Sana: (1 soat)
Download 2.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf adabiyot fanidan o\'qituvchi kitobi
Sana:
Sinf: 8 “B”-sinf Fan: Adabiyot Mavzu: Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi. “Mirrix yulduziga” she`ri. Darsning maqsadi: a)ta`limiy: Fitrat hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Mirrix yulduziga ”she’rini ifodali o’qish va she’rni g’oyaviybadiiy tahlil qilish; b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida erkni qadrlash tuyg`usini tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyatini takomillshtirish; Dars turi:yangi bilim berish; Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil; Dars jihozi :Abdurauf Fitrat siymosi,asarlari,darslik. Darsning borishi Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitobdaftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Nodira hayoti va ijodi yuzasidan savoljavob; 2.Nazm gulshani:Navoiy va Nodira she’rlari asosida. Darsnng mohiyatini anglash bosqichida: I.O`zbek milliy uyg`onish davrining jarchisi va asoschilaridan biri ,o`zbek milliy prozasi , maorifi ,tilshunosligi,adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligi singari o`nlab sohalarning oyoqqa turishiga va rivojiga ulkan hissa qo`shgan adib Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat 1886yil Buxoroda ziyoli oilasida tug`ilgan.Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o`ziga to`q ,o`qimishli , dunyo ko`rgan kishilaridan edi.Uning tirikchiligi sarroflik va savdogarlik bn kechgan.Kasbi taqozosi bn Turkiya,Eron,Qashqarga teztez borib kelib turgan.Bo`lg`usi ijodkor avval shahardagi ko`plab eski maktablardan birida ,keyin mashhur Mir Arab madrasasida o`qiydi.18 yoshlarga yetganda bir muddat otasiga yordam beradi, u bn birga haj ibodatiga ham boradi. 19041907yillar oralig`ida ro`y bergan shu safar davomida yosh Fitrat dunyoning Turkiya,Eron, Hindiston,Arabiston,Rusiya singari mamlakatlarini o`zi un kashf qildi.1909yilda Abdurauf o`zining bir necha hamshaharlari bn Istambulga o`qishga ketadi.1913yil oxirigacha Istanbuldagi “dorulmuallimin”muallimlar gimnaziyasida o`qiydi.1909yilda Fitrat dastlabki yirik asari“Munozara”ni e`lon qildi.Asarning to`liq nomi “Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg`an munozarasi”b/b u fors tilida yozilgan. Turli yillarda Fitrat o`nlab asarlarni yozib e`lon qildi: “Rahbari najot”, “Oila”, “Begijon”, “Mavludi sharif”, “Abo Muslim” va h . Fitrat yangi maktablar uchun “Muxtasar islom tarixi”, “O`qu” kabi kitoblarni yozdi. Fitrat 30yillar qatag`onida asossiz “turkparast”, “millatchi”, “islomparast”, “G`arbning josusi” degan tuhmatlar bn ayblanib ,bir qator noqonuniy o`tkazilgan tergovdan so`ng 1938yilning 4oktabrida “xalq dushmani” sifatida aybanib otib o`ldirildi. Fitratning dramatik asarlari: 1.“O`g`uzxon” 2.“Chin sevish” 3.“Abulfayzxon” 4.“Shaytonning tangriga isyoni” 5.“Arslon” Fitratning ilmiy asarlari: 1.“Bedil”ilmiy ommabop ocherk 2.“O`zbek tili tajribalari to`g`risida bir tajriba: Sarf (1kitob),Nahv (2kitob)” 3.“Sarfi zaboni tojik” 4.“Adabiyot qoidalari” 5.“Eng eski turkiy adabiyot namunalari” 6.“O`zbek adabiyoti namunalari” 7.“Sharq shaxmati” 8.“O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi ” 9.“Fors shoiri Umar Xayyom” 10.“Aruz haqida” II.Fitrat haqidagi darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish. Darsning mustahkamlash bosqichida: I.“Mirrix yulduziga ” she`rini o`qib ,tahlil qilish: Go’zal yulduz,yerimizning eng qadrli tuqg’ani, Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg’a tushibsan, Tuvg’aningga nechun sira gapurmasdan turibsan? So’yla,yulduz ,holing nadir?Nechuk topding dunyoni?.. “Mirrix yulduziga” she`ri 1920yilda yozilgan b/b, she`rdagi lirik qahramon shoirning o`zi. MirrixMars sayyorasi Shamsiy (Quyosh) yil hisobida HamalMart oyining homiy sayyorasi sanaladi.Bu oyning unsurexos belgisiolovdir. Futratning aynan MarsMirrix yulduziga murojaat qilishining yana bir ilmiymantiqiy sababi bor.Mars Mirrix yulduzi , boshqa bir mifologik qarashlarga ko`ra , jangu jadal ramzi, yunonlarda urush xudosi hisoblanadi.Fitrat “Mirrix yulduziga ” she`rida o`zimizdan chiqqan sotqinlar yurtfurushlarni dalil fosh qiladi. II.Savoltopshiriqlar ustida ishlash. III.Test sinovi. 1.Shoirning ilk chop etilgan asari. A.”Sayha” B.”Munozara” C.”Hind sayyohi qissasi” D.”Oila” 2.Forsiy tildagi she’rlar to’plami A.”Sayha” B.”Begijon” C.”mavludi sharif” D.”Munozara” 3.Fitratning “Og’uzxon”,”Chin sevish”,”Abulfayzxon”,”Shaytonning tangriga isyoni”,”Arslon ”kabi asarlari qaysi janrda yozilgan? A.Nasriy asarlar to’plami B.Drama C.O’quv qo’llanma D.She’riy to’plam 4.”Mirrix yulduzi” deganda qaysi sayyora nazarda tutilgan? A.Yupiter B.Yer C.Saturn D.Mars 5.”Mirrix yulduzi” she’rining asosiy g’oyasi A.Mars sayyorasining ko’rinishi B.Xo’rlangan xalq va erkinlik C.Ma’rifat va ma’naviyatni targ’ib qilish D.Erkinlik va ozodlik uchun kurashish Javoblar:1.B 2. A 3. B 4.D 5.B Uyga vazifa:Shoir hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish va “Mirrix yilduzi”ga she’rini yod olish Oquvchilar bilimini baholash Download 2.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling