindoshlaridan xabarolgani otlangan Ochil buva olis safarga chiqadi. O`ta qiziqarli va ibratli safar asnosida Ochil bobo peshanalaridagi ajinlar singari birbiriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinamiz. Bu taqdirlar birbiri bilan Ochil buva orqali bog`lanib ,yagona shajaraniazim Chinorni vujudga keltiradi. II.Darslikda berilgan parchadan o’qib ,asarni g’oyaviybadiiy tahlil qilish. Darsninh mustahkamlash bosqichida: I.Bu romandan o`rin olgan hikoya va qissalar ,ko`p asarlarda bo`lgani singari,albatta , yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g`alabasi bilan tugavermaydi.Asarda o`nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo`roni ularni xuddi cho`ldagi bir uyumxashak singari sarson sargardon qiladi. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish , ularni “to`g`ri yo`lga solib yuborishdan” o`zini tiyadi Hozirgi paytda o`zbek adabiyotshunosligida ko`p tilga olinayotgan “shafqatsiz realizm” ko`rinishlarini Asqad Muxtor o`tgan asrning 60yillaridayoq o`zbek romanchiligiga olib kirgan edi.Bu esa adibning tashabbuskorligi (novatorligi)dan dalolat beradi. Ochil bobo azim chinor Akbarali esa mana shu chinordagi “mo`rt bir barg” II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III.Test sinovi: 1.”Chinor”romani qachon yozilgan? A.196970 y B.196973 y C.195455 y D.196063 2.Asardagi barcha qissa,hikoya va rivoyatlar qaysi obraz atrofida birlashadi? A.Bektemir B.Akbarali C.Ochil buva D.Azimjon 3.Bektemir qayerda dushmanga asir tushgan edi? A. Ukraina yaqinidagi qishloqda B.Mozdok yaqinidagi qurshovda C.Berlin chegaralarida D.Sankt Peterburgda 4.Bektemir necha yil sargardonchilikda umr kechirdi? A.12 yil B.10 yil C. 7 yil D.13 yil 5.Bektemir odamlar uning nimasini ko’rishini istar edi? A.Mehnatini B.O’zini C.Mashaqqatlarni yengganini D.Baxtli oilasini Javoblar:1.B 2.C 3.B 4.D 5.A Uyga vazifa:Darslikda berilgan parcha tahlili O’quvchilar bilimini baholash Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romanidan berilgan parcha tahlili Darsning maqsadi: a)ta`limiy: o`quvchilarda badiiy asar tahlil qilish malakasini shakllantirish; b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbidmehr muhabbat,ezgulik,yashashga ishtiyoq,mardlik va jasorat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyatini va dunyoqarashini takomillashtirish; Dars turi :yangi bilim berish; Dars turi:muhokama,tahlil,matn ustida ishlash; Dars jihozi : darslik, “Chinor”romani,tarqatmalar; Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida adib hayoti vaijodi yuzasidan savoljavob; 2.Darslikda berilgan savoltopshiriqlar ustida ishlash. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Aqliy hujum: 1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi? 2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi? 3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik. 4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz? 5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali? II.“Chinor” romanidagiobrazlar: 1. Akbarali 2. Ochilbuva 3. Azimjon 4. Sharofatxola 5. Bektemir 6. Bufetchi Sonya “Chinor” romanidagi joy nomlari: 1. “Shodasoy” 2. “Akbarobod” Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Darslikda berilgan qissadan parchalar o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish: “Akbarali otasiga uncha o’xshamas,novcha ,ingichka,kamgaproq edi.Lekin kechsidagi hikoyalardan keyin oqko’ngil Bektemir aka unga yoqib qoldi,ota o’rniga mehribon bir odam o’tirgandek edi....” Akabarali o`zining faolligi, ishchanligi, mehnatsevarligi bilan do`stlari va rahbarlarning hurmatini qozonadi. Faol ishchi sifatida uning rasmi hatto hurmat taxtasiga qo`yilgan. U o`z sevgan kasbi, sevgan yori bilan bir maromda osuda va tinch hayot kechiradi. Uning kunlari ana shunday osuda o`tayotgan bir paytda , uni yo`qlab otasining xizmatdoshi yo`qlab keladi. Bektemir aslini olib qaraganda Akbaraliga hech qanday yaqinligi yo`q. Faqat urushga ketayotgan paytda bir eshelonda ketishgan.Shundan so`ng qaytib uchrashishmagan. Lekin o`sha bir uchrashuvning o`zida Akbaralining otasi unga yashash joyi, o`g`li haqida gapirib bergan. Bektemir 1942yili Mozdok yaqinidagi qurshovda qolib, uch oy jang qilgandan keyin, ochlikdan sulaygan, o`qdorisiz o`n yetti yarador bilan birga dushmanga asir tushdi. Darmonga kirib olay, sal o`zimga kelib, deb lagerma lager yurib,hamma tanishlarini yo`qotdi. Ularni bir joyda uzoq tutishmas, dam allaqanday yer osti korxonasiga , dam tonnel qurilishiga ,dam tosh karyeriga qo`yishar kechalari bilan notanish yo`llardan kolonna qilib haydashar edi. Bektemir bu yillar ichida nene odamlarni, azoblarni ko`rmadi, bir necha tillarni o`rgandi , nechanecha o`limlardan qoldi, necha xil kasalliklarga yo`liqdi.Endi uning bir ko`rmagani o`lim edi. Hamma narsadan umid uzib , o`limni kutar edi. Urushdan keyin ularni hamma unutib tashlab ketgan lagerdan amerikaliklar qutqardi. Shundan keyin Bektgemir ajalga chap berdi hisobu, lekin endi uning uchun darbadarlikning yangi davri boshlangan edi. Yevropada elmael sudralib yurib rizqini terdi, ikki sog`lom qo`lidan bo`lak tayanchi yo`q edi. Gaplarga qaraganda , Vatanga qaytish xavfli ,u yerda unga o`xshaganlar uchun ham yana lagerlar tayyor emish. Lekin yo`q, vatangadolikning azobi go`r azobi bilan teng ekan. O`n uch yil sargardonlikdan keyin yuragini hovuchlab bo`lsa ham yurtiga qaytdi. Qaytib kelsa “Yaxshi qilibsiz, boring, oilangiz bilan tirikchilingizni qiling” deyishibdi. U tanishlaridan birgina Akabaralini qora tortib keladi. II.Test sinovi: 1.Bektemir konda nima qilishga urindi? A.Odamlarni qutqarishga B.Transfarmatorni o’chirishga C.Akbaralini qutqarishga D.O’tni o’chirishga 2.Akbarali o’z sirini onasidan tashqai yana kimga aytgan edi? A.Hadyaga B.Abdusamadga C.Bufetchi xolaga D.Singlisiga 3.Akbarali qabristonda nimadan qorqdi? A.Bektemir ruhidan B.O’zo’zidan C.Yolg’izligidan D.Onasi vasiyatidan 4.Shodasoy nomi qaysi nom bilan almashgan edi? A.Akbarobod B.Konchilar shahri C.Akbarali G’oziyev D.Qahramon 5.Shodasoyning salqini bilan qayerdandir pishgan..... hidi anqib turar edi. A.Olma B.Behi C.O’rik D.Nok Javoblar:1.B 2.C 3.B 4.A 5.B Uyga vazifa: Asar marni ustida ishlash O’quvchilar bilimini baholash. Sana:_______________________________ Mavzu: Asqad Muxtor. “Chinor” romanidan parcha Darsning maqsadi: a)ta`limiy: “Chinor” romanidagi g`oya haqida suhbat b)tarbiyaviy: o`quvchilarni irodali bol`ib voyaga yetishishga yo`naltirish d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars tipi : Yangi bilim beruvchi Dars turi: An`anaviy Dars usuli: Induktiv Dars metodi: Savoljavob, munozara, dibat Dars jihozi : Darslik, shoirning surati Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II.Asosiy qism Savol va topshiriqlar ustida ishlash 1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi? 2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi? 3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik. 4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz? 5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali? “Chinor” romanidagi fojiali qismat egalaridan biri – Akbarali obrazi . Akbarali tuppatuzuk yigit. Onasini yaxshi ko`radi, urushda o`lgan otasining xotirasiga hurmatni yo`qotmagan. U “bersang –yeyman, ursango`laman” deydigan odamlar xilidan emas. Konda og`ir sharoitda halol mehnat qiladi, yaxshi ishlagani uchun hatto faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Uning qalbi ham insoniy tuyg`ular bilan to`la. Bir qarashda uning hayotdan baxt talab qilishga , umrini tinchxotirjam o`tkazishga haqqi bor. Lekin “Hayotim bir tekis , avvaldan rejalashtirganimdek , ortiqcha g`avg`olarsiz o`tadi” degan kimsa aksariyat hollarda adashadi. Agar hayot rejaga , bir chiziqqa bo`ysunganida edi, insoniyat allaqachon o`ziga jannatni qurib olgan bo`lar edi. Afsuski, “Uyning gapi ko`chaga to`g`ri kelmaydi!” Ancha paytga qadar Akbaralining hayoti bir tekis, ortiqcha tashvishlarsiz kechayotgan , u o`zi sevgan kasbni qilib , tirikchiligini o`tkazib yurgan edi. Agar yarim kechada uning uyiga otasining quroldosh do`sti Bektemir kirib kelmaganida , balki bu sokin hayot uzoq davom etgan ham bo`lar edi... Taqdir deganlari o`z aytganidan qolmadi –Akbaralini bir necha daqiqalik sinovga soldi va shafqatsizlarcha sindirdi! O`sha mash`um daqiqada Akbaralining ichida kamida ikki his bir –biri bilan ayovsiz olishdi. Ulardan biri: “Yur, Bektemirga yordam ber, agar ikki kishi bo`lsalaring, ulgurasizlar! Axir Bektemir otang bilan birga bunaqa xavfning nechtasini yengib kelishgan. Ular cho`chimaganku!”, deb uni oldinga chorlasa , ikkinchisi : “Borma, xavfli ,oldinda o`lim turibdi, yosh joning juvonmarg bo`lib ketadi! Yaxshisiqoch! Joningni , hayotingni saqla!” –der edi. Agar fursat salgina ko`proq bo`lganida , ozgina o`ylabkeyin bir qarorga kelishga imkon berganida edi... Afsuski, bu gal ham alloma Gafur G`ulom aytgan haqiqat isbotlandi. Ba`zida bir nafas olgulik muddat Ming yulduz sonishi uchun yetgulik Ming yulduzni so`ldirishga qudrati yetadigan hal qiluvchi lahzalar Akbarali yulduzni ham so`ldirdi.Endi uning ko`rgan kuni –kun emas. Azob –uqubat , vijdon qiynog`i, qalb so`rog`i... Akbaralining bir lahzalik qo`rqoqligi ikki kishining umriga zomin bo`ldi. Mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash 1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi? 2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi? 3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik. 4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz? 5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali? Uyga vazifa:O`qib –o`zlashtirish Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu:SaidAhmadhayotivaijodi. “Qochoq” hikoyasi Darsningmaqsadi: a)ta`limiySaid Ahmad hayoti va ijodi haqida malumot berish,adibning “Ufq”romani haqida tushuncha berish; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida badiiy adabiyotga qiziqish,otaona va Vatan oldidagi burchni anglash tuyg’ilarini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish. Dars turi:yangi bilim berish; Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlili; Dars jihozi : darslik, Said Ahmad surati, asarlari; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Odil Yoqubov va “Ulug’bek xazinasi”asari yuzasidan bahsmunozara; 2.Asardan olgan taassurotlar va “Buyuk ajdodlar xotirasini yod aylab”… Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.1. “Kelinlar qo`zg`oloni ” spektaklining muallifi kim? 2.Mashshur qo`shiq “Hayhay” ning muallifi kim? II.O`zbekiston Qahramoni –Said Ahmad 1920yilda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. U o`rta maktabni tugatgach, avval Toshkent Rassomlik bilim yurtida , so`ng Toshkent Pedagogika institutida o`qidi va uni 1943yilda tugatdi. Yoshligidan adabiyotga havasmand bo`lgan adib adabiyot darslarida , maktabdagi to`garaklarda faol qatnashardi. Adib dastlab “Mushtum” jurnalida adabiy xodim bo`lib ishga kirdi. Tabiatan hazilmutoyibaga moyil Said Ahmad uchun bu jurnal muhiti yaxshigina ijodiy maktab bo`ldi. Yozuvchining “Mushtum” jurnalida (19381939, 1955 1957), “Yosh leninchi” gazetasida (19401941) O`zbekiston davlat radio qo`mitasida (19411943) , “Qizil O`zbekiston” gazetasida (19431947) , “Sharq yulduzi” (19481950) jurnallari tahririyatlaridagi faoliyati uning yetuk ijodkor bol`ib yetishishiga , elga tanilishiga sabab bo`ldi. Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko`p yozsada , xo`b yozadi. Unig “Tortiq” nomli dastlabki hikoyalar to`plami 1940yilda chop etilgan. Shundan so`ng adibning “Er yurak”, “Farg`ona hikoyalari”, “Cho`l burguti” “Muhabbat” kabi ellikka yaqin kattakichik kitoblari alohida to`plam va ko`p jildliklar shaklida nashr etilgan. Bu asarlarning barchasi zo`r qiziqish va hayajon bilan o`qiladi. Sababi , adabiyotshunoslarimiz ta`kidlaganidek Said Ahmad Oybekning psixologik mahoratini, G`afur G`ulom yumori, A.Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o`zida mujassamlashtirgan adib. Said Ahmad –o`tkir kulgi ustasi. bu xususiyat uning barcha janrdagi asarlariga ko`chgan deyish mumkin. Jumladan adibning “Kelinlar qo`zg`oloni”1976 komediyasi dovrug`i olamga ketgan sahna asari hisoblanadi. Asar o`zining samimiy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan ko`plab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining ham ko`nglini rom etdi.Adib ssenariysi asosida yaratilgan qator kinofilmlar ham xuddi shunday olqishlarga sazovor bo`lgan. Mustaqillik yillarida adib yanada katta g`ayrat bilan qalam tebratdi. U shu yillarda ko`plab publitsistik maqolalar , badialar yozdi, shuningdek, quvnoq yumoristik, jo`shqin lirik hikoyalar, ta`sirchan xotiralar yaratdi. Yozuvchining “Xandon pista”, “Bir op`ichning bahosi” kabi hajviy to`plamlari, “Yoqotganlarim va topganlarim” , “Qorako`z majnun”, “Kiprikdagi tong” kitoblari , 3 jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i aynan istiqlol yillarida yaratildi. Said Ahmad o`zbek adabiyotini romanlar bilan ham boyitdi.1988yilda “Jimjitlik” romanini yozdi. Romanda sho`ro hukumati davridagi zohiran tinch , turg`unlik, aniqrog`i , “jimjitlik” yillarida kechirgan kunlari hikoya qilinadi. Darsning mustahkmlash bosqichida: I.Said Ahmad hayoti va ijodi haqida berilgan maqola matni ustida ishlash. II.”Ufq”romani haqida ma’lumot: “Ufq” romani uch qismdan iborat: 1.“ Qirq besh kun” 2. “Hijron kunlarida” 3. “Ufq bo`sag`asida” Said Ahmad 1947yilda “xalq dushmani” sifatida ayblanib, nohaq qamoqqa olingan , bir necha yil qamoq jabrini tortgan. Said Ahmad 1953yilda oqlangan. Mustaqillik yillarida adibga “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do`stlik” “O`zbekiston Qahramoni” unvoni kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlandi. III.Darslikda berilgan “Ufq” romanidan parchani o`qish I.Test sinovi: 1.Said Ahmad ilk faoliyatini qaysi matbuotdan boshlagan? A.”Inqilob” B.”Til va adabiyot” C.”Mushtum” D.”Gulxan” 2.Adibning ilk hikoyalar to’olami qanday nomlanadi? A.”Tortiq” B.”Muhabbat” C.”Er yurak’ D.”Cho’l burguti” 3.”Kelinlar qo’zg’oloni”komediyasi qachon yaratilgan? A.1978yil B.1976yil C.!988yil D.1970yil 4.”Ufq”romani necha qismdan iborat? A.4 B.5 C.2 D.3 5.Asarning ikkinchi qismi qnday nomlanadi? A.”Ufq bo’sag’asida ” B.”Qirq besh kun” C.”Hijron kunlarida” D.”Ufq” Javoblar:1.C 2.A 3.B 4.D 5.C Uyga vazifa:”Ufq”romanini o’qish.”Qochoq” hikoyasi matni ustida ishlash. Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: Said Ahmad . “Ufq” romanidan parcha “Qochoq” Darsning maqsadi: a)ta`limiy Said Ahmadning “Ufq” romani haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida farzandlik burchini anglash,ona Vatanga munosib xizmat qilish ,ota onaga hurmat,mehnatsevarlik tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishini oshirish; Dars turi:mustahkamlash; Dars uslubi:bahs,asar matni ustida ishlash,tahlil,“erkin fikr“; Dars jihozi : darslik, Said Ahmad surati, kitoblari,”Ufq”romani,II jahon urushi tasvirlari tushirilgan suratlar; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I. Romandan olingan parchada urushdan bir oyog`idan ajrab kelgan Ikromjon va uning noshud og`li Tursunboyning so`nggi kunlari haqida hikoya qilinadi. Ikromjon Vatan uchun jonini kechishga ham tayyor. U olis urush yerlarida qon kechib, matonat ko`rsatgan. Barcha Ikromjonni hurmat qiladi. Ikromjon urushdan nogiron bo`lib qaytadi. Uning xizmatini sharaflab berilgan ko`krak nishoni ham ortidan uyga yuboriladi. Ikromjon urushdan qaytganida o`g`li Tursunboy frontga ketgan edi. Bundan Ikromjonning ko`ngli to`ladi. Barcha yigitlar, tengdoshlari qatori Tursunboy ham Vatan oldida o`z burchini o`tashi kerak deb biladi. Ikromjon urushdan bir oyoq bo`lib qaytgan bo`lsada , u uyda tinch o`tirmaydi. Urush ortida Vatan uchun xizmat qiladi. Ikromjon uchun medal u ishlayotgan kolxozga yuboriladi. Kolxoz idorasida miting uyushtirilib, Ikromjonga mukofot xizmatlari uchun tantanali topshirilayotgan bir kunda uning o`g`lini izlab harbiy prokuror ham keladi. Ammo Ikromjonning hurmati uchun rais buni odamlar oldida ayttirmaslikkka harakat qiladi. Ammo el og`ziga elak tutib bo`lmaydi.Aynan shu davrada Ikromjon yakkayu yagona o`g`li Tursunboyning urushga bormay , xoinlarcha qochib yurganini eshitadi. Aslida Tursunboy uzoqda emas edi. U o`zlariga yaqin to`qayda urushdan qochib bekinib yotgan edi. Buni onasi Jannat xolagina bilar edi, xolos. Jannat xola kasal bo`lishiga qaramay teztez to`qayga qatnar. Arzanda o`g`liga etik, ustara, choy , ovqat tashir edi. Tursunboy esa hayvonga o`xshab faqat qornini to`yg`azishni o`ylar edi. II.Asardan berilgan parchadan ifodali o’qish va asarni g’oyaviybadiiy tahlil qilish Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.Bahs:Onalar farzandlari uchun har nega qodir Jannat xola timsoli orqali Said Ahmad haqiqiy o’zbek onalari siymosini yarata olgan Jannat xola o’z o’gli vatnga xiyonat qilgan bo’lsada,uni mehr bilan boshini silaydi,barchadan uni yashirib,kasal bo’lsada ,to’qayzorga borib uni boqadi,uning xo’rliklariga chidaydi.Ammo qornidan boshqa g’amni o’ylamaydigan Tursunboy to’qayzorda yolg’iz,odamlardan yiroqda yashab hayvon qiyofasiga kiradi.Ona umrini zavol qiladi... II.”Ufq” romani haqida”berilgan adabiy maqola ustida ishlash. III.Test sinovi: 1.Ikromjon o’g’lining qochib kelganini kimdan eshitdi? A.Nizomjon B.Jannat xola C.Tog’a D.Zebi 2.Tursunboy har narsadan kechganda ham,bir narsadan kechmas edi.Bu: A.Onasidan B.Zebidan C.Otasidan kechirim so’rashdan D.Ovqatdan 3. Jannat xola nimadan qattiq cho’chirdi? A.Tursunboyning kasal bo’lib qolishidan B.Ikromjonning o’g’li haqida xabar topishidan C.O’zining kasal bo’lib yotib qolishidan D.O’g’lining xalq nafratiga duchor bo’lib qolishidan 4.Roman so’zi qaysi tildan olingan? A.Yunon B.Fransuz C.Lotin D.Ingliz 5.”Ufq”romani qanday romanlar shakliga kiradi? A.Romandilogiya B.Epopeya C.Romantetralogiya D.Romantrilogiya Javoblar:1.C 2.B 3.C 4.B 5.D III.Roman shakllari haqida tushuncha: Uyga vazifa:asar qahramonlariga tavsif O’quvchilar bilimini baholash. Adabiyot 8sinf Sana: Mavzu: Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi Darsning maqsadi: a)ta`limiyOzod Sharafiddinov hayoti va ijodi,adabiyotshunoslik tarqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat,adabiyotga qiziqizh tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning fikrlash salohiyati,adbiy maqolalarni tahlil qilish malakasini yakomollashtirish; Dars turi:yangi bilim berish; Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlil,Vatan haqida o’ylarim… Dars jihozi : darslik,Vatan haqida tasvirlar,she’rlar,donolar fikri; Tayanch tushunchalar: adabiyotshunos, adabiy tanqidchi, yozuvchi, shoir Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Said ahmad hayoti va ijodi yuzasidan bahsmunozara; 2.”Qochoq”hikoyasida qaysi obraz taqdiri haqida hikoya qilinadi?Hikoyada qaysi davr qalamga olingan?Asar qahramonlariga tavsif bering.Onalar haqidagi she’rlardan yod so’rash. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Ozod Sharafiddinov 1929yilning 1martida Qo`qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog`ida tavallud topgan. Uning bolalik o`smirlik kezlarigina emas , keyingi butun hayoti ham Toshkent shahri bilan chambarchas bog`liq bo`ldi.Ozod Sharafiddinov Toshkent shahrida o`rta maktabni tugallab , O`rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O`zMU)ga o`qishga kiradi va 1951yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Oradan uch yil o`tar –o`tmas , Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini ham yoqlaydi. O.Sharafiddinov mehnat faoliyatining asosiy qismi o`zi o`qigan universitetda kechdi. U 1955 1995 –yillar oralig`ida , qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi . Uning 1996 1997 –yillarda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o`rinbosari , 1997yildan to umrining oxiriga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda barakali , sermahsul yillar bo`ldi. Iqtisodiy qiyinchiliklar va urush yillariga to`g`ri kelgan og`ir bolalik va o`smirlik yillarida ham , adabiyot va san`atga bir yoqlama , hukmron mafkura manfaatlaridan kelib chiqib baho berish talab etilgan o`tgan asrning 50yillarida ham o`ziga qarshi turli ig`volar uyushtirilgan paytlarda ham Ozod Sharafiddinov hayotiy prinsiplardan tonmadi, barcha ko`rgiliklarga bardosh berdi. Albatta, bu kurashlar olimning jismu jonini zangday kemirdi, “qand kasali” day bedavo dardga yo`liqtirdi, biroq uning ruhi doimo tetik , vijdoni uyg`oq qoldi Darsning mustahkamlash bosqichida:. II.Asarlari:dastlabki kitobi: 1962 –yilda chop etilgan 1. “Zamon. Qalb.Poeziya” 2. “Adabiy etyudlar” 1968 3. “Yalovbardorlar” 1974 4. “Iste`dod jilolari” 1976 5. “Birinchi mo`jiza” “Talant –xalq mulki” 1979 y 6. “Adabiyot –hayot darsligi” 1980 y 7. “Hayot bilan hamnafas” 1983 y 8. “Go`zallik izlab” 1985 y Shovshuvga sabab bo`lgan asarlari: 1. “Zaharxanda qahqaha” 1962 y 2. “Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi” 3. “Yurtin madhi bo`ldi so`nggi satri ham ” 1979 4. “ She`r ko`p ,ammo shoirchi? ” 1983 5. “Bir tilda gaplashaylik” 1987 Barcha yerdan yig`ishtirib olingan asari: “Tirik satrlar” Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari: 1. “Yolboshchi” 2. “Mustaqillik me`mori” 3. “Istiqlol jilolari” 4. “Istiqlol fidoyilari”1993 5. “Sardaftar sahifalari”1999 6.“Ma`naviy kamolot yo`llarida” 2001 7.“Dovondagi o`ylar”2004 8.“Ijodni anglash baxti”2004 Ozod Sharafiddinov mukofotlari: 1997 “Mehnat shuhrati”,1999 “Buyuk xizmatlari uchun”,2002 “O`zbekiston Qahramoni” III.Maqola matni ustida ishlash 1. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz? 2. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan? 3. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi? 4. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi? 5. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari? 6. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi? 7. Ozod Sharafiddinov qaysi mukofotlar bilan taqdilangan? IV.Test sinovi:1.O.Sharafiddinovning ilk kitobi? A.”Yo’lboshchi” B.”Ijodni anglash baxti” C.”Zamon.Qalb.Poeziya” D.”Go’zallik izlab” 2.Adib qaysi jurnalda bosh muharrir etib tayinlangan? A.”Til va adabiyot” B.”Sharq yulduzi” C.”Gulxan ” D.”Jahon adabiyoti” 3.Ozod Sharafiddinov “...eng katta boyligim...”deb nimani ataydi? A.Maqolalarini B.Kitoblarini C.O’z yurtini D.Xalqqa xizmatini 4.”O’ylaymanki,o’zini o’zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi...”Ozod sharafiddinov haqidagi bu fikrlar muallifi A.G’ .G’ulom B.Oybek C.I.Karimov D.A.Oripov 5.O’Sharafiddinov “jahon adabiyoti”jurnalining nechta sonini tayyorlashga ulgurdi? A.90 B.50 C.100 D.150 Javoblar:1.C 2.D 3.B 4.C 5.C Uyga vazifa:Ozod Sharafiddinovning “O’lsam,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi matni ustida ishlash,mazmunini o’zlashtirish; O’quvchilar bilimini baholash. Sana: Mavzu:Ozod Sharafiddinov “O`lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi tahlili Darsning maqsadi: a)ta`limiy “O`lsam ayrilmasman, quchoqlaringdan ” maqolasi haqida bkmlar hosil qilish,maqolani ifodali o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviy o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchiog`zaki va yozma nutqni o`stiish; Dars turi:noan’anaviy; Dars uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ijod gulshani; Dars jihozi : darslik,vatan haqida buyuklar so’zlari,Vatanning buyuk siymolari va go’zal qadamjolar tasviri; Darsning borishi : Tashkiliy qism: Darsning mustahkamlash bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdsaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; 1. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz? 2. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan? 3. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi? 4. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi? 5. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari? 6. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi? 7. Ozod Sharafiddinov qaysi mukofotlar bilan taqdilangan? 8. Ozod Sharafiddinovning shov –shuvga sabab bo`lgan asarlari qaysilar? II.Tarqatmalar asosida „O’lsam ,ayrilmasman quchoqlaringdan“adabiy maqolasi yuzasidan bahs munozara: Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.“O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” nomli maqolani o`qib –o`zlashtirish Vatan –ona so`zi naqadar laziz, Sensan har narsadan mo`tabar, aziz, Hurmatingni saqlar har bir o`g`il –qiz , Muqaddas, mo`tabar ulug` Vatanim, O`lsam ayrilmasman quchoqlaringdan Uyg`un Vatan.Vatan tuyg`usi. Vatan muhabbati. Nimadir bular? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan , dunyo ko`rmagan , turmushning pastbalandlaridan bexabar , o`yin –u sho`xliklardan o`zga dardi yo`q bir o`smirning yuragiga jo bo`lib, butun umr uning xattiharakatini, yurish –turishi boshqarib turadi? Bu tuyg`u inson farzandida tug`ma bo`larmikin? Yoki go`dak tamshanatamshana onasini emganida , ona suti bilan birga uning ham tomirlariga yugurarmikin? Umuman, “Vatan” deganning o`zi nima? Tug`ilib o`sgan uyingmi? Beshikda qulog`ingga kirgan mungli va ayni chog`da nurli allami?Buvingning ertaklarimi? Maktabmi? Ilk bor visol onlaringga guvoh bo`lgan so`lim xiyobonlarmi? Albatta, bularning hammasi va yana allaqancha narsalar birlashib , “Vatan” degan narsaning so`nmas timsolini yaratsa kerak. Vatan muhabbati ham shunday: u hammaga ko`z –ko`z qilinmaydi , u tog`risida tantanavor e`lonlar chop etilmaydi, har muyulishda odam ko`kragiga urib , Vatanga oshiqligini pisanda qilmaydi. Madaniyatning yuksak pog`onalariga ko`tarilgan jamiyatlarda odamlar o`z Vatanlariga muhabbatni shovqin –suron ko`tarmay , aqyyuhannos solmay, tamagirliksiz , bepisanda , maqtanchoqliksiz amalga oshiradilar. Vatanga muhabbat bozorga solinadigan matoh emas, balki inson qalbining to`rida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng nafis, eng inja tuyg`udir. II.Vatan haqidagi o`quvchilarning fikrlari tinglanadi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Vatan haqidagi she`r va maqollar Vatanni sev, tuproqni o`p, Har qarichi muqaddas bizga. Cho`lidagi hatto quruq cho`p, Jondan aziz yuragimizga. Oybek Bulbul chamanni sevar, Odam Vatanni; O`zga yurtda shoh bo`lguncha, O`z yurtingda gado bo`l; Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir; II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash; III.Test sinovi:1.Quyidagi fikrlarni O.Sharafaiddinov kimga qarata aytadi? “...ona Vatanni yovdan saqlab qolish uchun ongli ravishda jonini qurbon qilishga otlangan?” A.To’maris B.Spitamen C.Shiroq D.Temur Malik 2.Adabiyotshunos olim Vatanga muhabbatni qaysi muhabbat bilan qiyoslaydi? A.Onaga B.Yordo’stga C.Tabiatga D.Ollohga 3.Chin vatanparvar avlodi ,deb kimlarni talqin etadi? A.Massagetlar B.Boburiylar C.Jadidlar D.Oq kiyimlilarni 4.Prezidentimizning qaysi fikrlari maqolada keng tahlili qilinadi? A.O’zingni ,o’z uyingni o’zing asra. B.Shu muqaddas Vatanda azizdir inson. C.Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur. D.Savob ishni har qilmog’i,har kun qilmog’i lozim. 5.”Qayga borsam,g’oz yurarman,boshda do’ppim gerdayib...”misralari muallifi A.A.Oripov B.E.Vohidov C.G’ G’ulom D.Uyg’un Javoblar :1.C 2.A 3.C 4.D 4.B Uyga vazifa: O`qib –o`zlashtirish.vatan haqida she’rlar yod olish va maqoladan olgan taasurotlar asosida ijodiy ish. O’quvchilar bilimini baholash. Sana:______________________ Mavzu: To`ra Sulaymon hayoti va ijodi. “Iltijo”she’ri Darsningmaqsadi: a)ta`limiyTo`raSulaymonhayotivaijodihaqidabkmlarhosilqilish,”Iltijo”she’riniifodalio’qishvag’oyaviy badiiytahlilqilish; b)tarbiyaviyo’quvchilarqalbidaadabiyotga,she’riyatgaqiziqishvaona –Vatanga,tabiatgamehr muhabbattuyg’ularinitarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish; Dars turi:yangi bilim berish; Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,she’r tahlili; Dars jihozi : darslik, Vatan va bahor tasvirlari,tarqatmalar; Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida III chorakda o’tilgan mavzular asosida savoljavob; 2.Nazm gulshani:Darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I. O`zbekiston xalq shoiri To`ra Sulaymon 1934 –yil 15 –fevralda Jizzax viloyati Baxmal tumanidagiAldashmon qishlog`ida tavallud topgan.Adib yosh paytlarida otasini “quloq” sifatida qamoqqa oladilar. 1939 –yilda otasi qamoqdan qaytadiva oilasini Sirdaryoga ko`chirib keladi. To`ra Sulaymon shu yerdagi qishloq maktabida o`qiydi.Maktabni bitirgach, bir necha yillar davomida maktabda dars beradi. Urushdan keyingi yillar o`qituvchilar yetishmasligi sababli ko`p uquvli o`quvchilar maktabda dars bergani olib qolinardi. Keyinchalik adib Toshkent Davlat Universiteti (O`zMU) filologiya fakultetiga o`qishga kiradi.1958 1964 –yillar mobaynida ham o`qiydi ham ishlaydi. O`qishni bitirib Guliston tumanidagi maktablarda ona tili adabiyot fanidan dars beradi. 1972 1981 yillar davomida Respublika Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyat bo`limi mas`ul kotibi , adabiy maslahatchisi lavozimlarida ishlaydi. Shoining ilk she`rlari 1958 –yildan nashr etila boshlagan Asarlari:1. “Men qayga borar bo`lsam” she`riy to`plam 2. “Qorasoch” dostoni3. “Jahongashta” 1970 doston 4. “Hamqishloqlarim” maqolalar to`plami 5. “Intizor” 19736. “Sirdaryo qo`shiqlari” 1974 7. “Iltijo” 1976 8. “Alhazar” (satirik va yumoristik asarlar to`plami) 1976 9. “To`yboshi” 1977 10. “Sizni eslayman” 1980 11. “Qorako`zginam” 1981 12. “Gulshan” 1988 13. “Sarvinoz” 1989 14. “Xarsang” 1984 15. “Jahonnoma” 1996 16. “Gul bir yon chaman bir yon” 1996 17. “Yovqochdi” 1998 1999 –yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan To`ra Sulaymonga “O`zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi. II.Shoir haqida darslikda berolgan ma’lumotlarni o’zlashtirish,matn ustida ishlash; Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.Darslikda berilgan “Iltijo” she`rini o`qib tahlil qilish: Bahor kelsa,boshlanar bog’da bulbul xonishi, Sa’va,qumri nag’masi,suralay tovlanishi, Qirlarda lola sayli,qishlovlarda yilboshi, To’xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi Bahor,ketma mening bog’imdan. “Iltijo” she`ri chetdan qaraganda yil fasllaridan biri –go`zal bahorga bag`ishlangan. She`rning dastlabki bandida , darhaqiqat, kelinchak bahor kelishi bilan tabiatda yuz beradigan o`zgarish va jonlanishlar tasvirlanadi. Shoir “Bahor, sensiz sahro –yu tog`toshga jon qayda? ” der ekan , bu sahro –beminnat makon qidirib sargardon kezgan vatangado kimsalarning , tog` u toshlar qilmishi, qing`ir zotlarning ramziy ifodasi ekani sifatida tasvirlangan. II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III.Test sinovi:1.Shoirning ilk she’ri qachon chop etilgan? A.1957 y B.1958 y C.1960 y D.1964 y 2.Ilk she’riy to’plami qanday nomlanadi? A.”Istar ko’ngil” B.”Qorasoch ” C.”Intizor” D.”Iltijo” 3.”Qorasoch”,”Jahongshta”asarlari qanday janrda yozilgan? A.She’riy to’plam B.Ballada C.Doston D.Maqola 4.”Iltijo”she’rida qaysi fasl qalamga olinadi? A.Yoz B.Kuz C.Qish D.Bahor 5.She’rda shoir bahorga iltijo qilib,kimlarning taqdiridan kuylaydi? A.Vatanfurushlar B.Vatangadolar C.vatan ishkida kuyganlar D.Vatan haqida kuylaganlar Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.D 5.B Uyga vazifa: She`rni yodlash va shoirning darslikda berilgan she’rlarini tahlil qilish. Ko’rildi: Sana: ______________________ Mavzu: To`ra Sulaymon.She`rlar.”Armon”,”Tavallo”,”Gul bir yon,chaman bir yon”she’rlari Darsning maqsadi: a)ta`limiy To`ra Sulaymon she’riyati haqidagi bilimlarni kengaytirish va “Armon”,”Iltijo”,”Gul bir yon,chaman bir yon”she’rlarini ifodali o’qish va g’oyaviy – badiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviyo’`quvchilar qalbida she’rlarda ilgari surilgan mehrmuhabbat,yurtga munosib farzand bo’lish,onalarni e’zozlash,ona tabiat va go’zallikni qadrlash tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning fikrlash salohiyati vashe’r tahlil qilish malakasini oshirish; Dars turi:noan’anaviy; Dars uslubi:ifodali o’qish,she’rlar tahlili,bahs; Dars jihozi : darslik, she’rlarga oid rasmlar va shoir she’rlari asosida aytilgan qo’shiqlar. Darsning borishi : Tashkiliy ishlar: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Tarqatmalar asosida To’ra Sulaymon hayoi va ijodi yuzasidan savoljavob; 1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan? 2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan? 3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi? 4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi. 5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina boshlaydi? 6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting 7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz? 8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi? II.Nazm gulshani:Shoir she’rlari asosida Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Darslikdagi “Armon” she`rini o`qib, tahlil qilish: “Armon” she`ridagi lirik qahramon dunyoqarashi jihatidan yetuk ma`naviy barkamol shaxs.Uning ko`nglini mayda –chuyda ho –yu havaslari , o`tkinchi manfaatlari armonga to`ldirolmaydi. Bu lirik qahramon o`ziga hayotda nihoyatda katta talablar qo`yadi. O`sha talablarga loyiq bo`lolmaslik uni xavotirga soladi, cho`chisa shundan cho`chiydi: Bemavrid xeshlarimning ko`zlarida yosh ko`rsam, Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko`rsam, Qaysi bir begunohni keng yo`lda adash ko`rsam, Bir betayin kimsaning oyog’iga bosh ko’rsam, Ko`nglimda armon yotar Terskaydagi qor misol She`rning har bir misrasida faqat lirik qahramon taqdiriga emas, balki xalq va millat , kelajak va insoniyat taqdiriga daxldor muammolarni lirik qahramon o`z muammolari deb bilishi ochila boradi. II.”Tavallo”she’rini ifodali o’qish vag’oyaviybadiiy tahlil qilish: “Tavallo” she`ri mushfiq va mushtipar onaizor haqida bo`lib, qachon va qanday vaziyatda bo`lmasin ,farzandi uchun onadan yaqin sirdosh bo`lmasligi haqida fikrlar o`ta ta`sirchan hikoya qilinadi. Birda haqdin, birda nohaqdin, Jabr ko`rsam bir betavfiqdin Ortda tursam qalbi quroqdin, Ohlar urib Onam yig`laydir, Qolganlari yolg`on yig`laydir. III.Darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.”Gul bir y’on,chaman bir yon”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviybadiiy tahlil qilish: Chaman ichinda bir gul,gul bir yon,chaman bir yon, Sarvu sanobarmidirsoch bir yon,suman bir yon, Sahar ,subhi sodiqda mushk bir yon,mijgon bir yon, Tun pardasin tortsa gar,oy bir yon ,osmon bir yon. Shoir bog’ ichidagi go’zal bir gul tasviri orqali go’zal qiz suratini chizib beradi.Bu tasvirda,nafaqat,uning tashqi go’zalligi,balki qalb gozalligi,ibohayosi ham qalamga olinadi.Bu go’zallik Oy,Quyoshni ham bir chetda qoldirib,oshiqlar qalbiga ming dard soladi... II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III.Test sinovi: 1.”Armon”she’rining bosh g’oyasi A.Xalq baxtini kuylash B.Har kimning dardiga sherik bo’lish C.Ruhiy azoblanish D.Baxtli inson kechinmalari 2.”Tavallo”she’rida shoir qaysi ulug’ siymoni qalamga oladi? A.Ota B.Ustoz C.Ona D.Buyuk siymolar 3.”Tavallo”so’zining ma’nosi A.Oh,iltijo B.Orzu C.Armon D.Qalb izhori 4.”...Tun pardasin tortsa gar,oy bir yon,osmon bir..”misrasida shoir yorning qaysi tasvirini beradi? A.Qosh B.Yuz C.Qomat D.Soch 5.”Hakim zoti bor yerda dard bir yon,darmon bir yon, Yoring jafokash bo’lsa ,uy bir yon,zindon bir yon”qanday san’at qo’llanilgan? A.Tazod,tanosub,tashbih B.Jonlantirish ,tashbih C.Talmeh ,tanosub D.Tanosub,tashbih Javoblar:1.C 2.C 3.A 4.B 5.A Uyga vazifa: Shoir she`rlaridan birini yodlash va tahlil qilish O’quvchilar bilimini baholash. Sana: Mavzu:She`rxonlik musobaqasi Darsning maqsadi: a)ta`limiy o`quvchilarda she`rxonlik va she`rxonlik fazilatlarini shakllantirish; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida onaVatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchiog`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi:takrorlash; Dars uslubi:bahs,musobaqa,sher’xonlik,ijodiy fikr; Dars jihozi : darslik, mustaqil o`qilgan asarlar. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish. O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Ozod Sharafiddinovning “O’lsam,ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi yuzasidan savoljavob; 2.Lirik chekinish:”Qiyosi yo’q Vatanim”Vatan haqidagi she’rlar asosida she’rxonlik va adabiy maqola asosida yozilgan ijodiy ishlar tahlili; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.III chorakda o’tilgan ijodkorlar hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob(Maqsud Shayxzoda,Usmon Nosir,Asqad Muxtor,said Ahamad,Ozod Sharafiddinov) II.O’tilgan asarlar asosida bahs: (“Mirzo Ulug’bek”tragediyasi,”Chinor ”romani,”Ufq”romani,”O’lsam ham ayrilmasman quchoqlaringdan”adabiy maqolasi asosida) Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.Ijodiy fikr: Menga yoqqan she’r Yurak ,sensan mening sozim, Tilimni nayga jo’r eting. Ko’zimga oyni berkitding, Yurak,sensan ishqibozim… Ha,bu buloq yanglig’ pok misralar yurak amri bilan ish ko’rish bilan birga,uni Vatanni sevishda,har qarich tuprog’ini qadrlahsga o’rgatadi… I.”Zulfiyatong kuychisi”mavzusi ostida she’rxonlik (Zulfiyaxonimning 100 yillik tavalludlariga bag’ishlab) Salqin saharlarda bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor. Qushlarning parvozi,yellarning nozi, Baxmal vodiylarda,qirlarda bahor… Men o’tgan umrimga achinmay qo’ydim, Hech kimga ko’rmadim umrimga o’xshash. Suydim, Erkalandim, Ayrildim, Kuydim. Izzat nima bildim, Shuda bir yashash… II.Bahrbayt musobaqasi: Aziz asrimizning aziz onlari, Aziz odamlardan so`raydi qadrin Fursat g`animatdir shoh satrlarla Bezamoq chog`idir umr daftari n N elardandir ko`ngil bo`lib g`ash Ham egilib bu egilmas bosh Ko`zlarimdan qalqib tursa yosh Bir mushtipar onam yig`laydir Qolganlari yolg`on yig`laydir. III.Qatorlararo she`rxonlik musobaqasi. Uyga vazifa: She`r yodlash III chorakda o’tilgan mavzularni takrorlash va shu mavzular asosida test,tarqatmalar tayyorlash. O’quvchilar bilimini baholash. Sana:__________________________ Mavzu: 6nazorat ishi Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish; d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars tipi : Nazorat Nazorat turi: Test Test miqdori : 20 ta Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta Reglament : 45 daqiqa Darsning borishi 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism O`qituv chining bahosi Javoblar Savollar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 Uyga vazifa: Takrorlash Sana:______________________________ Mavzu:Takrorlash Darsning maqsadi: a)ta`limiy: III chorak davomida olingan bkmlarni takrorlash; b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida onaVatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars tipi :Yangi bilim beruvchi Dars turi:Odatdagi Dars usuli:Induktiv Dars metodi:Savoljavob,tarmoqlar metodi Dars jihozi :Darslik, tarqatma materiallar Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II.Asosiy qism 1. “Chinor” romani adibning boshqa romanlaridan nimasi bilan farq qiladi? 2.Akbarali obrazi qaysi jihatlari bilan sizda ijobiy taassurot uyg`otdi? 3. “Eng dahshatli yirtqich quyon” Afandining mashhur bu jumlasi bilan Akbarali o`rtasidagi bog`liqlik. 4.Siz Akbaraliga qanday baho berasiz? 5.Bektemir jabrdiydami yoki Akbarali? 6. Said Ahmad qachon, qayerda tug`ilgan? 7. Said Ahmad qayerlarda tahsil olgan? 8. Said Ahmad dastlab qaysi jurnalda faoliyat olib borgan? 9. Said Ahmadning ilk asari qanday nomlanadi? 10.Said Ahmad qalamiga mansub asarlarni sanab bering 11. Said Ahmadning romanlarini sanab bering 12. Said Ahmad qanday unvonlar bilan taqdirlangan? 13. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan? 14. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan? 15. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi? 16.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi. 17. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina boshlaydi? 18. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting 19. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz? 20. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi? 21. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz? 22. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan? She`rxonlik daqiqalari Uyga vazifa: Takrorlash Sana:30.03.2015y9“A”;1.04.2015 y9“B”; Mavzu: O’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash Darsning maqsadi: a)ta`limiy: o’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash va olgan bilimlarni mustahkamlash; b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ilm olish,adabiyotga ,badiiy asar o’qishga qiziqish ona Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilar olgan bilimlarni takomillashtirish. Dars turi : takrorlash Dars uslubi: musobaqa,nazm gulshani,ijodiy ish. Dars jihozi : adabiyot darsligi,tarqatmalar,badiiy asarlar,g’azallar. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida : a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kirobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; Ta’til topshiriqlari asosida suhbat: 1.Ta’tilda yod olingan darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida suhbat; 2.Darslikdan tashqari o’qilgan badiiy asarlar yuzasidan bahsmunozara. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.III chorakda o’tilgan shoir va shoiralar hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol javob.(Abdulla Qodiriy,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon,Oybek,Odil Yoqubov,Abdulla Oripov…) II.Qatorlararo musobaqa: III chorakda yod olingan she’rlar asosida bahru bayt:Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon ,Muso Toshmuhammad o’gli Oybek,Abdulla Oripov she’rlari asosida Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Ijodiy ish: Menga yoqqan she’r Nafis cayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida, Quyoshga ko’tarib bir savat oq gul, Viqorla o’shshaygan qoya labida, Nafis chayqaladi bir tup na’matak… Oybekning bu misralari dilga yaqin satrlar bo’lib,unda insoniylik,kamtarlik va go’zallik tuyg’ulari tarannum etiladi.Na’matak qanchalik yuksakda bo’lmasin,u o’z go’zalligini atrofdagilarga baxsh etishdan charchamaydi.Lekin bu go’zallik bilan u saslo g’ururlanmaydi,aksincha kamtarona ruhda o’zgalarga iliq tuyg’ularni baxsh etadi.. II.Bahs:Menga yoqqan adabiy qahramon Menga Kumush Va Zebi timsollari o’zgacha taasurpt qoldir di.Chunki bu timsollarda hozir da o’zbek qizlari or asida yoqolib borayotgan samimiylik,soddalik ,kamtar inlik,mehrmuhabbat tuyg’ulari o’zgacha r uhda talqin etiladi.Asarni o’qigan sar i qahramonlar taqdiri sizni befarq qoldirmaydi,aksincha asar sizni o’z girdobiga tor tadi.Zebi va Kumush sabr qanoati,muhabbatga sadoqati… har bir qiz uchun ibr at maktabidir … Uygavazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash. O’quvchilarbiliminibaholash. Ko’rildi: 30.03.2015.y Dir .o’r inb: Sana:____________________ Mavzu:Insho tahlili Darsning maqsadi: a)ta`limiy: o`quvchilarning inshoda yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tuzatish; b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida onaVatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars tipi : Takrorlash va tahlil Dars turi: Odatdagi Dars usuli:Induktiv Dars metodi:Savoljavob,test Dars jihozi :Nazorat ishi matnlari Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II.Asosiy qism O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash va mavzuga yo`naltiruvchi savollar 1. Insho matnlari bilan tanishib chiqish. 2. Xatolar ustida ishlash: 1) imloviy xatolar ustida ishlash; 2) ishoraviy xatolar ustida ishlash; 3) uslubiy xatolar ustida ishlash. 3. Baholarni jurnalga qayd etish. O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlash 1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan? 2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan? 3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi? 4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi. 5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina boshlaydi? 6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting 7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz? 8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi? 9. Adabiyotshunos deganda kimni tushunasiz? 10. Ozod Sharafiddinov qachon qayerda tug`ilgan? 11. Ozod Sharafiddinov onasi haqida qanday eslaydi? 12. Ozod Sharafiddinovning ilk asari qanday nomlanadi? 13. Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlari? 14. Ozod Sharafiddinovning qaysi asari barcha yerdan yig`ishtirib olinadi? Uyga vazifa: O`tilgan mavzularni takrorlash Adabiyot 8sinfSana: Mavzu: Muhammad Yusuf hayoti va ijodi,”Vatanim”she’ri Darsning maqsadi:a)ta`limiy Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Vatanim”she’rini ifodali o’qish va she’rni g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviyo`quvchilar qalbida onaVatanga muhabbat,she’riyatga shaydolik va undagi nozik jihatlarni his qilish tuyg’ularini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish; Dars turi:noan’anaviy; Dars uslubi:nazm gulshani,ifodali o’qish,tahlil; Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf siymosi,she’riy to’plamlar; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida To’ra Sulaymon hayoti va ijodi yuzasidan bahsmunozara; 2.Nazm gulshani:To’ra Sulaymon she’rlari asosida; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Muhammad Yusuf she’rlari,unng she’rlari asosida taratilgan qo’shiqlar haqida nimalar bilasiz? II.Muhammad Yusuf 1954yil 26aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898yilda mashhur Dukchi eshon qo`zg`oloni bo`lib o`tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy zahmatkash odamlar orasida tug`ildi. Mana shu qishloqda beg`ubor bolaligi , sho`x –shodon o`smirligi o`tdi. Bu holat ni shoir shunday ta`riflaydi. Nechun qulluq qilmay Andijonga men Shu yurtda tug`ildim,shu yurtda o`sdim. Agar do`stim bo`lsa, bitta u do`stim Nechun qulluq qilmay Andijonga men!.. Yodimga o`t tushsin ,etmasam yodlar Dukchi eshonlari qilgay faryodlar. Uni tavf etgan Mashrabdek zotlar, Nechun qulluq qilmay Andijonga men!.. Muhammad Yusuf o`rta maktabni tugatgach, Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi va uni 1978 –yilda bitiradi.Uning dastlabki she`rlaridan namunalar 1976yilda “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” haftaligi sahifalarida chop etiladi. Ayni shu damlarda o`zbek she`riyati o`zining yuksalish pog`onasiga ko`tarilgan , Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Xurshid Davron singari ko`plab iste`dodlar o`rtasida o`ziga xos ijodiy musobaqa avjga chiqqan edi. Bu ijod davrasiga Muhammad Yusuf ham o`zining samimiy she`rlari bilan kirib bordi. Muhammad Yusuf 19781980yillarda respublika “Kitobsevarlar” jamiyatida , 1980 1986yillar oralig`ida poytaxtning “Toshkent oqshomi” gazetasida , 19861992 –yillarda esa G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida xizmat qiladi. Mana shu nashriyotda ishlash yillari Muhammad Yusufning ijodiy taqdirida muhim o`rin tutdi. Bu paytda nashriyotda Erkin Vohidov rahbarlik qilar edi. Muhammad Yusuf 19921995yillar da “O`zbekiston ovozi” gazetasida , O`zbek milliy agentligi (O`z A) da xizmat qildi.1997yildan e`tiboran shoir O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`inbosari etib tayinlandi. Shoirning birinchi she`rlar to`plami 1985 –yilda nashr etildi: “Tanish teraklar” “Bulbulga bir gapim bor”1987;“Iltijo” 1988 ;“Uyqudagi qiz”1989 “Halima enam allalari” 1989;“Ishq kemasi” 1990;“Ko`nglimda bir yor”1990; “Bevafo ko`p ekan”1991;“Yolg`onchi yor”1992;“Erka kiyik” 1992 “Osmonimga olib ketaman” kabi she`riy to`plamlari va “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” singari dostonlari bor Muhammad Yusuf ning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go`zal go`zal she`rlari o`zining samimiyligi ,soddaligi badiiy mukammmalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning “Vatamin”, “Xalq bo`l, elim”, “Dunyo”, “Inshoolloh”, “O`zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o`nlab she`rlar chinakam she`riyat yurtni qanday kuylamog`i lozimligini isbotlagan asar bo`lib qoldi. 1998yilda “O`zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Darslikda berilgan Muhammad Yusuf haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish; II. Darslikda berilgan “Vatanim” she`rini o`qish va tahlil qilish: Men dunyoni nima qildim, O’zing yorug’ jahonim. O’zim xoqon, O’zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Bu she’rda shoir Vatan tarixidan,buyuk siymolaridan,faxri va g’ururidan jo’shib kuylaydi.Undagi har bir misra qalblarga vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi.Shunday vatan bilan faxrlanish hissini tarbiyalaydi... III.Test sinovi: 1.Shoirning dastlabki she’rlari qaysi matbuotda bosilgan? A.”Sharq yulduzi” B.”Gulxan” C.”O’zbekiston madaniyati” D,”Til va adabiyot” 2.19781980yillarda adib qayerda ishlaydi? A.”Kitobsevarlar”jamiyatida B.”Toshkent oqshomi ”gazetasida C.Yozuvchilar uyushmasida D.”O’zbekiston ovozi”gazetasida 3.Shoirning birinchi she’riy to’plami qachon chop etilgan? A.1985y il B.1987yil C.1977yil D.1988yil 4.”Osmonning oxiri”,”Qora quyosh”asarlari qanday janrda yozilgan? A.Ballada B.She’r C.Doston D.Esse 5.Shoir “Vatanim ”she’rida kimni “faqirni duo qilgan”deb ta’riflaydi? A.Bobur B.Ulug’bek C.navoiy D.Muqanna Javoblar:1.C 2.A 3.A 4.C 5.C Uyga vazifa : She`rni yodlashva darslikda berilgan she’rlar tahlili. O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 6.04.2015.y Dir.o’rinb: Adabiyot 8sinf sana:_______________________ Mavzu: Muhammad Yusuf. “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Yurtim ado bo`lmas, armonlaring bor” she`rlari Darsning maqsadi: a)ta`limiy Muhammad Yusuf she`rlari mazmuni haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy O`quvchilar qalbida onaVatanga muhabbat,mehrmuhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchioquvchilarning dunyoqarashi vafikrlash sslohiyatini takomillashtirish; Dars turi:noan’anaviy; Dars uslubi:ifodali o’qish,tahlil,bahsmunozara; Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf siymosi,she’riy to’plamlari; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Tarqatmalar asosida Muhammad Yusufning hayoti va ijodi yuzasidan bahsmunozara; 1. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan? 2. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan? 3. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering 4. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi? 5. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan ishladi? 6. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi? 7. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz? 8.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting 9. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi? 2.Nazm gulshani:Muhammad Yusuf she’rlari asosida; Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Darslikda berilgan “Mehr qolur,muhabbat qolur” she`rini ifodali o`qish O`tar qancha yillar to`zoni, Bulbullar ko`z yoshi samoni. O`tar inson, yaxshi –yomoni, Mehr qolur,muhabbat qolur. Qorachug`da porlagan o`sha, Iqboliga chorlagan o`sha, Dunyoni tor aylagan o`sha, Mehr qolur,muhabbat qolur. Odamni odam qilib turgan ,uning hayootiga insoniy mazmun baxsh etadigan inja ytuyg`ular , avvalo, mehr va muhabbatdir. Shu tuyg`ular tufayli olamda hayot davom etadi, tiriklik tantana qiladi. Zero, ota onaning farzandga mehri , akaning singilga achinishi , do`stning do`stga madadi , yigitning qizga muhabbati bularning barchasi Mehrdir. Hayotni ,tiriklikni insonlar o`rtasidagi ,ularga yaratgan tomonidan omonat sifatida in`om etilgan mehr va muhabbat atalmish qudrat asrab qoldi. Agar insoniyatga mana shu tuyg`ular u yaratilayotgandayoq berilmaganda ei yoki ular butkul unutilib ketganda edi, hech qanday insoniy kuch , biror qudrat Yerdagi hayotni tugab bitishidan saqlab qololmas edi. Shoir : “Qorachug`da porlagan o`sha, Diydoriga chorlagan o`sha” der ekan , bu noyob tuyg`ular o`zini doim oshkor qilavermasligini ta`kidlaydi. II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.Darslikdagi “Yurtim .ado bo`lmas armonlaring bor” she`rini o`qib ,sharhlash Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni, Onamsanku og`ir olma so`zimni, Qayinbarglar yopib qaro ko`zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. Alhazar,alhazar,ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar, Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek , yov kelganida o`zini chetga olgan ,joni shirinlik qilib, sha`nidan kechgan ,hatto do`stlarini sotgan kimsalarni ham , afsuski, tarix yodidan chiqarmaydi. Ularning kirdikorlari tufayli yurtning “ado bo`lmas armonlari toshlarni yig`latgan dostonlari” paydo bo`ldi. Ayniqsa, sobiq sho`ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz boshidan kechgan musibatlarni unutishga hech kimning haqi yo`q . “Qora ko`zlarini” tug`ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir o`rmonlaridagi “Qayinbarglar yopgan” Usmon nosirning ham barcha qatori yashashga haqi bor edi. Afsuski, o`zimizdan chiqqan sotqinlar , mehrobga in qurgan chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla Qodiriyning ham, Cho`lpon va Fitratlarning ham umriga zomin bo`ldilar. II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III.Shoirning darslikdan tashaqri she’rlaridan ifodali o’qib,g’oyaviybadiiy tahlil qilish; IV.Test sinovi: 1.Nekbin tuyg’ular deganda nimani tushunasiz? A.Insoniy tuyg’ular B.Toza,pok,samimiy tuyg’ular C.illatlar D.kamtarlik va mehnatsevarlik 2.Shoir nekbin tuyg’ular haqida qaysi she’rida kuylaydi? A.”Mehr qolur,mugabbat qolur” B.”Vatanim” C.”Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor” D.”Biz baxtli’lamiz” 3.Shoir qaysi “Mehr qolur,muhabbat qolur”she’rida qaysi xalq asariga murojaat qiladi? A.”Layli va Majnun” B.”Farhod va Shirin” C.”Tohir va Zuhra” D.”Yusuf va Zulayxo” 4.Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor, Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor. Bu baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan? A.Tashbih B.Jonlantirish C.Tazod D.Talmeh 5.Shoir she’rda qaysi shoirni “aybini bilmay ketgan”deb ta’riflaydi? A.Abdulla Qodiriy B.Cho’lpon C.Akmal Ikrom D.Usmon Nosir Uyga vazifa : She`r yodlash va tahlil qilish. O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 7.04.2015.y Dir.o’rinb: Adabiyot Sana:______________________ Mavzu: Muhammad Yusuf. “Biz baxtli bo`lamiz” she`ri Darsning maqsadi: a)ta`limiy “Biz baxtlibo`lamiz” she`rihaqidabkmlarhosilqilish; b)tarbiyaviy O`quvchilar qalbida go’zal insoniy tuyg’ular va mehrmuhabbat fazilatlarini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchiog`zaki va yozma nutqni o`stirish. Dars turi : noan’anaviy; Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Muhammad Yusuf to’plamlari; Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Aqliy hujum: 1. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan? 2. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan? 3. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering 4. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi? 5. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan ishladi? 6. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi? 7. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz? 8.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting 9. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi? 10. “Mehr qolur” she`rida ko`tarilgan mavzu haqida gapiring. 11. “Yurtim ,ado bo`lmas” she`rida shoir qanday kimsalardan hazar qiladi? II.Nazm gulshani:Shoir she’rlari asosida she’rxonli musobaqasi. Darsning mohiyatin anglash bosqichida: I.Darslikda berilgan „Biz baxtli bo`lamiz“ she`rini o`qish va tahlil qilish: Maylida kimgadir yoqsa, yoqmasa Ularga qo`shilib yig`lasharmidik… Biz baxtli bo`lamiz , Xudo xohlasa, Xudo xohlamas, Uchrasharmidik Bu she’rda shoir qalbida jo’sh urayotgan g’ozal his va tuyg’ular haqida kuylar ekan,muhabbatga yana bir bor ozgacha ta’rifu tavsiflar bilan qalamga oladi.She’rda g’ozal ta’rifi mubolag’ali tashbihlar bilan beriladi.Ba’zan bu chiroyni ta’riflash uchun so’z topolmaydi... II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.Shoirning darslikdan tashqari she’rlaridan ifodali o’qish va goyaviybadiiy tahlil qilish: Mening kimligimni Bilmaydi hech kim Men bir g`alatiman, Men alohida. Ko`zimning yoshini Keladi ichgim, Tilimni chaynagim Kelar gohida. Muhammad Yusuf she`rlari o`zining ma`zmun mohiyati bilan o`zbek she`riyatida yetakchilik qiladi.”Surat”she’ridagi bu ajoyib va o’ziga xos tasvir orqali ham buni ko’rish mumkin.Shoir bu misralarda ham tashqi,ham ichki suratini chizar ekan,bu ikki suratning birbiriga hamohangligini yana bir bor his qiladi kishi.Ko’ngil dardi uning siyrati bilan uyg’unlashgan holda chizilgan syratni ko’rasan bunda.. II.She’riyat bo’stoni:Shoir she’rlaridan ifodali o’qish va o’ziga xos jihatlari yuzasidan bahsmunozara. III.Test sinovi: 1.O’zing ayt,senday qiz yana qayda bor, Kipriklari uzun kokillaridan.Ushbu misralarda qanday san’at qo’llanilgan? A.Tazod B.Tashbih C.Mubolag’a D.Tanosub 2.Shoir go’zalni nima “ayblaydi”? A.Bevafolikda B.Ishonchsizlikda C.Chiroylilikda D.Oqibatsizlikda 3.”Kipriklari uzun kokillaridan”misrasiga o’xshash misralar yana qaysi shoir ijodida uchraydi? A.Usmon Nosir B.To’ra Sulaymon C.Oybek D.Mirtemir 4.”Tundan so’z qarz olib,tongga tutguchi”misralarida kimning holati aks ettirilgan? A.Go’zalning B.Lirik qahramonning B.Ijarada turgan qizlarning D.Boshqa oshiqlarning 5.Shoir o’z she’riyatida nimani “Agar do’srim bo’lsa,bitta u do’stim...” ,deb kuylaydi? A.Vatanni B.She’riyatni C.Andijonni D.Qalamni Javoblar:1.C 2.C 3.A 4.B 5.C Uyga vazifa : She`r yodlash va tahlil qilish. O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 13.04.2015.y Dir.o’rinb: Adabiyot 8sinf Sana:_________________________________________ Mavzu:Fuzuliyhayotivaijodi. “O`landan so`r” g`azali Darsningmaqsadi: a)ta`limiy Fuzuliy hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”O’landan so’r” g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviyO`quvchilar qalbida she`riyatga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish; Dars turi : yangi bilim berish; Dars uslubi:suhbat,matn ustida ishlash,tahlil‘ Dars jihozi : darslik , Fuzuliy g`azallari matni,Fuzuliy siymosi. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Tarqatmalar asosida Muhammad hayoti va ijodi yuzasidan bahsmunozara; 2.Shoir she’rlari asosida she’rxonlik daqiqasi. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Muhammad Sulaymon o`g`li Fuzuliy 1498yilda IroqningKarbalo shahrida tug`ilgan. Bag`dod madrasalarida ta`lim olgan. Fuzuliyning nomi hamisha Alisher Navoiyning nomi bilan birga kelgan.Shoirning otasi asli Karbaloga ozarbayjonning Arash degan joyida ko’chib borgan.Keyinchalik Fuzuliyning o’g’li Fazliy bobo Arashga qaytib borib yashagan.Fuzuliy Iroqning Bog’dod,Hilla,Najat shaharlarida yashaganUmrining oxirida Karbalaoga yana qaytib,1556yil shu yerda vafot etadi. Shoir bir she`rida uch tilturk,arab, fors tillarining shuhratini o`z asarlari bilan olamga yoygan uch buyuk dahoni: Abu Nuvos, Nizomiy va Navoiyni tilga olgan. G`azaldur safobaxshi ahli nazar, G`azaldur guli bo`stoni nunar. G`azal bo`ldurur shoirning qudratin, G`azal orttirur nozimning shuhratin. Shoir „Layli va Majnun“dostonida Navoiyni ustoz yanglig‘ yilga oladi: Turku,arabu,ajamga ayyom, Har shoira vermish edi bir kom. O’lmish edi navoiy suxandon Manzuri shahanshohi Xuroson. Fuzuliy asarlari: 1. „laylovu Majnun“ ;2. „Haft jom“;3. „Anis ulqalb“;4. „Matla ule`tiqod“ 5. „Rindu zohid“;;6. „Sihhat va Maraz“;7. „Bangu boda“; 8. „Suhbat ul asmor“;;9. „Shikoyatnoma“ (nasriy asar) “Shifoyi vasl qadrin ” matla`li g`azalini o`qib sharhlash II.Darslikda berilgan shoir ahyoti va ijodiga doir ma’lumotlar matni ustida ishlash . Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.“O’landan so‘r“g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g;oyaviybadiiy tahlil qilish: Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor o`landan so`r, Zuloli zavqshavqin tashnai diydor o`landan so`r. Labing sirrin gelub guftoa bandan o`zgadan so`rma, Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o`landan so`r Go`zu yoshlularing holin na bilsun mardumi g`ofil, Kavokib sayrini shab to sahar bedor o`landan so`r. Xabarsiz o`lma fatton go`zlaring javrini chekkanlardan, Xabarsiz mastlar bedodini hushyor o`landan so`r G`amingdan sham`tak yondim ,sabodan so`rma ahvolim, Bu ahvoli shabi hijron banimla yor o`landan so`r. Xarobi jomi ishqam,nargisi masting bilur holim, Xarobot ahlining ahvolini xumor o`landan so`r. Muhabbat lazzatidin bexabardur zohidi g`ofil, Fuzuliy ishq zavqin , zavqi shavqi vor o`landan so`r. Lug`at o`landanbo`lgandan zulolitiniq guftorso`zlash nuktasir kavokibyulduzlar fattonfitnachi banimla men bilan G’azal sof turkiy “o’landan so’r” radif bilan bitilganAruzning hazaji musammai solim uknida,ya’ni mafoiylunmafoiylunmafoiylunmafoiylun vaznida.Ga’zal ishqiy mavzuda bitilgan.bunda tasavvufiy ishq kuylanib,ishqqa mubtalo bo’lgan kishi bilan ishqdan bexabar kishi o’rtasifagi farq ochib berilgan.G’azal boshdan oxir azod san’ati asosida yozilgan. II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III.Test sinovi: 1… O’lmish edi Navoiy suxandon Manzuri shahanshohi Xuroson. Bu misralar shoirning qaysi asaridan olingan? A. „Laylovu Majnun“ B. „Haft jom“ C.„Anis ulqalb“ D. „Matla ule`tiqod“ 2.O’zbek she’riyatida qaysi shoir Fuzuliy bo’lmasa,u ham bo’lmasdi,deydilar? A.Ogahiy B.Munis C.Mahsrab D.Muqimiy 3.“O’landan so‘r“g’azali qaysi mavzuda yozilgan? A.Ishq B.lohiy ishq C.Oshiq dardi D.Go’zal tasviri 4.G’azal boshdan oxir qaysi san’at asosida yozilgan? A.Tashbih B.Talmeh C.Tazod D.Irsoli masal 5.Muhabbat lazzatindan bexabardur zohidi g’ofil, Xarobot ahlining ahvolini xummor o’landan so’r. Baytdagi zohidkim? A.Oshiq B.Tarkidunyo qilgan kishi C.Piri murshid D.Ishqdan bexabar odam Javoblar:1.A 2.C 3.B 4.C 5.B Uyga vazifa:Shoir lirik merosini o’rganish va g’azallar tahlili. O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 15.04.2015.y Dir.o’rinb: Adabiyot 8sinf Sana:___________________________ Mavzu: Fuzuliy lirik merosi,“O`sondurdi” g`azali Darsning maqsadi: a)ta`limiyFuzuliy lirik merosi haqida bilim berish, “O`sondurdi” g`azali mazmun mohiyati haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy o`quvchilar qalbida g’azalda ilgari surilgan insoniy fazilatlarni tarbiyalash; d)rivojlantiruvchio’quvchilarning fikrlash salohiyati,g’azalxonlik malakasi va g’azal tahlil qilish salohiyatini takomillashtirish; Dars turi : yangi bilim berish; Dars uslubi:bahs,g’azalxonlik,matn ustida ishlash,tahlil; Dars jihozi : darslik , Fuzuliy g`azallari matni,Fuzuliy siymosi. Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: Aqliy hujum: 1. Fuzuliy qachon qayerda tug`ilgan? 2. Fuzuliyning bolaligi qanday kechgan? 3. Fuzuliy qaysi tillarda ijod qilgan? 4. Fuzuliyning nomi qaysi ijodkor nomi bilan birga tilga olinadi? 5. Fuzuliyning qaysi dostonlarini bilasiz? 6. Fuzuliyning nasr yo`li bilan yozilgan asari qanday nomlanadi? 7. “Shifoyi vasl qadrin” matla`li g`azali necha bayt? 8. G`azaldagi “So`r” radifi shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday so`z? Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Fuzuliyning lirik merosi haqida nimalarni bilib oldingiz? II.Fuzuliu 58 yillik umri davomida ulkan adabiy meros qoldirdi. U turkiy,arab va forsiy tillarida devon yaratgan.Turkiy devonidan 300 ga yaqin g’azali,75 ta ruboiy ,42 ta qit’a,27 ta qasida va bir nechta tarje’band,tarke’band,murabba’ ,musammanlar o’rin olgan. Fuzuliy g’azallari tilining ravonligi,ifoda va ta’sirning jozibadirligi,vazn ,qofiya,radif va badiiy san’atlar qo’llashda yuksak darajasi,uslubining o’ynoqligi ,lirik qahramon ruhiyatida ko’tarinki kayfiyat ,otashinlik va shiddatkorlik borligi,falsafiy mushohadamulohaza va hukmxulosalarning yangiligi ,ya’ni ohoriyligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.Shoir g’azallarining asosiy mavsusi ham ishq.shuning uchun lirik qahramon otashin oshiq timsolida namoyon bo’ladi.Navoiy kabi Fuzuliy g’azallarida ham ikki otashin mhabbat tarannum Etiladi va uyg’unlashib ketadi. III.Shoir lirikasidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.“Bani jondan o`sondurdi” matla`li g`azalini o`qib, sharhlash: Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu? Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi? Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson, Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi? Guli ruxsoringga qarshu go`zimdin qonli oqar su Habibim fasli guldir bu, oqar suvlar bulanmazmu? G`amim pinhon dutardim ban,dedilar yora qil ravshan, Desam ul bevafo bilman , inonurmi, inonmazmi? Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil Bango ta`n aylayan g`ofil , sani ko`rgach o`tonmazmi? Fuzuliy rindi shaydodir, hamisha xalqa rasvodir, Ko`ringkim, bu na sabdodir , bu savdodan o`sonmazmi? Lug`at:O`sonmoq –bezmoq Qamu –barcha Sonmoq –hisoblamoq Uyodir –uyg `otadir Bilman –bilmayman Dagildim –emasdim Zoyil –yo `q qiluvchi Ta`n –ta `na O`tonmoq –uyalmoq Fuzuliyning ishqiy g’azallaridan sanalib,an’anaviy yetti baytdan iborat.Hazaji musammani solim ruknida yozilgan.G’azalda shoir bir necha badiiy san’atlardan mohirona foydalanadi. Jumladan,tazod san’ati deyarli har bir baytda uchraydi. Bu g’zalda alohida syujet,hattoki,kichikroq voqea ham yo’q.Lirik ohang kuchaygandan kuchaya boraveradi.Unda oshiq tarzida namoyon bo’lgan lirik qahramonning kayfiyatidagi turfa holatlar aks ettirilgan.... II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash . III.Test sinovi: 1.Soirning turkiy devonida nechta g’azal kiritilgan? A.300 ta B.300ga yaqin C.300 dan ortiq D.75 ta 2.Turkiy devonda neshta ruboiy va qit’a bor? A.75,42 B.42,27 C.74,45 D.75,27 3. Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu? Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi? Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan? A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh D.Tanosub 4. Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil Bango ta`n aylayan g`ofil , sani ko`rgach o`tonmazmi? Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan? A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh D.Tanosub Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi? Baytdagi “qamu ”so’zini sharhlang. A.Barcha B.Oshiq C.Bilmayman D.Emasdim Javoblar:1.B 2.A 3.B 4.D 5.A Uyga vazifa:Shoir g’zallaridan birini yod olish. O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 15.04.2015.y Dir.o’rinb: Adabiyot 8sinf Sana:______________________________ Mavzu: G`azalxonlik va she`rxonlik musobaqasi Darsning maqsadi: a)ta`limiy yodlangan g`azal va she`rlarni takrorlash orqali bkmlarni mustahkamlash; b)tarbiyaviy o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat ,insoniylik va mehrmuhabbat tuyg`ularini tabiyalash; d)rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi:takrorlash; Dars uslubi:aqlih hujum,musobaqa,she’rxonlik; Dars jihozi:tarqatmalar,she’riy asarlar. Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: I.Tarqatmalar asosida Fuzuliy hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; II,Shoir g’azallaridan yod so’rash. Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.O`tilgan mavzular bo`yicha takrorlash 1. To`ra Sulaymon qachon qayerda tug`ilgan? 2. To`ra Sulaymonning bolaligi qanday kechgan? 3. To`ra Sulaymon nima sababdan maktabni bitirib dars bera boshlaydi? 4.To`ra Sulaymon qaysi sohalarda faoliyat olib boradi. 5. To`ra Sulaymonning ilk she`rlari nechanchi yillarda nashr qilina boshlaydi? 6. To`ra Sulaymonning she`riy to`plamlarini ayting 7. To`ra Sulaymon qalamiga mansub qaysi dostonlarni bilasiz? 8. To`ra Sulaymonning “Iltijo” she`rida qaysi faslga murojaat qilinadi? 9. Muhammad Yusuf qachon va qayerda tug`ilgan? 10. Muhammad Yusufning bolaligi qayerda o`tgan? 11. Muhammad Yusufning tahsil olish yo`nalishini ko`rsatib bering 12. Muhammad Yusuf qaysi sohalarda faoliyat olib bordi? 13. Muhammad Yusuf qaysi sohada faoliyat ko`rsatganda Erkin Vohidov bilan j 14. Muhammad Yusufning ilk to`plami qanday nomlanadi? 15. Muhammad Yusufning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz? 16.Muhammad Yusufning dostonlarini ayting 17. “Ulug`imsan Vatanim” she`rida qaysi tarixiy va afsonaviy shaxslar haqida so`zlanadi? 18. “Mehr qolur” she`rida ko`tarilgan mavzu haqida gapiring. 19. “Yurtim ,ado bo`lmas” she`rida shoir qanday kimsalardan hazar qiladi? 20. Fuzuliy qachon qayerda tug`ilgan? 21. Fuzuliyning bolaligi qanday kechgan? 22. Fuzuliy qaysi tillarda ijod qilgan? 23. Fuzuliyning nomi qaysi ijodkor nomi bilan birga tilga olinadi? 24. Fuzuliyning qaysi dostonlarini bilasiz? 25. Fuzuliyning nasr yo`li bilan yozilgan asari qanday nomlanadi? 26. “Shifoyi vasl qadrin” matla`li g`azali necha bayt? 27. G`azaldagi “So`r” radifi shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qanday Darslikdan yodlangan she`rlar bo`yicha mushoira Darsning mustahkamlash bosqichida: II.Darslikdan yodlangan she`rlar bo`yicha mushoira To`ra Sulaymon “ILTIJO” Bahor kelsa boshlanar bog`da bulbul xonishi Sa`va qumri nag`masi ,suralay tovlanishi Qirlarda lola sayli ,qishlovlarda yilboshi To`xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishi Bahor,ketma mening bog`imdan “ARMON” Gulzorni alaf bossa ,zog` bossa bog`bon turib, Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib, Bir gazanda toptasa tuproqni posbon turib, Bir yo`rtoq yo`l boshlasa ,qudratli karvon turib, Ko`nglimda armon yotar Buzilgan ro`zg`or misol Muhammad Yusuf “VATANIM” O`tgan kuning o`tgan kundir, O`z boshingga yetgan kun Qodiriyni bergan zamin Qodiriyni sotgan kun Qo`lin bog`lab, Dili dog`lab, Yetaklashib ketgn kun Voh bolam! deb aytolmagan Dudug`imsan, Vatanim Fuzuliy “Bani jondan o`sondurdi” matla`li g`azalini o`qib sharhlash Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu? Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi? Qamu bemorina jonon davoyi dard etar ehson, Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi? III.Bahribayt musobaqasi. IV.Ijodiy ish :Dilga yaqin misralar: Qo`ling qadog`iga bosay yuzimni, Onamsanku og`ir olma so`zimni, Qayinbarglar yopib qaro ko`zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. Alhazar,alhazar,ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sotib shoir bo`lganlar, Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. Guruch kurmaksiz bo`lmaganidek , yov kelganida o`zini chetga olgan ,joni shirinlik qilib, sha`nidan kechgan ,hatto do`stlarini sotgan kimsalarni ham , afsuski, tarix yodidan chiqarmaydi. Ularning kirdikorlari tufayli yurtning “ado bo`lmas armonlari toshlarni yig`latgan dostonlari” paydo bo`ldi. Ayniqsa, sobiq sho`ro davrida yurtimiz va yurtdoshlarimiz boshidan kechgan musibatlarni unutishga hech kimning haqi yo`q . “Qora ko`zlarini” tug`ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir o`rmonlaridagi “Qayinbarglar yopgan” Usmon nosirning ham barcha qatori yashashga haqi bor edi. Afsuski, o`zimizdan chiqqan sotqinlar , mehrobga in qurgan chayonlar Usmon Nosirning ham, Abdulla Qodiriyning ham, Cho`lpon va Fitratlarning ham umriga zomin bo`ldilar. Uyga vazifa: She`r va g`azallar yodlash O’quvchilar bilimini baholash. Ko’rildi: 15.04.2015.y Dir.o’rinb: Sana : ________________________________ Mavzu : 7nazorat ishi Darsning maqsadi: Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish; Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi: Nazorat Nazorat turi : Insho Insho mavzusi: Menga yoqqan g`azal Berilgan vaqt: 90 daqiqa Dars jihozi : Darslik Darsning borishi : I. Tashkiliy qism II.Asosiy qism Menga yoqqan g`azal Reja: I variant 1. Mirtemir she`rlarini sevib o`qiyman 2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi 3. “Toshbu” she`ri –o`zbek ayollari uchun bitilgan eng yaxshi she`r 4. Mirtemir –o`zbek she`iyatining bobodehqoni II variant 1. Cho`lpon she`rlari shaydosiman 2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi 3. “G`ozal” she`ri sof lirik she`r 4. Cho`lpon –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz Uyga vazifa: Takrorlash Sana : ________________________________ Mavzu : 7nazorat ishi Darsning maqsadi: Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish; Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi: Nazorat Nazorat turi : Insho Insho mavzusi: Menga yoqqan shoir Berilgan vaqt: 90 daqiqa Dars jihozi : Darslik Darsning borishi : I. Tashkiliy qism II.Asosiy qism Reja: I variant 1. To`ra Sulaymon she`rlarini sevib o`qiyman 2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi 3. “Tavallo” she`ri –o`zbek onalari uchun bitilgan eng yaxshi she`r 4. To`ra Sulaymon she`riyati mangu barhayot II variant 1. Muhammad Yusuf men sevgan shoir 2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi 3. “Mehr qolur, muhabbat qolur” she`ri –eng yaxshi she`r 4. Muhammad Yusuf –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz Uyga vazifa: Takrorlash Sana : ________________________________ Mavzu : 7nazorat ishi Darsning maqsadi: Ta`limiy : III chorak yuzasidan egallangan bkmlarni nazorat qilish; Tarbiyaviy : O`quvchilar qalbida ona Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi : Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi: Nazorat Nazorat turi : Insho Insho mavzusi: Menga yoqqan shoir Berilgan vaqt: 90 daqiqa Dars jihozi : Darslik Darsning borishi : I. Tashkiliy qism II.Asosiy qism Reja: I variant 1. To`ra Sulaymon she`rlarini sevib o`qiyman 2. Shoir she`rlarida vatan, ona, tabiatga bo`lgan muhabbatning ulug`lanishi 3. “Tavallo” she`ri –o`zbek onalari uchun bitilgan eng yaxshi she`r 4. To`ra Sulaymon she`riyati mangu barhayot II variant 1. Muhammad Yusuf men sevgan shoir 2. Shoir she`rlarida inson erkining ulug`lanishi 3. “Mehr qolur, muhabbat qolur” she`ri –eng yaxshi she`r 4. Muhammad Yusuf –she`riyat osmonidagi eng porloq yuz Uyga vazifa: Takrorlash Sana:___________________________ Mavzu: Robindranat Tagor hayoti va ijodi. “Nur va soyalar” romani Darsning maqsadi: a)ta`limiy:Robindranat Tagor hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida onavatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars usuli: Induktiv Dars metodi: Savol –javob Dars jihozi : Tagorning rasmi, darslik Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II.Asosiy qism Hindistonlik buyuk shoir, yozuvchi, bastakor va tarbiyashunos, taniqli jamoat arbobi, xalqaro Nobel mukofotining laureati Robindranath Thokur 1861yili 7mayda Kalkutta shahrida tavallud topgan. Uning otasi baland martabali, yuksak saviyali kishi edi. Thokur oiladagi 14 farzandning kenjasi bo'lib, otasi uni butun Hindiston bo'ylab o'zi bilan olib yurar, mamlakatning muqaddas qadamjolarini ko'rsatar edi. Bola tabiat go`zalliklaridan ta'sirlanib zavqqa to'lardi. Bo'lajak adibning 8 yoshidayoq she'rlar yoza boshlagani shundan bo'lsa kerak. R. Thokur dastlabki savodni uyida olgan. Keyinchalik, xususiy maktablarda, Kalkuttadagi seminariyada o'qidi, uni bitirgach, Bengaliya akademiyasida tarix va madaniyatdan saboq oldi. 1878—1880yillarda London Universitetining kollejiga o'qishga kiradi. Biroq uni tugatmasdan Hindistonga qaytadi. Oilada akalariga ergashib, ijod qila boshlaydi. Angliyadagi jurnallarda dastlabki she'r, doston va maqolalari e'lon qilinadi. Uning 1882 yilda e'lon qilingan ilk she'riy to'plami «Oqshom qo'shiqlari» deb atalardi. Shundan so'ng u pok insoniy muhabbat ulug'langan “Tonggi qo'shiqlar”, «Suratlar va qo'shiqlar», mustamlakachilik zulmi va ijtimoiy adolatsizlik qoralangan «Bibha sohili» va “Donishmand Roja» tarixiy romanlarini yozadi. U asosan bengal tilida ijod qilgan. 1884—1911yillarda R.Thokur ijtimoiysiyosiy tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, Hindiston Milliy kongressida faol qatnashdi.Milliy ozodlik harakatida qatnashib, milliy ongi o'sganligi tufayli uning asarlarida ham hind xalqining ingliz istilochilariga qarshi kurashi, mustamlaka siyosatiga nissbatan keskin noroziligi ifodalandi. Uning «Chitra», «Lahza» she'riy to'plamlari, «Roja va Rani», «Qurbonlik», «Chitrangoda», «Malini» falsafiy dramalari, keyinchalik o'zbek tiliga ham taijima qilingan «Hisobkitob», «Jazo» va «Nur va soyalar» hikoyalari ana shu harakatning ijtimoiybadiiy ko'rinishi sifatida yaratildi. R. Thokur asarlari Hindiston va undan tashqarida ham mashhur bo'la boshladi. U 1912yilda o'zining «Gitanjali» she'rlar to'plamini ingliz tiliga tarjima qiladi. Mazkur asari uchun 1913yilda Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'ladi. Mukofot puliga esa Hindiston bolalariga bepul maktab ochadi. Bu maktab Birinchi jahon urushidan keyin bepul o'qitiladigan universitetga aylantiriladi. R.Thokur Yevropa mamlakatlariga, Yaponiya, Amerika Qo'shma Shtatlariga bir necha marotaba safar qiladi. Safarda ko'rganlarini Hindistondagi siyosiy ahvol bilan qiyoslaydi. Ko'rganbilganlari asosida milliy ozodlikka da'vat ruhida kitoblar yaratdi. Bu asarlarida Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi irq, tabaqa va diniy mazhab bo'lishidan qat'i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga chaqirdi. Uning 1911yilda vatanparvarlik ruhida bitgan «Xalq qalbi» nomli qo'shig'i Hindiston Respublikasining milliy madhiyasiga, 1913yilda yaratgan «Mening oltin Bengaliyam” qo'shig'i esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy madhiyasiga aylangan. R.Thokur ijodi rangbarang. U adabiyotning turli janrlarida qalam tebratdi. Uning adabiy bisotida muhabbat haqidagi kicliik lirik she'rdan to yirik epik dostongacha, purmazmun hikoya, qissadan to yirik romangacha, kichik sahna asaridan to salmoqli dramalargacha, kishini chuqur o'yga toldiradigan badialargacha mavjud. R.Thokur Hindiston ozodligini, uning kelajagini ma'rifatda ko'rdi. U ozodlikka, avvalo, savodxonlik, ma'rifatga oshnolik, g'aflat va jaholatni yengish orqaligina erishish mumkin deb hisoblaydi. Shuning uchun u butun umri davomida o'z xalqining ko'zini ochishga urindi, yurtdoshlari, maslakdoshlarini ham shunga da'vat etdi. Buyuk adib shu jihatdan bizga ma'rifatparvar jadid bobolarimiz Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho'lponlarni eslatadi. R.Thokur asarlari jahonning ko'p tillariga tarjima qilingan, Xususan, o'zbek tilida adibning sakkiz jildlik tanlangan asarlar to'plami, shuningdek, «Nur va soyalar» (1957), «Ko'zga tushgan cho'p» (1973) nomli kitoblari nashr etilgan. O'zbek sahnasida esa uning «Pochta» pyesasi va «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi Hamza nomli akademik teatr (hozirgi Milliy teatr)da o'ynalgan. «O'zbekfilm» kinostudiyasida 1961yilda shu nomda to`la metrajli badiiy film yaratilgan. Darslikda berilgan „Nur va soyalar“ asaridan olingan parchani o`qish. Mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash 1. R.Tagor qachon qanday oilada tavallud topdi? 2. Tagorning bolaligi qanday kechgan? 3. Hindiston tarixida adib qanday xizmatlari bilan qadrli? 4. Tagor ijodidan qaysi asarlarni bilasiz? 5. Tgaorning asarlari o`zbek tiliga ham tarjima qilinganmi? Uyga vazifa: o`qib o`zlashtirish Sana:________________________________ Mavzu: R. Tagor . “Nur va soyalar” asari Darsning maqsadi: a)ta`limiy: “Nur va soyalar” asarini o`qish b)tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida adolat, haqgo`ylik hislarini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi:Yangi bilim beruvchi Dars usuli: Induktiv Dars metodi:Savol javob Dars jihozi : Darslik, Tagorning surati Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II.Asosiy qism O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash 1. R.Tagor qachon qanday oilada tavallud topdi? 2. Tagorning bolaligi qanday kechgan? 3. Hindiston tarixida adib qanday xizmatlari bilan qadrli? 4. Tagor ijodidan qaysi asarlarni bilasiz? 5. Tagorning asarlari o`zbek tiliga ham tarjima qilinganmi? R. Thokurning “ Nur va soyalar” hikoyasini o'rganish tavsiya etiladi. Hikoya o'tgan asr boshlarida Hindistonda mustamlakachilik zulmini tortgan, insoniy huquqlari poymol etilgan hind xalqi hayotidan muhim bir lavhani hikoya qiladi. AsarqahramoniShoshibushono'qimishli, kamsuqum, dilkashyigit. Uadvokatlikkao'qigan, biroqbirorbirtayinliishqilishdanko'rayolg'izlikdakitobmutolaasibilanshug'ullanishniafzalko'radi. Shoshibushon «...osoyishtalik, tinchlikniyaxshiko'rardi, shuninguchunuylanishnihamxohlamasdi». Biroqko'po'tmayuzlatvatanholiknixushko'radiganbuyigito'zgarib, teztezg'azabijo'shib, o'ziniqo'yganijoytopolmayqoladi. Uningbuahvolgatushishigasabab, o'zatrofidaro'yberayotgannohaqlik, adolatsizlikedi. ShoshibushonqishloqdagilardanbezibKalkuttagajo'naydebturganda, qishloqqaokrugsudyasikelibqoladi. Uningyugurdaklari, xizmatchilari, politsiyachilari, itlari, otlarivaolboqaributunqishloqnilarzagakeltiradi. Sudyabarchaniurib so'kibzulmqilaboshlaydi. Bundayadolatsizlikniko'rganShoshibushonchidabturolmaydi. Hamishaodamlardanyashirinibyurganyigitsudyahuzurigakelib, ujabrlagankishilarniqonunnomidano'zhimoyasigaolishinima'lumqiladi. Sudyaning: «Buishniovozaqilmay, kelishibqo'yaqolaylik», degantaklifigarozibo'lmaydi. Biroqusudjarayoniniboyberadi. Sababi «da'vogarsustbo'lsaqozimuttaham» deganlaridek, jabrlangannoibXorkumarda'vosidanqaytadi, sudyaga, xo'jayini zamindorgaqarshiborgisikelmaydi. Aksincha: «Menshikoyatqilmoqchiemasedim. Bumeninghamqishlog'imShoshiningishi», debungatuhmatqiladi. Xullas, advokat Shoshibushon qaysi ishga qo'l urmasin, muvaffaqiyatsizlikka uchrayveradi. Sababi o'sha odamlar haqiqat uchun kurashishdan ko'ra, boshlari tinch bo'lishini o'ylaydilar, mutelikni ma'qul biladilar. Uning haqsizlik himoyasi uchun qilganhar bir harakati temir devorga urilgan chinni buyumdek sinib chilchil bo'laveradi. Urinishlari puchga chiqqan Shoshibushon qonunni ham yig'ishtirib qo'yib, hatto politsiya xodimini do'pposlash darajasiga boradi, bu qilmishi uchun besh yil qamoq jazosiga hukm qilinadi, ko'p uqubatlar chekadi. Adib mustamlaka yillarida Hindistonda hukm surgan tushkun ahvol, ingliz istilochilari tomonidan qo'rqoq, yuvosh, mute avomga aylantirilgan yurtdoshlari taqdirini, bittayarimta insonning yurak yutib aytgan so'zi yoki qilgan ishi shamolgn sovurilayotganligini «Nur va soyalar» hikoyasida yorqin tasvirlagan. Ushbu asar jafokash hind xalqini qullikda ushlab turishga intilgan ajnabiy mustamlakachilar va ularga z u l m pichog'ini qayrab bergan mahalliy amaldorlar haqida bitilgan aybnoma kabi o'qiladi. “Nur va soyalar” asari qahramonlari: Shoshibushon Giribala Xorkumar Okrug sudyasi Noyib xizmatkor baliqchilar Uyga vazifa: O`qib –o`zlashtirish Sana:________________________________ Mavzu: Sergey Yesenin hayoti va ijodi Darsning maqsadi: Ta`limiy: Sergey Yesenin hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish; Tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ozodlikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`tirish; Dars tipi:Yangi bilim beruvchi Dars usuli: Induktiv Dars metodi :Savoljavob Dars jihozi:Mavjud ko`rgazmalar Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism Takrorlash 1. Rus shoirlaridan kimlarni bilasiz? 2. Rus tili darslarida Yeseninning qaysi she`rlarini o`qigansiz va yod olgansiz? XIX asrda rus adabiyoti, jumladan, she'riyati shunday yuksak darajada rivojlandiki, bugun jahon adabiyotini shu davr rus so'z san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. XX asr boshlarida bu adabiyot yangi shoirlar berdi. Shulardan eng mashhuri — Sergey Yesenin. Adabiyot ahli orasida, shoirlar qishloqlarda tug'ilib, shaharlarda vafot etadi, degan gap yuradi. Bu rusning buyuk shoiri Sergey Aleksandrovich Yeseninga nisbatan to'la mos keladi. U 1895yilning 3oktabrida (eski hisob bo'yicha 21sentabrida) Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog'ida oddiy dehqon oilasida tug'ildi. Otasining kambag'alligi, ayolmandligi uchun u ikki yoshligidan o'ziga to'qroq bo'lgan ona tomonidan bobosining oilasida tarbiya topdi. Besh yoshligida o'qishni o'rgandi, to'qqiz yoshidan xalq qo'shiqlariga o'xshatib she'rlar bita boshladi. Qishloq muallimlari tayyorlaydigan maktabni tugallab, o'n yetti yoshida Moskvaga bordi. Savdogarning idorasida ishladi, bosmaxonada musahhihlik qildi, adabiymusiqiy to'garakka qatnashdi, she'rlar yozishni davom ettirdi. O'n to'qqiz yoshidan she'rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo'ldi. Yigirma yoshida Petrogradga kelib, yana bir mashhur rus shoiri Aleksandr Blok bilan tanishdi. 1916yildan Armiya xizmatiga kirdi. Oq podshoh sharafiga she'r yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalonga jo'natildi, keyin xizmatdan tamoman voz kechdi. 1918—1921yillarda Murmansk, Arxangelsk, Qrim, Kavkaz, Bessarabiya, shuningdek, Turkiston bo'ylab safar qildi. 1922 1923yillari esa taniqli amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan bilan Yevropaning Germaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya mamlakatlarini aylandi, to'rt oy AQSH da yashadi. Sergey Yesenin 1925yil 28dekabrda fojiali tarzda vafot etdi. Shoir qayerda bo'lmasin, umri bo'yi o'zini ruhan qishloqda yurgandek his qilib yashadi. Shoirning o'z yurti va ona xalqiga yuksak muhabbati she'rlarida uning bevosita Ryazan o'lkasiga mehri tarzida aks etgan. Shoir asarlarida taijimayi holi bilan bog'liq nuqtalar ko'p tilga olinadi. Mumtoz o'zbek adabiyotida bunday asarlarga hasbi hol deyiladi. «Endi qaytmam uyimga» hamda «Singlimga xat» she'rlarida muallifning ko'p umri xorijiy mamlakatlarda, safarlarda o'tgani shundoq sezilib turadi. Ammo qayerda yashamasin, vatani mehri uning qalbida jo'sh uradi. SergeyYeseninningsatrlariqisqaqisqa, tiliravonvasodda, lirikqahramonninghayot, tabiat, odamlargamunosabatidaqishloqchasamimiylikvato'g'rilikufuribturadi. Eng muhimi, asarlarida sharqona ruh bor. Bu o'zo'zidan paydo bo'lgan emas. Shoir forsiy tildagi mumtoz she'riyat namunalari bilan yaqindan tanishganidan keyin Eronga borishga qattiq intiladi. Biroq o'sha paytdagi Rossiya va Eron munosabatlari rus shoirini u yoqqa yuborish maqsadga muvofiq emasligini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, Sergey Yesenin qattiq turib Eronga borishni talab qilgani uchun uni Ozarbayjonning Bokuga yaqin qishloqlaridan biriga yuborishadi. Bir necha muddat bu yerda yashab, sharqona ruhni his etadi, Sharq odamlarining hayot tarzidan zavqlanadi va tez fursatda uning «Fors taronalari» she'rlar turkumi yoziladi. Sharq she'riyatida Allohga ishqni majozan yorga ishq tarzida kuylash kuchli edi. Shunga taqlidan rus shoiri ham Sharq go'zaliga bag'ishlangan ishqiy she'rlar bitadi. Lekin shu mavzu bahonasida G'arb kishisining Sharqqa mehri jo'sh urib turganini sezish qiyin emas. Rus hayotini tasvirlaydimi, sharqona mavzularda qalam tebratadimi, bundan qat'i nazar, Sergey Yesenin she'rlarining tub mohiyatida umuminsoniylik yotadi. Millati, dini, irqidan qat'i nazar, ularni o'qigan kishining ko'nglidabiryorug'lik, zavq, mehr, ezgulikkaoshnoliktuyg'usipaydobo'ladi. She'r qalbni poklaydi, deganlari shu. Sergey Yeseninning aksar she'rlarini Erkin Vohidov maromiga yetkazib tarjima qilgan. Bu she'riyatning o'zbek shoirlari ijodiga juda katta ta'siri bo'ldi. Erkin Vohidov, Tilak Jo'ra, Ma'ruf Jalil, Xurshid Davron va boshqalar ijodida buni yaqqol sezamiz. Xususan, O'zbekiston xalq shoiri marhum Muhammad Yusuf ijodini Sergey Yesenin asarlari ta'sirisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Darslikda berilgan she`rlarni o`qish Mustahkamlash Savol va topshiriqlar 1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan? 2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan? 3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi? 4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi. 5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi? 6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi? 7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi? 8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan? 9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi? 10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi? Uyga vazifa: o`qib –o`zlashtirish. Sana:____________ _____________________ Mavzu: Sergey Yesenin . “Xurosonda bir darvoza bor” Darsning maqsadi: Ta`limiy: Sergey Yesenin hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish; Tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ozodlikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`tirish; Dars tipi:Yangi bilim beruvchi Dars usuli: Induktiv Dars metodi :Savoljavob Dars jihozi:Mavjud ko`rgazmalar Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism Takrorlash 1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan? 2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan? 3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi? 4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi. 5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi? 6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi? 7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi? 8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan? 9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi? 10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi? Xurosonda bir darboza bor, Ostonasi gulga ko'milgan, Unda yashar bir pari ruxsor. Xurosonda bir darboza bor, Hayhot, uni ocholmadim man. Qo'llarimda kuch ham yetarli, Sochlarimdan oltin rang olgan. Asir etdi meni ul pari. Qo'lda garchi kuchim yetarli, Ul eshikni ocholmadim man. Mardligim ne ishq maydonida, Ayting, kimga qilay sharhi g'am?! Sevmas bo'lsa Shahi jonidan, Ul eshikni ocholmas bo'lsam, Mardligim ne ishq maydonida?! Yana tushdi Rus sari yo'lim, Eron, sendan ketgummi hali? Nahot, seni boz ko'rmas bo'ldim? Ona yurtga mehrim tufayli Yana tushdi Rus sari yo'lim. Xayr endi, xayr, parizod! Darbozangni ocholmasamda, Shirin g'aming birla umrbod Kuylab o'tay seni o'lkamda. Xayr endi, xayr, parizod! Bu she'r Sergey Yeseninning «Fors taronalari» turkumiga kiradi. Ma'lumki, bu turkumni shoir forsiy she'riyat ta'sirida, buyuk qalam egalari yurtini ko'rishni istab, unga intilib, shu kayfiyat va sog'inch bilan bitgan. Ammo, aslida, rus shoiriga Eronga (Xurosonning bir qismi ham hozirgi Eron tarkibiga kiradi) borish nasib etmagan. Shunga qaramay, turkum she'rlarida shoir o'zini Eronda yurganday tasavvur qilib ish tutgan. Bu «Xurosonda bir darboza bor...» she'rida ham yaqqol ko'zga tashlanadi. She'r har biri besh misradan tashkil topgan besh banddan iborat. Satrlar — muallif uslubiga xos ravishda qisqaqisqa Birinchi bandda lirik qahramon Xurosondagi bu darbozaning ostonasi gulga ko'milgani, iclikarida bir pari ruxsor yashashi, ammo uni ocholmay, armonda ekanini aytadi. Aslida, uning darbozani ochishga kuchi yetadi, hatto, «sochlaridan oltin rang olgan», ya'ni uning sochlari sapsariq, ul pari buni asir etgan... Birinchi bandda: Xurosonda bir darboza bor, — misrasi ikki bor (birinchi va to'rtinchi satr sifatida) takrorlangan, ikkinchi bandda: Qo'llarimda kuch ham yetarli, — misrasi (birinchi satr): Qo'lda garchi kuchim yetarli, tarzida (to'rtinchi satr) qayta qo'llangan edi. Uchinchi bandda ham bu takror usuli bandning boshi (birinchi satr) va oxirida (beshinchi satr) davom etadi («Mardligim ne ishq maydonida»). Bu bandda lirik qahramon yorining ismini ham («Shahi») qistirib o'tadi. Xuddi shunday birinchi va beshinchi misralarni aynan bir xil qilib tuzish qoidasiga to'rtinchi bandda ham amal qilinadi («Yana tushdi Rus sari yo'lim»). Endi lirik qahramon shunday go'zal qizga bo'lgan sevgisiga kutilmaganda yurt muhabbatinr qaramaqarshi qo'yadi — ona yurtga mehrim tufayli, nahot, seni qayta ko'rolmasam! Oxirgi bandda oshiq yori bilan xayolan xayrlashadi, darbozangni ocholmasamda, umrbod vatanimda seni kuylab o'taman, deydi. Birinchi va oxirgi misralarning aynanligi bu bandda ham mavjud («Xayr endi, xayr, parizod»). Ikkinchi banddagi: Sochlarimdan oltin rang olgan,— satri bekorga qo'llanmagani, shoir zimdan o'zining qaysi yurt, qaysi millat vakili ekanini kitobxonga oldindan eslatib o'tishni yodidan chiqarmaganini sezish qiyin emas. Ana shu takrorlar asarning o'ziga xos ohangi, jarangi va ta'sirchanligini ta'minlagan. Aytish mumkinki, bu usulning o'zi h a m Sharq mumtoz she'riyatiga taqlidriing bir ko'rinishi hisoblanadi. «Ostona», «pari ruxsor», «pari», «parizod» so'zlarin i n g ishlatilishi ham — sharqona ruh mevasi. Yana bir ta'sir shuki, she'rda qofiyaga tushmaydigan biror misra yo'q. Biroq ular g'azaldagi kabi qat'iy tartibga bo'ysunmaydi. Shu tariqa kuchli musiqiylik ta'minlangan. Mustahkamlash Savol va topshiriqlar 1.She'rning band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlii qiling. 2.Bandlardagi takror misralar tartibi, ta'sirchanlik va musiqiylikni ta'minlashdagi o'rnini belgilang. Nega keyingi uch bandda qaytarilgan misralar o'rni qat'iylashdi? 3.Asardagi qaysi so'ztimsollarda sharqonalik bor? 4.Beshinchi bandda yorga ishqqa nima qaramaqarshi qo'yiladi? Bu tazodning asardagi ahamiyatini tushuntirib bering. 5.Ikkinchi banddagi «Sochlarimdan oltin rang olgan» misrasining beshinchi banddagi vatan mehri talqiniga qanday aloqasi bor? Uyga vazifa: She`rni yod olis Sana:_______________________ Mavzu: Sergey Yesenin she`rlari Darsning maqsadi: a)ta`limiy: Yesenin she`rlari haqida bkmlar hosil qilish; b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida onaVatnaga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi:Og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars turi:Yangi bilim beruvchi Dars usuli:Induktiv Dars metodi:Savoljavob Dars jihozi :Darslik, shoirning surati, buklet Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II.Asosiy qism O`tilgan mavzu bo`yicha takrorlash 1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan? 2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan? 3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi? 4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi. 5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi? 6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi? 7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi? 8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan? 9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi? 10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi? 11. “Xurosonda bir darvoza bor ”she'rining band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlil qiling. 12.Bandlardagi takror misralar tartibi, ta'sirchanlik va musiqiylikni ta'minlashdagi o'rnini belgilang. Nega keyingi uch bandda qaytarilgan misralar o'rni qat'iylashdi? 13.Asardagi qaysi so'ztimsollarda sharqonalik bor? 14.Beshinchi bandda yorga ishqqa nima qaramaqarshi qo'yiladi? Bu tazodning asardagi ahamiyatini tushuntirib bering. 15.Ikkinchi banddagi «Sochlarimdan oltin rang olgan» misrasining beshinchi banddagi vatan mehri talqiniga qanday aloqasi bor? Darslikda berilgan she`rni o`qish va tahlil qilish Dog'lar ketmish majruh ko'ngildan, Mast vasvasa qo'zg'amas tug'yon. Men dardimga Tehron gulidan Choyxonada topoldim darmon. Choyxonachi — barvasta, o'ktam, Qoyil qolsin rus, deb, choyimga, O'tkir aroq, may o'rniga ham Achchiqachchiq choy tutar menga. Quy, mezbonim, ammo had bilan, Bog'ing aro turfa gullar bor. Oqshom menga niqob ostidan Ohu ko'zin suzdi gulruxsor. Rossiyada gulday qizlarni Tutqunlikda saqlamas erlar. Sarmast etar bo'sa bizlarni Bexanjaru bemakru bezar. Bu tong yuzli dildor qoshimda Bir bor xirom etsa noz bilan, Shohi ro'mol solgum boshiga, Yo'llariga sheroziy gilam. Mezbon, choy quy menga lolagun, Shoir senga so'ylamas yolg'on. Ehtiyot bo'l o'zingga bugun, So'ngra mendan qilmagin gumon. Eshikka ko'p qarayberma san, Gulbog'ingga, baribir, yo'l bor... Oqshom menga niqob ostidan Ohu ko'zin suzdi gulruxsor. Mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash 1. She'rning band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlil qiling. 2. Uchinchi band oxiridagi ikki satr nega she'r so'ngida takror ishlatildi? 3. Asardagi qaysi so'ztimsollarda sharqonalik bor? Qaysilari lirik qahramon yurtini bildirib turadi? 4. Qaysi bandda ayollarga munosabatda Eron va Rossiya o'rtasidagi ijtimoiy tafovut haqida so'z boradi? 5. Lirik qahramondagi o'ziga ishonchga asos bo'lgan voqeani aniqlab. sharhlab bering. 6. She'rda «gul» bilan bog'liq so'ztimsollarning o'rni, ahamiyati, ma'nolarini izohlang. Uyga vazifa: She`rni yod olish Sana:_______________________ Mavzu: 8nazorat ishi Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish; d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish Dars tipi : Nazorat Nazorat turi: Test Test miqdori : 20 ta Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta Reglament : 45 daqiqa Darsning borishi 1.Tashkiliy qism 2.Asosiy qism O`qituv chining bahosi Javoblar Savollar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 Takrorlash 1. Yesenin qachon ,qayerda , qanday oilada tug`ilgan? 2. Yeseninning bolaligi qanday kechgan? 3. Yesenin qachondan shoir sifatida tanila boshladi? 4. Yesenin 20 yoshida kim bilan tanishdi. 5. Shoir nimaga armiya safidan chiqarildi? 6. Yesenin qayerlarda sayohatda bo`ldi? 7. Shoir Amerikada kim bilan yashadi? 8. Qaysi shoir Yesenin she`rlarini maromiga yetkazib tarjima qilgan? 9.Qaysi shoirlar ijodida Yesenin she`rlari ta`siri seziladi? 10. Kimning ijodini Yesenin ijodisiz tasavvur qilib bo`lmaydi? 11. “Xurosonda bir darvoza bor ”she'rining band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlil qiling. 12.Bandlardagi takror misralar tartibi, ta'sirchanlik va musiqiylikni ta'minlashdagi o'rnini belgilang. Nega keyingi uch bandda qaytarilgan misralar o'rni qat'iylashdi? 13.Asardagi qaysi so'ztimsollarda sharqonalik bor? 14.Beshinchi bandda yorga ishqqa nima qaramaqarshi qo'yiladi? Bu tazodning asardagi ahamiyatini tushuntirib bering. Uyga vazifa: Takrorlash Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling